Mavzu. Gastronomiya turizmini rivojlantirish istiqbollari Reja


IZOH 1. Atala


Download 45.13 Kb.
bet5/9
Sana01.04.2023
Hajmi45.13 Kb.
#1316857
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
15-мавзу

IZOH

1.

Atala

Yurtimizning barcha joylarida, turli usullarda tayyorlanadi.
(Sut atala, un atala, ko‘k atala)

Atala – yurtimizdagi eng qadimiy taomlardan biri hisoblanadi. Qadimdan ota bobolarimiz atalani quvvat bag‘ishlovchi darivor taom sifatida iste’mol qilishgan. Bu taom to‘yimliligi bilan bir qatorda, oshqozon kasalliklariga davo hisoblanadi.

2.

Qurtoba

Navoiy, Surxondaryo, Jizzax, Samarqand, Buxoro viloyatlarida tayyorlanadi.

Qurtoba – eng qadimiy taomlarimizdan biri hisoblanadi. Bu taom deyarli barcha xonadonlarda tayyorlangan. Chunki qurtoba inson organizmiga nihoyatda foydali, tanani qizdiruvchi va qo‘shimcha quvvat beruvchi taom.

3.

Shirchoy

Bu taom ham yurtimizning barcha viloyatlari dasturxoniga nonushtasiga
tayyorlanadi.

Shirchoy – ham qadimdan xalqimiz orasida eng mashhur taomlardan biridir. Chunki bu taom oson tayyorlanishi bilan birga yengil xazm bo‘luvchi taom hisoblanadi. Oshqozon, buyrak va yurak kasalliklariga davo hisoblanadi. U o‘zining badanga tez singishi, ko‘p quvvatliligi bilan mashhur.

4.

G‘ilmindi

Surxandaryo va Samarqand viloyatining Bulung‘ur, Qo‘shrabot tumanlarida, Jizzax viloyatining G‘allaorol, Baxmal, Zomin tumanlarida maromiga yetkazib tayyorlanadi.

G‘ilmindi- qadimdan ota-bobolarimiz dalada ishlab xoldan toyganlarda shuningdek, mo‘tabar mehmonlarga tayyorlab berilgan. Chunki xalqimiz orasida juda kuchli taom hisoblanadi. Bu taomni faqatgina ustasigina maromiga yetkazib tayyorlashi mumkin. Tayyorlash usuli murakkabligi bois xalqimizning barcha xonadonlarida ham tayyorlanmaydi. Taom kam quvvatlilarga tavsiya etiladi. Yengil, ishtahani ochuvchi, kishini uzoq muddat to‘q tutish xususiyatiga ega.

5.

Yupqa

Surxandaryo va Samarqand viloyatining Bulung‘ur, Qo‘shrabot tumanlarida, Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanlarida maromiga yetkazib tayyorlanadi.

Yupqa – xalqimizda qadimda asosan qish oylari juda sovuq kelganda, oiladagilardan biri qattiq shamollaganda tayyorlangan. Janglarda askarlarga ham aynan shu taom ko‘pincha tayyorlab berilgan. Bu taom nihoyatda kuchli taom hisoblanadi. Hamma organizm ham bu taomni ko‘tara olmaydi. Faqat kuchli organizmli insonlargina bu taomni ist’emol qila oladi.

6.

Go‘ja

Yurtimizning tog‘ oldi tumanlarining barchasida tayyorlanadi.

Go‘ja xalqimizning yozning issiq oylarida chanqoqbosdi taom sifatida iste’mol qilinadigan taomi hisoblanadi. Sutli go‘ja Toshkent va Farg‘ona vodiy tomonlarda tayyorla-nadi. Shuning uchun ham bu taom juxori, makkajuxori va bug‘doy yetishtiriladigan joylarda ko‘proq tayyorlanadi. Ushbu taom holsizlikning oldini oladi.

7.


Download 45.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling