Mavzu. Gastronomiya turizmini rivojlantirish istiqbollari Reja
Download 45.13 Kb.
|
15-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15.1.Gastronomiya turizmi
15-MAVZU. Gastronomiya turizmini rivojlantirish istiqbollari Reja: Gastronomiya turizmi. Gastronomiya turizmining turlari, rivojlantirishning maqsadi va vazifalari. O‘zbekistonda gastronomiya turizmini shakllantirish xususiyatlari. O‘zbekistonda gastronomiya turizmini shakllantirishda milliy taomlar turlari. Mahalliy oshxona. Gastronomiya turizmini rivojlantirish istiqbollari 15.1.Gastronomiya turizmi Gastronomiya turizmi turiga qiziqish yildan-yilga oshib bormoqda. Bu qiziqish ko‘proq Buyuk Britaniya, Italiya va Peruda keng ommalashib, yildan –yilga gastroturistik marshrutlar ishlab chiqqan mamlakatlar soni tabora ortib bormoqda. Bunday qiziqishning oshishi turizmning boshqa turlarini ham rivojlantirishga zamin yaratmoqda. Insonlar dam olishining bu turini yarim fabrikat mahsulotlarni iste’mol qilish ko‘ngliga urganidan so‘ng, ko‘ngli istagan taomni asl holida tatib ko‘rishga intilish, deb ham tushunish mumkin. Gastronomiya turizmi birinchi navbatda gurmanlar, ya’ni mazali taom istovchilar uchun jozibador bo‘lib, ularga tansiq taom, bu nafaqat yegulik balki, ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlovchi lahzalar hisoblanadi. Ikkinchidan, gastronomik sayohatlar ish faoliyati ovqat tayyorlash va tanovvul qilishga bevosita bog‘liq bo‘lgan kasb egalarini, xususan restoran boshqaruvchilarini, tatib ko‘ruvchilar (degustatorlar), restoran tanqidchilari kabi insonlarni o‘ziga jalb qiladi. Bu insonlar gastroturlarga o‘zlarini kasbiy mahoratlarini oshirishga, bilimlarini oshirish va ko‘nikmalarini mohirona boshqarishga yo‘naltirish maqsadida gastroturlarga chiqishadi. Shundan kelib chiqib, bu gastronomik turlarda eng mohir bosh oshpazlar (shef-povarlar)dan iborat master-klasslar bo‘lib, bunda ular o‘z kasbiy sirlari bilan bajonidil baham ko‘rishadi. Nihoyat gastronomik turlarda turistik kompaniya vakillari o‘z tijoratini kengaytirish maqsadida kulinar sayohatlarga chiqishadi. Download 45.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling