FRAZEOLOGIZMLARNING YUZAGA KELISHI
Ba’zan harakat-holatning natijasini ifodalovchi qurilma frazeologizmga aylanadi. Masalan, kishi afsuslanishi natijasida barmog‘ini tishlab qolishi mumkin. Shuning uchun barmog‘ini tishlab qolmoq qurilmasi frazeologik qiymat kasb etgan. Tishni-tishga qo‘ymoq, tepa sochi tikka bo‘lmoq, labiga uchuq toshmoq iboralari ham shular jumlasidandir.
Ayrim frazeologizm turli diniy aqida, tushuncha, rivoyat asosida ham shakllanadi: 1.Uning eriga mening ko‘zim tekkan emish. (I.Rahim) 2.Hammani qo‘yib, sizning soldat o‘g‘lingizga tegaman deb ko‘zim uchib turibdimi? (M.Muham.) 3. «Jabrdiyda»ning ham, guvohlarning ham dumi xurjunda gaplari shunday savollar berilishini talab etardi. (M. Ism.)
Frazeologizm, asosan, bir ma’nolidir. Ammo polisemantiklik frazeologizmda ham uchrab turadi.
Masalan, [aqli yetadi] frazeologizmi «idrok qilmoq», «ishonch hosil qilmoq» ma’nosiga, [bo‘yniga qo‘ymoq] iborasi 3 ta - «aybni birovga to‘nkamoq», «isbotlab e’tirof qildirmoq», «biror ishni bajarishni birovning zimmasiga yuklamoq» ma’nolariga, [qo‘lga olmoq] iborasi esa 4 ta- «o‘z ixtiyoriga o‘tkazmoq», «qo‘qqisdan hujum qilib bosib olmoq», «qamash maqsadida tutmoq», «biror yo‘l bilan o‘z xohishiga bo‘ysunadigan qilmoq» ma’nolariga ega.
FRAZEOLOGIK POLISEMIYA VA MONOSEMIYA
Frazeologizmlarning semantik jihatdan:
antonim
sinonim
omonim
Frazeologik sinonimiya.
Frazeologizmning ma’nodoshlik paradigmasida birliklar ifoda semalari darajasiga ko‘ra farqlanadi:
[yaxshi ko‘rmoq] – [ko‘ngil bermoq],
[er bilan yakson qilmoq] – [kulini ko‘kka sovurmoq],
[ipidan ignasigacha] – [miridan sirigacha], [qilidan quyrug‘igacha]
Frazeologik sinonimiya - yaxshi ko‘rmoq;
- yer bilan yakson qilmoq;
- tarvuzi qo‘ltig‘idan tushmoq;
- beli baquvvat;
- miridan sirigacha.
- ko‘ngil bermoq;
- kulini ko‘kka sovurmoq;
- hafsalasi pir bo‘lmoq;
- qo‘li uzun;
- qilidan quyrug‘igacha.
- Sinonim frazeologizmlarni frazeologik variantdan farqlash lozim. Sinonim iboralarda ayni bir so‘z bir xil bo‘lishi mumkin. Lekin qolgan so‘zlar sinonim leksemaning ko‘rinishlari bo‘lmasligi lozim.
- Jonini hovuchlamoq / yuragini hovuchlamoq
- Кo‘ngliga tugmoq / yuragiga tugmoq
Do'stlaringiz bilan baham: |