Mavzu: Fuqarolik tarbiyasi


Fuqarolik tarbiya ning vazifalari tizimini


Download 50.5 Kb.
bet2/2
Sana24.02.2023
Hajmi50.5 Kb.
#1226796
1   2
Fuqarolik tarbiya ning vazifalari tizimini quyidagilar tashkil etadi:

  1. Yosh avlodni doimiy ravishda jamiyatda ustuvor mavqega ega bo’lgan axloqiy va huquqiy me’yorlarga rioya etishga o’rgatib borish.

  2. O’quvchilarga fuqarolik huquq va burchlari to’g’risida ma’lumotlar berib borish, ularda fuqarolik faoliyatini tashkil etish borasida ko’nikma va malakalar hosil qilish.

  3. O’quvchilarda davlat ramzlariga nisbatan hurmat va muhabbatni qaror toptirish, Respublika Prezidenti sha’ni, or-nomusini himoya qilishga tayyorlik hissini shakllantirish.

  4. O’quvchilarda xalq o’tmishi, milliy qadriyatlarga nisbatan muhabbat tuyg’usini uyg’otish, ulardan g’ururlanish, faxrlanish va iftixor hislarini oshirish.

  5. Vatan, xalq va millat ishiga sodiqlik, o’z manfaatlarini yurt manfaatlari bilan uyg’unlashtira olishga erishish, fidoiy fuqaroni tarbiyalab voyaga yetkazish.

  6. Vatan, yurt ozodligi va mustaqilligini e’zozlovchi, ardoqlovchi, uni himoya qilishga tayyor fuqaroni tarbiyalash ishiga keng jamoatchilik e’tiborini jalb etish.

2.O’quvchilarni fuqarolik ruhida, tarbiyalashda davlat ramzlaridan foydalanish. Davlat ramzlari muayyan millat, elatning etnopsixologik xususiyatlari, qarashlari, orzu-umidlari, intilishlari hamda maqsadi, hududiy, ijtimoiy-g’oyaviy birlik mohiyatini anglatishga xizmat qiluvchi tasviriy belgilar majmuidir.
Muayyan davlatning bayrog’i, gerbi (tamg’asi) hamda madhiyasi davlat ramzlari majmuini ifodalaydi.
Davlat ramzlari o’zlarida chuqur siyosiy va ijtimoiy-g’oyaviy mazmunni ifoda etadi. Davlat ramzlari (bayroq, gerb)da tasvirlangan ranglar, tasvirlar muayyan xalq, millat o’tmishi, qadim an’analari, xalqning turmush tarzi, orzu-umidlari, maqsadi, hayotiy intilishlarini ifoda etishga xizmat qiladi. Davlat madhiyasida esa xalq, millat, davlat va jamiyatning yagona maqsadi, birligi g’oyalari tarannum etiladi.
Davlat ramzlari davlatning mavjudligini ko’rsatuvchi belgilar sanaladi. Ramzlar – bu shartli belgilar bo’lib, ular qadim davrlardayoq turli xalqlarda u yoki bu hodisa, olam, mavjudot, odamlar tasvirini, ularning qarashlarini ifodalagan.
O’zbekiston Respublikasida davlat mustaqilligining e’lon qilinishi ijtimoiy-siyosiy mustaqillikni ifoda etuvchi ramzlarni yaratishni taqozo etdi. Shu munosabat bilan 1990 yil 30 martda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to’g’risida”gi Qaror qabul qilindi va bu borada amaliy ishlar boshlab yuborildi.
O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrda bo’lib o’tgan XI sessiyasida O’zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi qabul qilindi. Ushbu madhiya mualliflari O’zbekiston Xalq shoiri va taniqli bastakor Mutal Burxonovdir.
Ta’lim muassasalarida fuqarolik tarbiya ni tashkil etish jarayonida o’quvchilarga davlat ramzlari, ularning mohiyati borasidagi ma’lumotlarni berish, ularning ongiga davlat ramzlarining xalq, millat or-nomusi, sha’ni, qadr-qimmatining timsoli ekanligi to’g’risidagi g’oyalarni singdirish maqsadga muvofiqdir. Xususan, O’zbekiston Respublikasi davlat Madhiyasining quyidagi matni o’quvchilar tomonidan nafaqat yod olinishi, balki madhiya mazmunida ifoda etilgan g’oyalar mohiyatini chuqur tahlil eta olish layoqatini shakllantirish uchun ma’lum shart-sharoitlarni yaratib berish ta’lim muassasalari jamoasi, ularning rahbariyati oldida turgan asosiy vazifalardan biridir:
Serquyosh, hur o’lkam, elga baxt, najot,
Sen o’zing do’stlarga yo’ldosh, mehribon,
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Naqorat:
Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalh hudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bag’ri keng o’zbekning o’chmas iymoni,


Erkin, yosh avlodlar senga zo’r qanot!
Istiqlol mash’ali, tinchlik posboni,
Xalqsevar, ona yurt, mangu bo’l obod!
Naqorat:
Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalh hudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Adabiyotlar:



      1. Pedagogika. O’quv qo’llanmasi. A. Q. Munavvarov tahriri ostida. – Toshkent, O’qituvchi, 2016.

      2. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar Kontseptsiyasi. -Ma’rifat g., 2013 yil, 3 mart.

      3. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Toshkent, O’zbekiston, 2013.

      4. O’zbekiston Respublikasi – mustaqil davlat. – Toshkent, Adolat, 2015.

Download 50.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling