Mavzu fuqarolik jamiyati fanining predmeti, obyekti, maqsadi va vazifalari


Fuqarolik jamiyati qator tamoyillarga tayangan holda faoliyat ko’rsatadi. Jumladan


Download 36.39 Kb.
bet7/9
Sana05.01.2022
Hajmi36.39 Kb.
#227849
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MAVZU FUQAROLIK JAMIYATI FANINING PREDMETI

Fuqarolik jamiyati qator tamoyillarga tayangan holda faoliyat ko’rsatadi. Jumladan:


    • siyosiy sohada hamma odamlaming huquq va erkinliklarining tengligi;

    • butun jahon hamjamiyatida yuridik kuchga ega bo’lgan qonunlar asosida fuqarolar huquq

va erkinliklari kafolatlangan huquqiy himoya;

    • individlaming mulkka ega bo’lish va halol mehnati uchun adolatli haq olish huquqiga asoslangan iqtisodiy mustaqil ekanligi;

    • qonun bilan kafolatlangan fuqarolarning manfaatlari, kasbiy belgilari bo’yicha davlatdan va siyosiy partiyalardan mustaqil ijtimoiy birlashmalarga birlashish imkoniyatlari;

    • siyosiy partiya va fuqarolik harakatlarini tashkil etishda fuqarolarning erkinligi;

    • fuqarolarni erkin, madaniyatli, ma’naviy va ijtimoiy faol, jamiyat a’zolarini qonun oldida ma’suliyatli qilib shakllantiradigan fan, madaniyat, ta’lim va tarbiya uchun zamriy moddiy va boshqa shart- sharoitlami yaratish;

    • faqat qonun bilan cheklangan davlat senzurasidan tashqari, erkin faoliyat yuritadigan OAV yaratish va faoliyat yuritish erkinligi;

    • davlat va fuqarolik jamiyati o’rtasidagi munosabatlarini hnrqarorlashtiradigan mexanizmning (konsensusning) mavjudligi hamda fuqarolik jamiyati xavfsizligining davlat

organlari tomonidan ta’minlanishi. Bu mexanizm, rasmiy bo’ladimi, norasmiy bo’ladimi, u o’z ichiga qonuniy aktlami, xalq vakillarini demokratik saylov yo’li bilan hokimiyatning, o’z-o’zini boshqarishning turli organlari vositasida tayinlash kabilami oladi.

Iqtisodiy sohada fuqarolik jamiyat asosini ko’p ukladli iqtisodiyot, mulkning turli shakllari va boshqariladigan bozor munosabatlari tashkil etadi; huquqiy sohada esa hokimiyat boshqaruvi vakolatlarining markazda yig’ilib qolmasligi, hokimiyatlar bo’linishi, siyosiy plyuralizm, fuqarolarning davlat va jamoat ishlarida ishtirok etishlari, qonun ustuvorligi, hammaning ular oldida tengligi; ma’naviy sohada yagona mafkura va dunyoqarashning yakkahokimligining mavjud emasligi, vijdon erkinligi, madaniylik, yuqori ma’anaviyat va axloq tashkil etadi.

Fuqarolik jamiyati shaxs erkinligisiz yashamaydi. Erkinlik me’yoriy ko’rinishga ega bo’lgani uchun, bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, bir tomondan, inson erkinlikka uning normativ talablariga bo’ysunish qobiliyati natijasida ega bo’ladi, boshqa tomondan, shaxs erkinligi borlig’ining tashqi shakli bu erkinlikning chegaralarini belgilovchi ijtimoiy me’yorlar mavjudligini anglatadi. Va faqatgina jamiyat uchun yoki insonning o’zi uchun eng muhim ahamiyatga ega, eng asosiy hisoblangan sohalardagina davlatning o’zi erkinlikning o’lchovini, me’yorini belgilab beradi. Bu esa huquqiy me’yorlar, qonunlar, Konstitutsiya yordamida amalga oshiriladi.

Bunda huquq va erkinliklaming o’zi, jumladan, bir tomondan, konstitutsiyaviyligi, ikkinchi tomondan, fuqarolik jamiyatining rivojianganlik darajasi bilan, shuningdek, uning iqtisodiy, ijtimoiy, ijtimoiy-siyosiy uyushganligining yetukligi darajasi bilan belgilanadi. Boshqa tomondan qaraganda, inson va fuqaroning huquq hamda erkinligining to’ liqligi, ularning kafolatlanganligi darajasi, ularning hayotdagi izchilligi fuqarolik jamiyatining haqiqiy erkinlik va ijtimoiy adolatli jamiyat sifatida muhim tavsiflarini namoyon etadi. Demak, faqat fuqarolik jamiyati sharoitidagina inson va fuqaro huquqlari har tomonlama ro’yobga chiqadi. Shu tariqa fuqarolik jamiyati qator muhim fiinksiyalami bajaradi:



  1. Qonun ustuvorligi asosida u insonning va fuqarolarning shaxsiy hayot sohasini davlat va boshqa siyosiy tuzilmalaming asoslanmagan qat’iy muvofiqlashtirishidan himoya qilishni ta’minlaydi.

  2. Fuqarolik jamiyati uyushmalari asosida ijtimoiy (jamoatchilik) o’zini o’zi boshqarish mexanizmlari yaratiladi va rivojlantiriladi.

  3. Fuqarolik jamiyati davlatning demokratik organlarini, uning barcha siyosiy tizimini shakllanishi va sodda ko’rinishga keltirilishiga ko’mak beradi, bunda u turli vositalardan foydalanadi: saylov kampaniyalari va referendumlar, norozilik yoki bu yoki u talablarini qo’llab- quvvatlash aksiyalarida, u yoki bu masalalar bo’yicha jamiyatni shakllantirishda faol ishtirok etish kabilar.

  4. Fuqarolik jamiyatining institutlari va tashkilotlari o’z e’tiborini insonlaming huquq va erkinliklarini amalda kafolatlashni va davlat va jamoat ishlarida teng ishtirokini ta’minlashga qaratadi.

  5. Fuqarolik jamiyati o’z a’zolariga nisbatan ijtimoiy nazorat funksiyalarini bajaradi: u davlatdan mustaqil ravishda vosita va sanksiyalar berishga ega bo’lishi mumkinki, ularning yordamida individlaming jamoa talablariga rioya qilishlariga majburlashi, fuqarolarning ijtimoiylashuvini va tarbiyalanishini ta’minlashi mumkin.

  6. Fuqarolik jamiyati kommunikatsiyaviy vazifani bajaradi. Bu jamiyat davlat organlariga fuqarolarning aniq manfaatlari haqida axborotlar berib turadi, bu manfaatlami amalga oshirish esa faqat davlat organlariga tegishlidir.

  7. Fuqarolik jamiyati o’z institutlari va tashkilotlari vositasida barqarorlashtiruvchilik vazifasini bajaradi. U davlat faoliyatida tang holatlar yuz berganida unga yordam beradi, jamiyat hayotini yashashini ta’minlaydigan mustahkam tuzilmalarini yaratadi.

Ma’lumki, Vatanimiz mustaqillikka erishganidan so’ng bozor iqtisodiyo’liga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirish bosh strategik maqsad sifatida belgilandi. Shu kabi jamiyatgina O’zbekiston xalqining munosib turmushini, huquq va erkinliklarini kafolatlashi, milliy an’analar va ma’naviyatimizni qayta tiklashi, shaxs sifatida insonning ma’naviy- axloqiy kamol topishini ta’minlay olishi e’tirof etildi.

Fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asosiy mezonlaridan biri - bu uning huquqiy negizini yaratishdan iborat bo’lganligi bois, birinchi navbatda, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolik jamiyatining huquqiy poydevorini o’matishga, uning asosiy qoida va talablarini huquqiy jihatdan mustahkamlovchi normalarining o’z ifodasini topishiga alohida e’tibor berilgan.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolik jamiyatining usosiy qoida va talablarini aks ettimvchi prinsipial ahamiyatga ega bo’lgan normalar sifatida davlat xalq irodasini ifoda etib, uning mnnliuitlariga xizmat qilishi, davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fijqarolar oldida mas’ul ekanligi (2-modda) , xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbayi hisoblanishi (7-modda) , O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi - hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linishi prinsipiga asoslanishi (11-modda) , O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, maflcuralar va fikrlaming xilma- xilligi asosida rivojlanishi, hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o’rnatilishi mumkin emasligi (12-modda) kabi fuqarolik jamiyatining asosiy prinsiplari yuridik jihatdan mustahkamlangandir.

Mustaqillik davrida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo’yicha Konstitutsiyamizda qayd etilgan asosiy prinsiplar va normalar asosida davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, sud-huquq tizimini isloh etish, axborot sohasini isloh qilish, axborot va so’z erkinligini ta’minlash, saylov huquqi erkinligini ta’minlash, fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish, demokratik bozor islohotlari va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish bo’yicha tadrijiy islohotlar amalga oshirildi.

O’zbekistonda fuqarolik jamiyati asoslarini yaratish va rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar, fuqarolik jamiyati shakllanishi va rivojlanishini shartli ravishda to’rt bosqichga bo’linadi:


Download 36.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling