Mavzu fuqarolik jamiyati fanining predmeti, obyekti, maqsadi va vazifalari


Download 36.39 Kb.
bet5/9
Sana05.01.2022
Hajmi36.39 Kb.
#227849
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MAVZU FUQAROLIK JAMIYATI FANINING PREDMETI

Ikkinchi bosqich XVIII asr oxiridan XIX asr oxirigacha davom etdi. Bu davrda eng rivojlangan mamlakatlarda umumiy yuridik tenglik va erkinlik, shuningdek, iqtisodiy erkinlik va shaxsiy tashabbusga asoslangan dastlabki kapitalizm ko’rinishidagi fuqarolik jamiyati shakllandi.

Uchinchi bosqich (XIX asr oxiri va undan keyingi davr) vertikal feodal tuzilmalar o’rnini erkin odamlaming huquqiy tengligi va o’zaro bitimlariga asoslangan gorizontal munosabatlar egallagani bilan tavsiflanadi. Insoniyatning ko’p asrlik tarixida barcha odamlar, ijtimoiy kelib chiqishi va mavqeyidan qat’i nazar, jamiyat hayotining huquqiy jihatdan teng ishtirokchilari deb e’tirof etilishi muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etdi. Ular har kimga o’zini erkin xohish-irodaga ega bo’lgan, o’z harakatlari va ularning huquqiy oqibatlari uchun o’zi javob berishga qodir shaxs sifatida namoyon etish imkoniyatini beruvchi qonunlar bilan e’tirof etilgan qator huquqlar va erkinliklarga ega bo’la boshladi.

Fuqarolik jamiyatining hayotda yuzaga kelishiga “Huquqlar haqidagi bill” (Angliya, 1689- y.; AQSh, 1791-y.) yoki “Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi” (Fransiya, 1789-y.) kabi inson huquq va erkinliklarini himoyalovchi huquqiy aktlaming qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etdi. Fuqarolik jamiyati - o’z shaxsi, ijodiy tashabbusini erkin namoyon etuvchi teng huquqli odamlar jamiyati, ortiqcha ta’qiqlar va ortiqcha ma’muriy tartibga solishdan holi bo’lgan teng imkoniyatlar jamiyati sifatida shakllandi.

Fuqarolik jamiyatining davlatdan ajralishi aynan ijtimoiy tabaqalar o’rtasidagi tengsizlikni tugatish va ijtimoiy munosabatlarini davlat tasarrufidan chiqarish jarayoni hosilasi o’laroq yuz berdi. Bu jarayonga butun aholi nomidan ish ko’rishga asoslangan vakillik davlat organlarining shakllanishi asos bo’ldi.

Natijada odamlaming huquqiy o’zaro tengligi ularga huquq va erkinliklar berishi vositasida, ya’ni qonunlarda belgilab qo’yish yoii bilan tan olindi. Tabaqaviy tengsizlik o’rnini egallagan umumiy huquqiy tenglik shaxsning mutlaqo yangi ijtimoiy holatini belgilab berdi. Endi individlar, ularning ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar erkin hamda ijtimoiy hayotning to’laqonli ishtirokchilari deb e’tirof etildi.



      1. Download 36.39 Kb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling