Mavzu: Fransiya ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda 1-§. Fransiyaning ma’muriy-hududiy boshqaruv tizimi
va 1988 yillardagi saylov kompaniyalari. “Yashay olish”ning birinchi tajribasi
Download 105.57 Kb.
|
Mavzu Fransiya ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda 1-§. F
1986 va 1988 yillardagi saylov kompaniyalari. “Yashay olish”ning birinchi tajribasi.
“So‘l tajriba”ning barbod bo‘lishi va hukumatning o‘z yo‘lini o‘zgartirishi so‘l partiyalar rahbariyatida taajjub tug‘dirdi. Kasaba uyushmasi yana ommaviy norozilik tashkilotiga aylandi. 1984 yili Kompartiya vakillari namoyishkorona ravishda hukumat tarkibidan chiqdilar. Biroq, bunday qadam Kompartiyaga obro‘ keltirmadi. Uning ta’siri tobora tushib bormoqda edi. Ishchilar va yoshlar orasida obro‘sini yo‘qotib bordi. Kompartiya yetakchilarining bir qismi Sotsialistik partiya tomon burilish qildi, bir qismi millatchi radikal gruppalar ta’siriga tushib qoldi. FKP 1981 yilgi saylovlarda 1978 yildagiga qaraganda 1,8 mln ovoz yo‘qotdi. So‘l koalitsiya hukumatidan chiqishi FKPning ahvolini yanada og‘irlashtirdi. Fransiya Sotsialistik partiyasida ham bo‘linish yuz berdi. 1986 yil mart oyidagi parlamentga saylovlarda o‘ng koalitsiya ishonchli g‘alaba qozondi. OPR va SFD 291, FSP esa 206 mandatga ega bo‘ldi. FKP saylovchilarning 10% ovozini olib 35 mandatga ega bo‘ldi. Milliy front (1972 yilda tuzilgan) 35 mandatga ega bo‘ldi. Prezident F.Mitteran konstitutsiya normalariga binoan parlamentda uncha katta bo‘lmagan Fransiya rahbari Jak Shirakka premer-ministr lavozimini taklif qilishga majbur bo‘ldi. Beshinchi respublika tarixida birinchi marta “yashay olish” davri, ya’ni so‘l prezident va o‘ng premer-ministrning mamlakatni birgalikda boshqarish davri boshlandi. Prezident mamlakatning milliy xavfsizligi va tashqi siyosati bilan, premer-ministr ichki siyosat masalalari bilan shug‘ullandi. Iqtisodiyotda o‘zgarishlar boshlandi. Bir yarim yil ichida davlat sektorining uchdan biri xususiylashtirildi. Xususiy davolash muassasalari tiklandi. Ta’lim olishning xususiy sektori kengaytirildi. Yashash joylarni ijaraga oluvchilarga davlat tomonidan beriladigan huquqiy kafolat qisqartirildi. Xususiylashtirish katta mablag‘ keltira boshladi. 1986 yil noyabridan 1988 yil yanvarigacha xususiylashtirish orqali davlat byudjetiga 84 mlrd. frank kelib tushdi. Bu mablag‘ning 72% davlat qarzlarini to‘lashga sarflandi. 28%i davlat korxonalarini zamonaviylashtirishga sarflandi. Ko‘rilgan choralar 80 yillar ikkinchi yarmidan boshlab yalpi ichki mahsulotning va sanoat ishlab chiqarishining yiliga 3-4% o‘sishiga olib keldi.1988 yilgi prezident saylovlarining birinchi bosqichida F.Mitteran 34% ovoz olib g‘alaba qildi. O‘ng partiyalar liderlari J.Shirak va Barr o‘rtasida qizg‘in kurash ketdi va 19,9% ovoz olib (Barr 16,5%) J.Shirak saylovning ikkinchi bosqichiga chiqdi. Prezident saylovining ikkinchi bosqichida F.Mitteran 54% ovoz olib (J.Shirak 46%) g‘alaba qozondi. Mamlakat parlamenti tarqatib yuborildi va prezident tomonidan yangi parlament saylovlari belgilandi. Bir oydan so‘ng bo‘lgan parlament saylovlarida FSP- 276 mandatga, oppozitsiya- 272 mandat (SFD- 130, OPR- 128, mustaqil o‘nglar- 13, NF- 1)ga ega bo‘ldi. FSP vakili Mishel Rokar hukumatga bosh bo‘ldi.
Download 105.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling