Mavzu: Fransiya ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda 1-§. Fransiyaning ma’muriy-hududiy boshqaruv tizimi


De Goll prezidentlik qilgan davrda Fransiyaning ijtimoiy taraqqiyoti


Download 105.57 Kb.
bet8/18
Sana20.11.2023
Hajmi105.57 Kb.
#1789593
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
Mavzu Fransiya ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda 1-§. F

De Goll prezidentlik qilgan davrda Fransiyaning ijtimoiy taraqqiyoti.
1960 yil bahorida hukumat moliyaviy jihatdan barqarorlashtirish tadbirlariga asoslangan “vaqtinchalik reja”ni qabul qildi. IV va V (1962-1965 va 1966-1970 yillar) rejalarda e’tibor fan-texnika taraqqiyotiga asoslangan sanoat ishlab chiqarishni rivojlantirishga, ishlab chiqarishning bir yerga (bir qo‘lda) to‘planish jarayonini rag‘batlantirishga va tashqi savdo hajmining o‘sishiga qaratildi. Pul muomalasini tartibga solish uchun 1960 yilda pullarni “yangi frank” kupyuri bilan almashtirish islohoti o‘tkazildi. Unga ko‘ra yangi frank eskisiga nisbatan 1:100 proporsiyada almashtirildi. Mana shu tadbirlar qisqa vaqt ichida “qat’iy” Milliy vakolatning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
1965 yilga kelib Fransiyaning AQShdan olgan tashqi qarzini to‘lashi ham moliyaviy barqarorlikning yuzaga kelishiga yordam berdi. Shu vaqtdan boshlab Fransiya yirik kapitalning eksportchilaridan biriga aylandi va tashqi savdodagi ijobiy saldo balansini saqlab qoldi. 60-yillarda tashqi savdoning umumiy hajmi urushgacha bo‘lgan davrdagidan to‘rt marta oshiq bo‘ldi. Fransiyaning tashqi savdosi ikkita asosiy omil tufayli rivojlanayotgan edi. Bir tarafdan de Goll hukumati mustaqillikka erishgan sobiq mustamlakalar bilan savdo aloqalarini mustahkamlashga harakat qilayotgan edi. Qoidaga ko‘ra, mastamlakalarga suverenitet berish metropoliya bilan mustamlakalar o‘rtasida iqtisodiy, harbiy va texnikaviy sohalarda shartnomalar tuzish bilan amalga oshirilar edi. Bunday yondashuv Fransiyaning uchinchi dunyoda iqtisodiy mavqeining oshishiga ham sabab bo‘ldi.
Fransiyaning YeIdagi sheriklari bilan savdo aloqalarini rivojlantirishga erishishi katta muvaffaqiyatlarga olib keldi. 60-yillar oxirida Fransiyaning umumiy bozor doirasidagi tashqi savdo aylanmasi “Fransiya hamdo‘stligi” mamlakatlari bilan olib borayotgan savdosidan 3 baravar oshib yetdi (1958 yilda bu raqamlar taxminan barobar edi). Byudjet-moliyaviy tizimning barqarorligi va fermerlarni qo‘llab-quvvatlashga to‘g‘ridan-to‘g‘ri berilayotgan xarajatlarning qisqartirilishi hukumatga sanoatning yuqori texnologiyaga asoslangan sohalarini rivojlantirishga imkon berdi. Ayniqsa, sanoatning aviasozlik, kimyo va avtomobil sohalari tez taraqqiy etdi. Plastmass-hisoblash qurilmalarini ishlab chiqarish ancha ko‘paydi. Harbiy sanoat kopmleksida atom, raketa va aerokosmik kabi yangi sohalar yuzaga keldi. Fransiya dunyoning uchinchi yadroviy mamlakatiga aylandi. Shu maqsadlarda mamlakatning turli hududlarida yangi sohaga oid korxonalar qurildi. Masalan, Tuluza atrofida aerokosmik kompleks, Grenobl yaqinida yadroviy, Bretanda elektron texnika sanoat tarmoqlari va Marsel rayoni va boshqa g‘arbiy qirg‘oq bo‘ylarida kemasozlik sanoati komplekslari kengaytirildi va mustahkamlandi.
O‘n yil davomida, ya’ni 1958 yilgacha Fransiyadagi sanoat ishlab chiqarish hajmi 60% dan oshdi. Sanoat mahsuloti hajmining o‘sish sur’atlari yiliga 55% ni tashkil etdi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish 66% ga oshdi. Sanoatdagi monopoliyalashtirish sezilarli darajada tezlashdi. Agar oldingi davrlarda bu jarayon asosan kichik va o‘rta korxonalarning birlashishi hisobiga yuz bergan bo‘lsa, keyinchalik yirik korxonalar tomonidan kichik korxonalarning yutib yuborilishi bilan amalga osha bordi. 60-yillarda yirik bank yoki xolding tomonidan tashkil etilgan moliya-sanoat guruhi sanoat korxonalarining asosiy tashkiloti bo‘lib qoldi. O‘nta yirik moliyaviy-sanoat guruhi xususiy sektorning 40% ni nazorat qilar va davlat sektorining taraqqiy etishida muhim ahamiyat kasb etar edi. Shunday bo‘lsada, Fransiya sanoat konsentratsiyasi bo‘yicha rivojlangan boshqa mamlakatlardan ancha orqada edi.



Download 105.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling