Mavzu: Fransiya ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda 1-§. Fransiyaning ma’muriy-hududiy boshqaruv tizimi
Download 105,57 Kb.
|
Mavzu Fransiya ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda 1-§. F
Gollchilar amalga oshirgan qayta tashkil etish natijalaridan biri siyosiy partiyalarning qisqartirilgan va “davlatvozlik yo‘tali”ning tugatilganligi bo‘ldi. Hokimiyat uchun kurash ommaviy gollchilar partiyasi – Respublikani himoya qilish demokratlar ittifoqi (YuDR) boshchiligida o‘nglar va kommunist hamda sotsialistlardan iborat so‘llar o‘rtasida borardi. So‘llar birgalikdagi harakat dasturini ishlab chiqishga muvaffaq bo‘lishdi, unga ko‘ra agar saylovda g‘olib chiqilsa, parlamentni Xalq birligi hukumati boshqarishi kerak edi. 1971 yili Fransiya Sotsialistik Partiyasi (FSP) rahbarligiga saylov bo‘lib o‘tdi, ko‘pchilikni hayratda qoldirgan holda F.Mitteran g‘alaba qildi. Boshqa so‘l tashkilot va kasaba uyushmalarining qo‘llab-quvvatlashi natijasida 1972 yilning iyunida dastur imzolandi. Parlamentga o‘tkazilgan birinchi saylovdayoq (1973 y.) unga tarafdor bo‘lib 10 million kishi ovoz berdi. Biroq, saylov qonuni o‘nglarning Milliy yig‘ilishda ko‘pchilik o‘rinlarni egallashini ta’minladi. 1969-1973 yillarda Yalpi ichki mahsulot yiliga 5,7%, mehnat unumdorligi 5,2%, asosiy kapital ko‘payishi 4,9% ni tashkil etdi. 1974 yilning bahorida J.Pompidu vafot etdi. Prezident saylovlarida o‘nglar nomzodi – V.Jiskar d’Esten va so‘llar nomzodi – sotsialistik partiya birinchi kotibi F.Mitteran o‘rtasida kurash boshlandi. Uncha ko‘p bo‘lmagan ovozlar soni ustunligi bilan Valeri Jiskar d’Esten g‘alaba qildi, u Bosh ministr lavozimiga respublikani qo‘llab-quvvatlash birlashmasi (YuDR) rahbari Jak Shirakni tayinladi. Ularning qarashlarida to‘la yakdillik yo‘q edi. Prezident gollizmdan uzoqlashdi, Shirak esa sadoqatli gollchi sifatida oldingi yo‘ldan qaytishga to‘sqinlik qildi. 1974 yilda Fransiyani, boshqa rivojlangan mamlakatlar qatori iqtisodiy bo‘hron qamrab oldi, ishlab chiqarish qisqardi, ishsizlar soni ko‘paydi, pul qadrsizlanishi va aholi turmush darajasining pasayishi hamma joyda yoyildi. Ishchilar harakati kuchaydi, xalqda yangilanishlarga intilish ishtiyoqi oshdi. O‘nglarning boshqaruvni uddalashi cho‘zildi, ularning yetakchilari de Golldek katta obro‘-e’tiborga ega emasligi bilinib qoldi. Download 105,57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling