Mavzu: Fransiya ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda 1-§. Fransiyaning ma’muriy-hududiy boshqaruv tizimi
Fransiya-O‘zbekiston munosabatlari
Download 105.57 Kb.
|
Mavzu Fransiya ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda 1-§. F
I.Karimovning Parij xartiyasini imzolashi O‘zbekistonning Yevropa va boshqa taraqqiy etgan mamlakatlar bilan yanada yaqinlashuvida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 1994 yil 25-27 aprel kunlari Fransiya prezidenti F.Mitteranning O‘zbekistonga qilgan rasmiy tashrifi chog‘ida imzolangan bitimda ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida, Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasida fuqarolarning erkin harakati haqidagi bitimlar, shuningdek, havo transporti sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi deklaratsiyalar imzolandi. Shuni ham aytish kerakki, Fransiyaning O‘zbekiston bilan aloqalari, aynan, J.Shirak prezidentlik davrida yangi bosqichga ko‘tarildi. 1996 yil bahorida har ikki mamlakat rahbarlarining Parijdagi uchrashuvi va unda imzolangan tarixiy hujjatlar buning amaliy dalilidir. Bundan tashqari, tashrif chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasida ikki tomonlama soliq olmaslik to‘g‘risida konvensiya hamda hamda moliyaviy Protokol imzolandi. Ikki o‘rtadagi hamkorlik kengayib, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash, oziq-ovqat, neft va gaz sanoati, qurilish va boshqa sohalarda hamkorlik qilinmoqda. So‘nggi yillarda Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar sezilarli darajada rivojlanib bormoqda. O‘tgan yillar davomida o‘zbek-fransuz savdo iqtisodiy hamkorligiga oid jami 20 ta hujjat imzolandi. O‘zbekiston respublikasi tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro tovar aylanmasi 2006 yilda 135,8 mln. dollar, 2007 yilda 333,7 mln. dollar, 2008 yilda 281,9 mln. dollarni tashkil etdi. 2009 yilda esa o‘zaro tovar ayriboshlash hajmining 174 mln. dollari O‘zbekiston hissasiga, 109 mln. dollari esa Fransiya hissasiga to‘g‘ri keldi. 1996-2007 yillarda Fransiya hukumati va banklarning moliyaviy mablag‘larini jalb qilish orqali O‘zbekistonda jami 539,8 mln. dollarlik 11ta loyiha amalga oshirildi. Ulardan asosiylari sifatida: Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahridagi poyafzal ishlab chiqarishga mo‘ljallangan “Kofra” (495 ming dollar) hamda Toshkent shahridagi reklama va taqdimot xizmati ko‘rsatishga mo‘ljallangan “JS Deko Uz” (1,05 mln dollar) qo‘shma korxonalarini ko‘rsatib o‘tish mumkin. O‘zbekistonda Fransiyalik sarmoyadorlar ishtirokida 15 qo‘shma korxona tuzilib, faoliyat ko‘rsatmoqda. Fransiyaning 15 kompaniyasi O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochgan. Fransiyalik ishbilarmon va sarmoyadorlar O‘zbekistonning yoqilg‘i-energetika, kimyo, qishloq xo‘jaligi, avtomobilsozlik, sayyohlik, farmasevtika, qurilish materiallari ishlab chiqarish, oziq-ovqat sanoati kabi sohalarga, “Navoiy” erkin-industrial iqtisodiy zonasidagi qurilishlarga o‘z mablag‘larini tashlaganlar Download 105.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling