Mavzu fuqarolik jamiyati fanining predmeti, obyekti, maqsadi va vazifalari
Download 36.39 Kb.
|
MAVZU FUQAROLIK JAMIYATI FANINING PREDMETI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mantiqiylik
Ilmiylik - fuqarolik jamiyati to’g’risidagi g’oyalar, nazariyalar, zamonaviy konsepsiyalami tahlil qilish asosida uning metodologik nazariy asoslarini ko’rsatish.
Tarixiylik - fuqarolik jamiyati shakllanishining tarixiy bosqichlari, ularning o’ziga xos xususiyatlarini tahlil qilgan holda jahon tajribasida erishilgan yutuqlardan foydalanish asosida tahlil etish. Mantiqiylik - fuqarolik jamiyati shakllanishining genezisidan to bugungi holatigacha bo’lgan jihatlarini (asosiy belgilari, omillari, tamoyillari, funksiyalari) uzviylik asosida tahlil qilish. Tizimlilik - fuqarolik jamiyatini bir butun tizim sifatida va har bir belgilaming paydo bo’lishi, rivojlanishi va tizimdagi o’rni va rolini aniqlash. Qiyosiy tahlil - fuqarolik jamiyati shakllanish va rivojlanish tajribalarini solishtirish, har bir davlatdagi o’ziga xos jihatlarini ko’rsatish. Fuqarolik jamiyati fani bakalavriat bosqichi o’quv rejasidagi “O’zbekiston tarixi”, “Falsafa”, “Milliy g’oya”, “Iqtisodiyot nazariyasi”, “Dinshunoslik” kabi fanlar bilan o’zaro bog’liqdir. Ushbu fanlarda fuqarolik jamiyati shakllanishi va rivojlanishining turli yo’nalishlaridagi holati, qonuniyatlari, tamoyillari o’rganiladi. “Fuqarolik jamiyati” fanining o’ziga xosligi shundan iboratki, u, jamiyatni rivojlanib boruvchini bir butun yaxlit tizim va tizimning tarkibiy qismlari sifatida o’rganadi. Ijtimoiy fanlaming xulosalari asosida fuqarolik jamiyati fani jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini umumlashtiruvchi funksiyani bajaradi. Fuqarolik jamiyati fanining metodologik funksiyasi ijtimoiy fanlaming rivojlanishi ijtimoiy jarayonlami o’rganishning umumiy yo’nalishlarini belgilashdan, ishlab chiqilgan me’yorlaming foydalanilishidan iborat. Fuqarolik jamiyati fanining prognostik (bashorat qilish) funksiyasi jamiyatning rivojlanish istiqbollarini oldindan ko’rishga inson huquqlari va erkinliklarining namoyon bo’lishida ko’rinadi. Jamiyatning har bir fuqarosi o’z kasb-kori va ixtisosligidan qat’i nazar jamiyat rivojlanishi to’g’risidagi bilimlami chuqur egallashi orqaligina yon atrofida ro’y berayotgan voqea hodisalaming kelib chiqish sabablari va oqibatlarini bilishi, ulami boshqarishda bevosita yoki bilvosita ishtirok etish, bunyodkor kuchga aylanishi mumkin. Ijtimoiy-siyosiy fanlarda “fuqarolik jamiyati” va “davlat” tushunchalari uzoq davrlar bir- biridan unchalik farqlanmay keldi, ular aynan bir mazmundagi tushunchalar sifatida ishlatildi. Biroq XVII asr o’rtalaridan boshlab, jamiyat turli jabhalarining tabaqalashishi, nodavlat, o’zini o’zi boshqarish unsurlarining shakllanishi, ba’zi fuqarolarning o’z huquq va erkinliklarini qo’lga kiritishi, erkin fikrlaydigan va mustaqil individning shakllanishi jarayoni ijtimoiy taraqqiyotning ikki tamoyilini yuzaga keltirdi. Ular endi fan obyekti sifatida o’rganila boshlandi. Davlatda hokimiyatning uchga bo’linish prinsipining asoslanishi, siyosiy partiyalar, manfaatlar guruhlarining (kasaba uyushmalari, ommaviy axborot vositalari va h.k.) paydo bo’lishi bilan jamiyat hayoti mazmuni endi faqat davlat hokimiyati bilan cheklanib qolmaslikni taqozo etdi. Jamiyat boshqaruvi dunyosiga yangi ishtirokchi institutlar kirib kela boshladi, ular siyosiy qarorlar qabul qilish, fuqarolik jamiyati strategiyasini ishlab chiqish, shaxs faoliyatining umumiy maqsad va mazmunini shakllantirish jarayoniga sezilarli darajada ta’sir ko’rsata boshladi. Fuqarolik jamiyati tushunchasi absolutizm rejimi ag’darilganidan so’ng shakllangan yangi hayotni, ya’ni fuqarolarning shaxsiy hayotini davlat tazyiqidan xalos etishni aks ettira boshladi. Fuqarolik jamiyati unsurlari davlatning jamiyatdagi nodavlat ijtimoiy tuzilmalaridan ajralishi, nodavlat ijtimoiy munosabatlarining nisbatan mustaqillikka erishishi natijasi o’laroq paydo bo’ldi. Fuqarolik jamiyati shakllanishi va rivojlanishi jarayoniga monand ravishda huquqiy davlat shakllana boshladi.
Download 36.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling