Mavzu: Fransiya ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda 1-§. Fransiyaning ma’muriy-hududiy boshqaruv tizimi


XX asrning 90-yillarida Fransiyaning siyosiy va iqtisodiy rivojlanishi


Download 105.57 Kb.
bet16/18
Sana20.11.2023
Hajmi105.57 Kb.
#1789593
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Mavzu Fransiya ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda 1-§. F

XX asrning 90-yillarida Fransiyaning siyosiy va iqtisodiy rivojlanishi.
1988 yilda bo‘lgan ikkala saylov kompaniyasidagi muvaffaqiyatlariga qaramasdan FSP a’zolari faoliyatida markazdan qochish tendensiyasi kuchaygani ko‘rindi. Hukumat boshlig‘i M.Rokar “birgalikda yashay olish” yillarida o‘zining partiyadagi mavqeini mustahkamlashga erishdi. Rokar hukumati ijtimoiy-iqtisodiy siyosatda keskin harakatlar qilishdan qochdi. U na xususiy biznesning rivojlanishini va na davlat sektorining qayta tiklanishini xohladi. Rokarning bu yo‘li “yo‘q-yo‘q” degan nom oldi. Bunday murosachilik siyosati ham o‘nglar tomonidan, ham FSPda tanqidga uchradi.
1990 yil kuzidan FSPda antirokar oppozitsiya kuchaydi. Oppozitsiya lideri Rokarning iqtisodiy siyosatidan norozi bo‘lib, hukumat tarkibidan namoyishkorona chiqqan Edita Kresson edi. Mamlakat prezidenti Kressonni so‘l hukumat va partiya ichida birlikni saqlaydigan harakatchan shaxs sifatida baholab, 1991 yil 15 mayda unga premer-ministrlik lavozimini topshirdi. Edita Kresson xonim takabburlik bilan Fransiya sanoatini rivojlantirish dasturini ilgari surdi. Uning ba’zi g‘oyalari gollistlarning bundan o‘n yillar oldingi quruq safsatasining takrorlanishi edi. Kresson yuqori texnologiyaga ega bo‘lgan sanoat tarmoqlarini va fransuzlarning Yevropa hamda uchinchi dunyo mamlakatlari bilan olib boryotgan agressiv savdo ekspansiyasini himoya qilish siyosatini qo‘llab-quvvatladi. Biroq, Kressondan fransuz “Temir xonim”i chiqmadi. 1991 yil oxirida uning reytingi 20% tushib ketdi. Prezident Mitteranning ham reytingi 25% ga tushdi. 1992 yil yanvarida FSP rahbarligiga L.Fabiusninig kelishi ham partiyaning obro‘sini saqlab qola olmadi.
1992 yil martdagi munitsipal saylovlarda sotsialistlar faqat 18% ovoz oldi, xolos. 1990 yilda “Fransiya uchun ittifoq” konfederatsiyasiga birlashgan SFD va OPR o‘ng bloki saylovchilar ovozining 30% ini, kommunistlar 8% ini oldilar.
1993 yil martida Milliy majlisga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Saylovda o‘nglar ishonarli g‘alabani qo‘lga kiritdi. 577 mandatdan 484tasini o‘ng partiyalar (OPR- 247, SFD- 213, ularni qo‘llab-quvvatlagan gruppalar- 24 mandat) egalladi. Milliy majlisda FSP- 54, FKP- 26 mandatga ega bo‘ldilar.
1993 yil parlamentga bo‘lgan saylovlarda ham o‘nglar g‘alaba qildi va Eduard Baladyur boshchiligida hukumat tuzildi. Baladyur ishsizlikka qarshi kurash va sinish yoqasida turgan ijtimoiy sug‘urtani saqlab qolishni hukumatning vazifasi deb bildi. Moliyaviy bazani mustahkamlash uchun davlat zayomi chiqarildi, natijada 110 mlrd. frank mablag‘ yig‘ildi. Benzin va spirtli ichimliklarga egri soliqlar oshirildi. “Ijtimoiy ehtiyojlar” (barcha daromadlarni ko‘zda tutgan) solig‘i joriy qilindi. Hukumat idoralarida ishlayotganlarga sarflanayotgan mablag‘ni tejash kompaniyasi va xususiylashtirish ishlari boshlandi. 1993 yildan davlat sektoridagi anchagina korxonalar xususiylashtirildi. Hukumat Yevropa Ittifoqidan bo‘lgan xorijiy sarmoyachilarning aksiyalarni sotib olishiga yo‘l ochib berdi. Bu esa, chet el sarmoyalarining mamlakat ichkarisiga kirib kelishiga imkoniyat yaratdi. Ko‘rilgan barcha chora-tadbirlar tufayli davlat byudjetidagi tanqislikning kamayishiga va yangi ishchi o‘rinlarining yaratilishiga olib keldi. Hukumat mamlakatga immigrantlarning kirib kelishining oldini olish choralarini ko‘rdi. Immigrantlarning noqonuniy ravishda ish joylarini egallab olishlariga qarshi kurash olib bordi. Baladyurning bu siyosati mamlakatda keng omma tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Hukumatning qo‘llab-quvvatlanishi iqtisodiy o‘sishda ham aks etdi.
1994 yilda inflyatsiya yillik darajasi 1,8% ga pasaydi, ishsizlik kamaydi, Yalpi ichki mahsulot 2,9% ga o‘sdi, byudjet tanqisligi pasaydi. Baladyur prezidentlikka asosiy da’vogarlardan biri bo‘lib qoldi.
1995 yili prezidentlikka saylovning birinchi turi bo‘lib, unda o‘nglar nomzodi Jospen 23,3% ovoz oldi. Saylovning ikkinchi turi Shirak bilan Baladyur o‘rtasida bo‘lib, Shirak 20,6%, Baladyur 18,5% ovoz oldi va qiyinchilik bilan J.Shirak prezidentlik lavozimini egalladi.
1997 yil may-iyun oylarida parlamentga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Saylovda o‘ng partiyalar qattiq mag‘lubiyatga uchradilar. Sotsialistlar lideri L.Jospen boshchiligidagi so‘llar g‘alaba qilib, 252 deputatlik mandati (kommunistlar- 39, ekologlar- 7) bilan parlament va hukumatda ko‘pchilik o‘rinni egallashdi. L.Jospen boshchiligidagi “pushti-qizil-yashil”lar ittifoqi harakatchan va ishchan chiqdi. 1997 yili o‘nglar qarshiligiga qaramay Jospen yirik korxonalarning daromadiga solinadigan soliqlar miqdorini 15% ga oshirdi. 1997 yil natijalariga ko‘ra sanoat ishlab chiqarishi 1996 yilgi 1,7% ko‘rsatgichga qarshi o‘laroq 6,7% o‘sishga erishildi. 2000 yili 35 soatlik ish kuni to‘g‘risida qonun kuchga kirdi. Buning natijasida, 100 ming o‘rinli ish joylari yaratildi. Ishsizlar sonini 10% ga qisqartirishga erishildi.
XX asr 90 yillari oxirida Fransiyaning siyosiy hayotida bir qancha shov-shuvli janjallar bo‘lib o‘tdi. F.Mitteranning qonunga xilof ravishda siyosiy raqiblarning telefondagi gaplarini yozib olish to‘g‘risida buyruq berganligi ma’lum bo‘ldi. Mitteranchi mudofaa ministri Sharl Ernyu Bolgariya, Ruminiya va SSSRga xizmat qilayotgan josus sifatida fosh qilindi. 2000 yil dekabrida Mitteranning o‘g‘li Jan Kristof xalqaro savdodagi firibgarligi uchun turmaga tashlandi. 2001 yil yanvarida Mitteranning do‘sti, tashqi ishlar vaziri Rolan Dyuma poraxo‘rlikda ayblanib, sud qilindi. FKP liderlari J.Marshe va R.Yular partiyani yashirin ravishda mablag‘ bilan ta’minlab turishda ayblanib, sud qilindi.
2002 yilnang 5 may kuni Fransiyada prezidentlik uchun uzoq davom etgan saylovoldi kurash o‘z nihoyasiga yetdi. Saylov natijasi, xususan, amaldagi prezident J.Shirak 82% dan ortiq ovoz olib, mamlakatni yana besh yil boshqarish huquqini qo‘lga kiritdi. O‘nglar nomzodi Le Pen mag‘lubiyatga uchradi. To‘g‘ri birinchi bosqichda Le Pen ma’lum muvaffaqiyatga erishgandi. Telemuloqotlarda raqiblar bir-birlarini tanqid qilish, ta’bir joiz bo‘lsa, “tomorqasiga tosh otish” bilan ham mashg‘ul bo‘lishdi. Bu Fransiya saylov tizimi uchun tabiiy bir hol. Ikki nomzod o‘rtasidagi kurashda ularning saylovchilarga bergan saylovoldi va’dalari ham muhim ahamiyat kasb etdi. Fransiya xalqi tajribali siyosatchi bo‘lgan Jak Shirakni tanladi.
2007 yil 6 may kuni Fransiyada navbatdagi prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu safar so‘llar nomzodi sotsialist Segolen Ruayal xonim o‘nglar nomzodi Nikola Sarkoziga qarshi turdi. Ikkinchi bosqichda saylovchilarning 53% ovozini olgan N.Sarkozi mamlakat prezidenti etib saylandi. Liberal yo‘nalishdagi o‘ng kuchlar nomzodining g‘alabasi uzoq yillardan beri iqtisodiyotda keng qamrovli islohotlar o‘tkazilishini kutayotgan qatlamning muvaffaqiyati bo‘ldi. Yangi davlat rahbari mamlakatda radikal va hatto jiddiy o‘zgarishlarni amalga oshirishga kirishdi. U bu bilan turg‘unlikni boshidan kechirayotgan Fransiyani yana jahondagi raqobatbardosh mamlakatlardan biriga aylantirish niyatida ekanligini ko‘rsatdi. Mutaxassislarning fikricha, Jak Shirak haqiqatdan ham o‘z vorisiga murakkab vaziyatdagi mamlakatni qoldirdi. Buning ustiga 2008 yil yozidan boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi murakkab vaziyatni yanada og‘irlashtirdi. Bir tomondan Fransiya ijtimoiy tizimi o‘ta rivojlangan, iqtisodiy taraqqiyot bo‘yicha dunyoda oltinchi o‘rinda tursada, davlatchilikning ijtimoiy sohaga yo‘naltirilganligi jamiyat zimmasiga yil sayin og‘ir yuk bo‘lib tushayapti. Moliyaviy institutlar ma’lumotiga qaraganda, ijtimoiy ta’minotga berilayotgan bu qadar katta e’tibor iqtisodiyotning raqobatbardoshligini izdan chiqarayapti. Ikkinchidan, G‘arbiy Yevropaning yetakchi mamlakati saldo taqchilligidan aziyat chekmoqdaki, oqibatda milliy iqtisodiyotning o‘sishi Yevropa Ittifoqidagi ayrim mamlakatlar bilan solishtirganda uncha katta emasligi sezilib qolmoqda. Uchinchidan, Fransiyadagi ishsizlik darajasi rivojlangan mamlakatlar orasida eng yuqori bo‘lib, ishlash qobiliyatiga ega yoshdagilarning atigi 68% doimiy ish bilan ta’minlangan. Ishsizlik darajasi 2010 yilda 10% dan oshib ketdi. To‘rtinchidan, byudjetdagi taqchillik, frankning qadrsizlanib borishi va soliqlarning og‘ir yuki mamlakat iqtisodiyotini og‘ir ahvolga solib qo‘ydi. Biroq, shunga qaramay Fransiya Yevropa qit’asidagi eng kuchli iqtisodiyotga ega ikkinchi mamlakat hisoblanib, jahonda YaIM salmog‘i jihatidan oltinchi o‘rinni egallab kelmoqda. Fransiyaning iqtisodiy o‘sish sur’ati YeIning o‘rtacha ko‘rsatgichidan yuqori. Yevropaning yuqori texnologik rivojlangan mamlakatlaridan biri hisoblangan Fransiya mudofaa, aerokosmik texnika va elektronika sohalarida G‘arbiy Yevropa sanoati yutuqlarini o‘zida mujassam etdi. Fransiya yadro-energetik texnologiyalar va atom elektrostansiya eksporti bo‘yicha ham dunyoda yetakchi mamlakatlardan biridir. Fransiya o‘zining ilmiy-texnika yutuqlari – zamonaviy aviatsiya, o‘ta tezyurar poezdlari, birinchi klassli “Reno”, “Sitroen”, “Pejo” avtomobillari, ilg‘or kemasozlik sanoati bilan ham ajralib turadi.
XX1 asrning boshlarida dunyo miqyosida yaratilgan zamonaviy texnika va texnologiyalarning 5,1% i Fransiya hissasiga to‘g‘ri keladi.
Fransiya aholisining 6% i qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanadi. Ishlab chiqarish texnikalari bilan yaxshi qurollanganlik va agroximiya fani yutuqlarini joriy etish tufayli mamlakat aholisi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan to‘la ta’minlangan, hatto chorvachilik mahsulotlari eksportga jo‘natiladi. Aholining 85% ini yollanma mehnat kishilari – ishchilar, xizmatchilar, ziyolilar tashkil etadi.




Download 105.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling