Mavzu: futbol o'yinida himoya texnikasini takomillashtirish reja: kirish
Download 0.51 Mb.
|
Futbolda darvozabonning texnik tayyorgarligining o‘ziga xos xususiyatlari
Qanot himoyachilari
Hozirgi futbolda qanot himoyachilarining vazifalari kengayib ketdi. Ularning vazifasi endilikda raqib hujumini «buzish»dan iborat bo‘lmay, balki himoyada ishonchli va mohirona o‘ynash bilan o‘z jamoasining hujum harakatlariga faol qo‘shilishni birga qo‘shib olib borishdan iborat bo‘lib qoldi. Ish hajmining juda ortib, harakat turlarining ko‘payib ketishi himoyachilarning jismoniy tayyorgarlik darajasi ortishini — kuchi, tezkorligi, tezkor chidamliligi, epchilligi, sakrovchanligi, start tezligining yuksakligi rivoj topishini talab qilib qoldi. Bu o‘yinchilarda harakat muvofiqligi yaxshi erda va havoda mohirona yakkama-yakka tortisha oladigan bo‘ldshi kerak. Ular jamiki texnik usullarni yaxshi bilishi, raqiblarga (to‘pi boriga ham, to‘pi yo‘g‘iga ham) mohirona bas kelishi, himoya va atakani uyushtirishda kerak vaqtida, bilib birgalashib harakat qilishi kerak. Mudofaada qanot himoyachilarigabo‘lgan asosiy talablar: a) zonada mohiroia harakat qilish; b) raqib darvozaga yaqilashib qolganda qattiq qo‘rikchilik qilishga o‘tish (yakkama-yakka kurashda ham mohirona o‘ynash bilan birga); v) havoda kurash olib borish (yuqoridan to‘p uzatilganda); g) sheriklarini, lozim bo‘lib qolganda esa darvozabonni ham straxovka qilish; d) raqib zarba berganda va to‘p uzatganda shunga yarasha vaqtida harakat qilish. Hujumda qanot himoyachilariga hujum vaqtida qo‘yiladigan asosiy talablar: a) to‘pni raqiblardan olib qo‘ygandan keyin uni sheriklariga vaqtida va aniq uzatib berish; b) to‘p jamoadosh sherigiga yoki darvozabonga o‘tganda, qanot tomonda mohirlik bilan ochilish; v) raqib uchun kutilmaganda hujumga qo‘shilish; bunda to‘p shu himoyachida bo‘lib, u qanotda harakat qiladi, shuningdek qanot hujumchisi bilan o‘rin almashadi yoki qanotdagi zona bo‘sh qolganda shu hujumchi o‘rnida o‘ynaydi. Xulosa Futbolchilar tanlash borasida mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar xam o‘ziga xos xususiyatga ega ekanligini keyingi yillarda olib borilayotgan nafaqat futbol borasidagi ishlar balkim, boshqa sport turlarida xam yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Prezidentimiz rahnamoligida sport sohasida bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlar nufuzli, xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilayotgan mohir sportchilar safi kengayishida muhim o‘rin tutmoqda. Olis, chekka qishloqlarda ham barcha qulayliklarga ega sport inshootlari barpo etilib, zamonaviy talablar asosida jihozlanayotgani yoshlarning sportga intilishini oshirmoqda. Yuqoridagi chiqarilgan xukumat raxbarining farmon va qarorlaridan ilxomlanib olib borilayotgan ilmiy izlanishlar natijasi samarasi yaqin yillarda ham yaqqol ko‘zga tashlanadi deb umid qilib qolamiz. Yuqoridagi yoritib o‘tilgan mavzudan xam kutilayotgan natija aslida yur futboli ravnaqini ko‘rishdir. Ilmiy tomondan kutilayotgan natija futboli rivojlangan G‘arbiy Evropa davlatlari Lotin Amerikasi davlatlari xususan Angliya, Italiya, Germaniya, Gollandiya, Braziliya, Argentina davlatlari singari futbolimiz nufuzi yoshlarni tanlab olish va tayyorgarlik ko‘rsatishda o‘ziga xos xususiyatlar ildamlanishi borasidagi ilmiy izlanish deb tushunish mumkin. Zero Yurtboshimizning e’tibori va g‘amxo‘rligi bilan futbolni yanada rivojlantirishga davlat darajasida e’tibor qaratilayotgani o‘z samarasini berishi, shubhasiz, kelajagda bizni yoshlar xam futbol soxasida nimalarga qodir ekanligimizni albatta isbotlab berishadi deb umid qilib qolamiz. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling