Mavzu fuqarolik jamiyati fanining predmeti, obyekti, maqsadi va vazifalari
Download 36.39 Kb.
|
MAVZU FUQAROLIK JAMIYATI FANINING PREDMETI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi bosqich
Birinchi bosqich o’z ichiga 1991-2000-yillami qamrab oladi. Bu davrda, birinchi navbatda fuqarolik jamiyatining asoslari yaratildi.
Ikkinchi bosqich 2000-2010-yillarda mamlakatni demokratlashtirish va modernizatsiyalash bo’yicha faol jarayonlar davom ettirildi. Uchinchi bosqich - 2011—2016-yillar. Bu davrda fuqarolik jamiyati qurishga doir huquqiy asoslar rivojlantirildi, fuqarolik jamiyatining ijtimoiy tayanchi - o’rta ijtimoiy qatlam yanada mustahkamlandi. To’rtinchi bosqich 2017-yilda boshlanib, fuqarolik jamiyatini shakllantirishning amaliy jihatlarining namoyon bo’lishi bilan xarakterlanadi. Bu davrda fuqarolik jamiyati qurish g’oyalari “2017- 2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi” va “O’zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi”da yanada rivojlantirilib, bu sohadagi tub burilish davrini boshlab berdi. Bu bosqichda fuqarolik jamiyati shiddat bilan rivojlanib, o’zini har tomonlama namoyon eta boshladi. Bu davrda Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan islohotlar mazmuni yangi bosqich boshlanganidan dalolat bermoqda. Hozirgi davrda fuqarolik jamiyati tushunchasiga turli xil darajada ta’riflar berilmoqda. Bu haqida O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Biz uchun fuqarolik jamiyati - ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo’lib, u insonning o’z-o’zini kamol toptirishga monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. Shaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to’la darajada ro’yobga t chiqishiga ko’maklashadi. Ayni vaqtda, boshqa odamlaming huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo’l qo’yilmaydi. Ya’ni erkinlik va qonunga bo’ysunish bir vaqtning o’zida amal qiladi”, - deb ta’kidlagan edi. Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan fuqarolik jamiyatiga quyidagicha ta’rif berilgan: “Fuqarolik jamiyati bu qonun ustuvorlik qiladigan; inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoyalash ta’minlanadigan, shaxsning rivojlanishi va o’zligini namoyon qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan; aholining keng qatlamlari tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan mustaqi! va barqaror institutlar amal qiladigan ijtimoiy makondir”. Download 36.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling