Mavzu fuqarolik jamiyati fanining predmeti, obyekti, maqsadi va vazifalari
Download 36.39 Kb.
|
MAVZU FUQAROLIK JAMIYATI FANINING PREDMETI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fuqarolik jamiyati fanining predmeti va obyekti
MAVZU FUQAROLIK JAMIYATI FANINING PREDMETI, OBYEKTI, MAQSADI VA VAZIFALARIREJA: Fuqarolikjamiyatifmining predmeti va obyekti. Fuqarolik jamiyati fanining tushunchalari, qonuniyatlari va boshqa ijtimoiy- gumanitarfanlar bilan o’zaro bog’liqligi. Fuqarolik jamiyati—taraqqiyotning yuqori bosqichi. Fuqarolik jamiyati fanining predmeti va obyektiO’zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish islohotlari jarayonida jahondagi turli mamlakatlarda shu kabi jamiyat asoslarining yaratilish tajribasini, ushbu sohadagi islohotlaming iqtisodiy, ijtimoiy- siyosiy va huquqiy asoslarining shakllantirilish, ularga doir nazariy ishlanmalami o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki fuqarolik jamiyatining insoniyat uchun muhim bo’lgan bu ijobiy jihatlari (tamoyillari va yashash muhiti) o’tish davrini boshidan kechirayotgan mamlakatlarda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash va huquqiy davlat sari rivojlanish sari intilishiga doir islohotlarida muhim tajriba sifatida namoyon bo’ladi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, fuqarolik jamiyatiga doir fanni oliy ta’lim tizimida o’qitish muhim dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham Fuqarolik jamiyati fani jahonda bir necha minglab yillar davomida yig’ilgan umuminsoniy qadriyatlami hozirgi umuminsoniy va demokratik qadriyatlar bilan uyg’un holda o’rganishi va ulardan xulosalar chiqarishi tufayli yosh avlodni shakllantirishda muhim rol o’ynaydi. Bu fan insoniyatning eng so’nggi taraqqiyot bosqichi va birligi to’g’risidagi ta’limotlami hozirgi davr bilan mustahkam bog’liqlik holida o’rganadi, insonni jamiyat qonuniyatlari va qadriyatlari asosida yashashga undaydi, bu yoidan inson manfaatdorligini asoslaydi. Bu jarayonda “Fuqarolik jamiyati” fani boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan hamkorlik qiladi. Umuman olganda, ushbu fan insonni hozirgi davming so’nggi sivilizatsiyasi - fuqarolik jamiyatining rivojlanish qonuniyatlari, tamoyillari va uning shaxsni kamolga yetkazishdagi roliga doir bilimlar bilan qurollantiradi. Hozirgi davrga kelib, dunyodagi rivojlangan mamlakatlarda fuqarolik jamiyatining qurilganligi, mazkur jamiyat siyosiy instituti sifatida huquqiy davlat bunyod etilganligi, bu kabi jamiyat va davlatlar muhitida inson va uning faoliyati uchun erkinlik yaratilishi, insori huquqlarini himoyalashning miqyosi nihoyatda keng ekanligi kabi omillar demokratiya qurish yoiidan ketayotgan davlatlami qiziqtimoqda. Shuning uchun ham o’tish davrida yashayotgan mamlakatlar siyosiy elitasi fuqarolik jamiyatini nafaqat ijtimoiy model sifatida, balki uni taiim tizimiga joriy etish asnosida yosh avlodni shakllantirish omili sifatida ham e’tirof etmoqda. O’zbekiston davlati mustaqillikka erishganidan keyin bozor iqtisodiyo’li munosabatlariga asoslangan mustaqil fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish, inson manfaatlarini qondirish, ular huquq va erkinliklarini ta’minlash, jamiyatda qonun ustuvorligiga erishish asnosida barcha fuqarolarning qonun oldida tengligiga va adolat prinsiplarini amal qilishiga erishish kabi ezgu ishlarga asoslanadigan muhitni yaratish uchun fuqarolik jamiyati qurishni asosiy strategik maqsad sifatida e’lon qildi. Shuning uchun ham Birinchi Prezident I.A.Karimov mustaqillikning ilk davridayoq “bizning bosh strategik maqsadimiz qat’iy va o’zgarmas bo’lib, bozor iqtisodiyo’liga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirishdan iborat” degan g’oyani ilgari surgan edi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev istiqlol yillarida erishilgan yutuqlarga baho berib, “...biz muhtaram birinchi Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov boshlab bergan keng ko’lamli siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar yo’lini og’ishmasdan, qat’iy va izchil davom ettiramiz. Bu yo’l - erkin, demokratik, insonparvar davlat qurish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, Vatanimiz iqtisodiy qudratini yuksaltirish va yanada ravnaq toptirishning mustahkam zaminidir”, - deb ta’kidiagan edi. 2016-yilning so’nggi choragidan boshlab davlat rahbari sifatida o’z faoliyatini boshlagan Sh.M.Mirziyoyevning mamlakatda fuqarolik jamiyati rivojlanishi uchun muhim kuch-qudrat manbayi - “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan g’oyani ilgari surishi, unga monand bo’lgan huquqiy asoslar va jiddiy o’zgarishlami amalga oshirishi natijasida O’zbekistonda fuqarolik jamiyati qurish islohotlari avj oldi, unga nisbatan xalqimizning ishonchi yuksala boshladi. Prezident Sh.M.Mirziyoyev Prezidentlikni bajarish uchun kirishgan dastlabki kundanoq quyidagi konseptual g’oyani ilgari surdi: “Mustaqil taraqqiyot yillarida Konstitutsiyamiz yurtimizda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati, erkin bozor munosabatlari va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni qurish, xalqimiz uchun tinch, obod va farovon hayot barpo etish, O’zbekistonning xalqaro maydonda munosib o’rin egallashida mustahkam poydevor bo’lib xizmat qilmoqda”. “Fuqarolik jamiyati” tushunchasi - insoniyatning bir necha asrlar mobaynida shakllangan tafakkurlash mahsuli bo’lib, u inson huquqlari va erkinliklari ta’min darajasining naqadar yuksalganligi darajasi mezoni sifatida namoyon bo’ldi. Fuqarolik jamiyatining poydevori va asoslarini yaratish uchun, avvalo, u to’g’risidagi g’oyalaming genezisini va rivojlanishini bilishga zarurat tugiladi. Fuqarolik jamiyatining shakllanishi uchun uning asoslari (iqtisodiy, ijtimoiy- siyosiy, huquqiy, ma’naviy) yaratilishi lozim. Fuqarolik jamiyatining asoslari quyidagilardan iborat: iqtisodiy asos - shaxs va jamiyat manfaatlarining umumiyligiga asoslangan mulk shakllarining xilma-xilligi, iqtisodiy plyuralizm, ko’p ukladlilik, erkin bozor munosabatlari; jamiyatning har bir a’zosini o’z mulkiga ega, u bu mulkni o’z xohishi bilan tasarruf eta olish erkinligining mavjudligi, bu mulkdan foydalanish va uni sarflash huquqiga ega bo’lishi, xususiy mulk daxlsizligi, har bir shaxsning davlat tomonidan kafolatlangan tadbirkorlik, mehnat va iste’mol faoliyati erkinligi bilan ta’minlanganligi; ijtimoiy-siyosiy asos - fuqarolik jamiyati qurilayotgan davlatning mustaqil va suveren ekanligi, iqtisodiy va siyosiy hokimiyatlaming bir- biridan ajratilganligi; fuqarolarning o’z maqsadlarini himoya qilish uchun ma’lum nodavlat tashkilotlarga birlashgan bo’lishi, hokimiyatning uchga bo’linish prinsipi amalda o’z aksini topganligi, hokimiyatlaming turli markazlar, gumhlar yoki shaxslar qo’lida to’planib qolmasligi; siyosiy plyuralizmning mavjudligi; davlat hokimiyati vakolati funksiyalarining asta-sekinlik bilan quyi vakillik organlari va o’zini o’zi boshqarish organlariga berib borilishi; huquqiy asos - jamiyatda insonning yashashi va rivojlanishi uchun muhim zamrat bo’lgan erkinlik, tenglik, adolat qadriyatlarining qaror topganligi, shaxslar va fuqarolar o’rtasida o’zaro tenglikning ta’minlanganligi, ularning huquq va erkinliklarining davlat tomonidan to’liq ravishda e’tirof etilishi; adolat prinsiplariga amal qilinishi; bir shaxsning erkinligi ikkinchi shaxsning erkinligiga daxl etsa, uning erkinligi shu yerda to’xtatilishi, davlat, jamiyat va shaxs manfaatlari o’zaro mushtarakligining shakllanishi; ma’naviy asos - insonlar o’z qadr-qimmatini har qanday tajovuzlardan himoya qila olish qobiliyatining shakllanganligi, xalqning jamiyat qadriyatlarini himoya qila olish salohiyatining mavjudligi, vijddn erkinligining amal qilishi, jamiyatda axloqiy me’yorlarga amal qilish urf- odatlarining shakllanganligi, biron-bir mafkuraning yakka hokimlik qilishga urinishlarining cheklab qo’yilganligi, fuqarolarning ma’naviy va ijtimoiy jarayonlarda bevosita va bilvosita ishtirok etishlari uchun barcha shart-sharoitlaming mavjudligi, har bir fuqaroning o’z mustaqil fikrlashi va qarashiga ega ekanligini namoyon qilish uchun barcha sharoitlaming mavjud ekanligi, ma’naviy jarayonlami faqat jamiyat va fuqarolar tomonidan amalga oshirilishi, har bir fuqaroning qanday dunyoqarash yoki dinga kirishi uning o’zi tomonidan hal etilishi, diniy erkinlik, barcha dinlar va mafkuralaming o’zaro hamkorlikda yashashlari uchun zamr bo’lgan shart-sharoitlaming yaratilganligi. Umuman olganda, “fuqarolik jamiyati” atamasi turli xorijiy adabiyotlarda umumiy mohiyatga ega, shu bilan birga, har bir mamlakatning milliy an’anlarini ham uyg’unlashtiradigan tushuncha bo’lib, u hozirgi davrdagi talqinlarda jamiyatning muayyan shakli (holati va xususiyatijni, uning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va huquqiy tabiatini, rivojlanish darajasini ifodalaydi. Fuqarolik jamiyatini shakllantirish masalalari doimo davlatni takomillashtirish, huquq va qonunning rolini yuksaltirish muammolarini hal etish bilan chambarchas tarzda o’zaro bog’liqdir. Ba’zi olimlaming fikricha, demokratik jamiyat - bu “eng avvalo, fuqarolik jamiyatidir. Chinakam demokratiyaning oliy mazmuni - shaxslararo, millatlararo, davlat va ijtimoiy-siyosiy munosabatlarini uyg’unlantirishdan iborat. Bunda inson va jamiyat, jamiyat va davlat hokimiyati tinch-totuv yashaydi”. Fuqarolarning davlat hayotida ishtirok etish jarayoni ancha kuchayib bormoqda va siyosiy partiyalar, nohukumat tashkilotlar faoliyatida, hayotning barcha jabhalari, shu jumladan, inson huquqlari sohasida ham organlar va mansabdor shaxslar faoliyatining ijtimoiy nazoratini hamkorlikda amalga oshirishga qaratilgan ommaviy axborot vositalarining faollashuvida o’z aksini topmoqda. Fuqarolik jamiyati - bu ijtimoiy-siyosiy masalalami hal etishda faol qatnashadigan, davlatning bedodligi va aralashuviga yo’l qo’ymaydigan huquq hukmron bo’lgan, fuqarolar va davlat hamkorlik asosida ishlaydigan ongli individlar jamiyatidir. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida fuqarolik jamiyatiga ta’rif berilmagan bo’lsa-da, unda fuqarolik institutlarini tashkil etish va ular faoliyatining huquqiy asoslari e’tirof etilgan, ularning davlat bilan o’zaro hamkorligi prinsiplari belgilangan. Fuqarolik jamiyati fanining predmeti sifatida fuqarolik jamiyatining shakllanishi, rivojlanishi, har bir milliy davlatda fuqarolik jamiyati qaror topishining umumiy, o’ziga xos qonuniyatlari va tamoyillari o’rganiladi. Fuqarolik jamiyati fanining predmeti - kishilik tarixida insonlaming o’zaro munosabatlari natijasida yuksak jamiyatga doir qadriyatlar va tuzilmaviy unsurlaming shakllanishi, ularning rivojlanib borishi natijasida ideal jamiyatda insonlar o’zaro aloqalarin qonuniyatlarining shakllanishi, rivojlangan mamlakatlarda uzoq tarixiy rivojlanish natijasi o’laroq shakllangan yuksak insoniy birlik - fuqarolik jamiyatining institutlari hisoblanadi. Fuqarolik jamiyati fanining obyekti - bu insoniy jamiyatning oddiydan murakkabga, o’zini o’zi takroran yaratib turadigan insoniy birlikka o’sib o’tishi va nihoyat rivojlangan mamlakatlarda shakllangan fuqarolik jamiyati va uning institutlari hisoblanadi. Xususan, mazkur Fuqarolik jamiyati o’quv qo’llanmasining obyekti - ana shu tarixiy voqeliklarga uyg’un tarzda O’zbekistonda fuqarolik jamiyati unsurlariga doir g’oyalaming rivojlanishi, mustaqillik davriga kelib fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlanishi, undagi tamoyillaming rivojlangan davlatlar bilan qiyosiy tahlillari hisoblanadi. Fanni o’qitishdan maqsad - talaba-yoshlar ongida fuqarolik jamiyatiga doir tasavvurlami singdirish, ularda jamiyatni rivojlantirishga doir mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish, Vatanga sadoqat his- tuyg’ularini yuksaltirish kabilardan iboratdir. Fanning asosiy tushunchalari: fuqaro, fuqarolik jamiyati, davlat, huquqiy davlat, siyosiy institutlar, fuqarolik jamiyati institutlari, fuqarolarning huquq va erkinligi, inson huquqlari, jamiyatning ijtimoiy tuzilmasi, jamiyatning iqtisodiy asoslari, demokratik institutlar, qonun ustuvorligi, saylov, saylov huquqi, fuqaroviylik, fuqaroviy faollik, yurt tinchligi, vatan ravnaqi, daxldorlik hissi, ommaviy axborot vositalarini erkinlashtirish, o’zini o’zi boshqarish, millatlar va konfessiyalararo totuvlik, bag’rikenglik jamoatchilik nazorati, davlat organlari faoliyatining ochiqligi, ijtimoiy sheriklik kabilardir. Fuqarolik jamiyati fanini o’qitish jarayonida ilmiylik, tarixiylik, mantiqiylik, tizimlilik, qiyosiy tahlil metodlaridan foydalaniladi.
Download 36.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling