Mavzu: Gazsimon yoqilg’ilarni yoqish qurilmalari. Reja
Gaz kondensatlari va ularning xossalari
Download 21.63 Kb.
|
YUQORI HARORAT 3-QAYTA O\'Z
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar.
Gaz kondensatlari va ularning xossalari
Gaz konlaridan olingan gaz yonilgilari tarkibida uglevodorodlarning ancha ogir fraksiyalari kupincha mavjud buladi, ular gaz bosimi ortganda va xarorati pasayganda oson suyuklanadi. Gaz kondensatlari, neftdan olinadigan standart suyuk yonilgilar urnida, yonilgilar kamyob bulganda ishlatilishi mumkin. Urta Osiyo gaz konlaridan olinadigan 1 m3 gazning tarkibidan 15…170 sm3 suyuk gaz kondensatlari olinadi. Gaz kondensatlarining muxim tomoni ishlab chikarish arzonligi, saklaganda xossalarining uzgarmasligi, xossasi va tarkibining doimiyligidir. Urta Osiyo bu yonilgilarni eng kup yetkazib beradigan region bulib, nafakat uz talabini, balki Kozogiston, Ural va markaziy rayonlarni xam ta’minlaydi. Turli gaz konlaridan olinadigan gaz kondensatlarining tarkibida yengil (karbyuratorli dvigatellar uchun) va ogir (dizellar uchun) gaz kondensatlari mavjud. Gaz kondensatlari uncha yukori bulmagan antidetanatsion xususiyatlarga ega bulib, ularning oktan soni 54…58 gacha buladi. Ularga tetroetilkurgoshin kushish yuli bilan oktan sonini urta sifatli benzinlarnikiga tenglashtirish mumkin. Gaz kondensatlarini yukori oktanli benzinlar bilan aralashtirib, ularning detonatsiyaga chidamliligini oshirish mumkin. Bunda gaz kondensatlaridan foydalanish sof benzinga bulgan talabni 50…60% ga kamaytiradi. Yengil gaz kondensatlari Muborak, Gazli va Uchkir konlaridan olinadi. Ular benzinlarga nisbatan past xaroratda kaynay boshlaydi, bu uz navbatida dvigatellarning ta’minlash sistemasida bug tikinlari paydo bulishiga moyilligini kuchaytiradi. Ogir gaz kondensatlari Shoxpaxti, Achak, Shatli, Karim, Kora-Chop, Rovot, Gugurtli gaz konlaridan olinadi. Gaz kondensatlari tarkibida, dizel yonilgisiga karaganda yengil fraksiyalar kuprok buladi. Bu jixat dizelning ishga tushish xususiyatlarini yaxshilaydi va uz-uzidan alangalanishgacha bulgan davrda yonish kamerasida buglanishni tezlashtirishga olib keladi. Kupgina gaz kondensatlarining seton soni 40...65 oraligida buladi. Bu jixat dvigatellarning ancha ravon ishlashini ta’minlaydi. Gaz kondensatlarining ba’zi xossalari 2-jadvalda keltirilgan. Gaz kondensatlarining xossalari
Kupgina gaz konlaridan olinadigan gaz kondensatlari tarkibida eng zararli modda – oltingugurt buladi. Ba’zi xollarda ularning mikdori 3% gacha yetadi, bu esa gaz kondensatlarini dvigatellarda yonilgi sifatida ishlatishni cheklab kuyadi. Gaz kondensatlari tarkibidagi oltingugurtni kamaytirish uchun maxsus texnologiya kullash talab etiladi, bu esa gaz kondensatlari ishlab chikarishni kimmatlashtiradi. Adabiyotlar. 1. Aliboyev A.U.Yuqori haroratli issiqlik texnologiyasi jarayonlari va qurilmalari.-Toshkent:TashTTU.2002 2. N.T.Toshboyev”Issiqlik yuritgichlari”fanidan ma’ruzalar to’plami.2000yil. Download 21.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling