Mavzu: Gelmintlar. Gelmintozlar. Profilaktika. Parazitlarga qarshi kurash chora tadbirlari. Toshkent 2022 Reja


Asorati Siz o‘ylagandan ham og‘ir dard


Download 22.12 Kb.
bet2/2
Sana10.11.2023
Hajmi22.12 Kb.
#1761023
1   2
Bog'liq
Mavzu Gelmintlar. Gelmintozlar. Profilaktika. Parazitlarga qars

Asorati Siz o‘ylagandan ham og‘ir dard


Gijjalar inson organizmiga zaharli ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, ular allergik reaksiyalarni keltirib chiqaradi. Yana organizmning har xil yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatini pasaytiradi. To‘qima va qon tomir devorlarini mexanik shikastlanishiga sabab bo‘ladi. Odam tanasiga tushgan vitaminlar va mineral moddalarni o‘zlashtiradi. Ular asab tizimiga ham katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Kasallik belgilari


Gijja kasalligiga chalingan bemorlarda holsizlik, tez charchash, bosh og‘rig‘i, qorin sohasida og‘riq, ko‘ngil aynishi, asabiylik, allergik toshmalar va terida har xil dog‘larning paydo bo‘lishi kabi klinik belgilar kuzatiladi. Ushbu dard o‘z vaqtida to‘liq davolanmasa yosh bolalarda jismoniy va aqliy rivojlanishning ortda qolishi, epileptik tutqanoq kasalligi kabi jiddiy asoratlarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Bundan shunday xulosa qilish mumkin, ya’ni gelmintoz nafaqat alohida a’zo, balki butun organizmning og‘ir dardi bo‘lib, uning belgilari paydo bo‘lganda o‘z vaqtida shifokorga murojaat etish zarur.

Xastalikdan saqlanish yo‘llari


Kasallikni davolagandan ko‘ra uning oldini olish muhim hisoblanadi. Gelmintozning oldini olishda shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya kilish shart. Har bir odam o‘zining shaxsiy gigiyena vositalariga ega bo‘lishi lozim. Ovqatlanishdan oldin, hojatxonaga kirib-chiqqach, eshik tutqichlarini ushlagach, tuproq bilan ishlagandan so‘ng va bolalar ko‘chada o‘ynab kelganda qo‘lni sovun bilan yaxshilab yuvish lozim. Shuningdek, tirnoqlarni kalta qilib olish zarur. Polizda, bog‘da ishlash vaqtida qo‘lni og‘izga solishdan saqlanish kerak. Ayniqsa, qo‘lni og‘izga tiqish kabi salbiy odat ko‘pincha yosh bolalarga xos.
Gijja tuxumlarini meva-sabzavotlar va ko‘katlar orqali yuqishini oldini olish uchun ularni oqar suvda yaxshilab yuvish shart. Ko‘katlarni avval sho‘r suvda ivitib qo‘yib, keyin oqar suvda obdon yuvib, so‘ngra iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Uyda va maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni parvarish kilishda ishlatiladigan buyumlar va o‘yinchoqlarning toza saqlanishiga doim e’tibor qilish zarur. Bolalar tuvagi, stullar, o‘yinchoqlar, hojatxona eshigi va poli har kuni zararsizlantiruvchi vositalar yoki qaynoq suv bilan yaxshilab tozalanishi shart. Havodagi chang bilan birga gijja tuxumlarini og‘iz va nafas olish yo‘llari orqali organizmga tushishini oldini olish maqsadida xonalarda muntazam namli tozalash ishlari olib borilishi, hovlilar suv sepib supirilishi maqsadga muvofiqdir.
Ochiq suv havzalari suvini faqat qaynatib ichish, har doim yaxshi pishirilgan va qovurilgan go‘shtni iste’mol qilish talab etiladi.
Gelmintoz kasalligi belgilari paydo bo‘lganda darhol mutaxassisga murojaat qilish darkor. Yana tegishli laboratoriya tahlillarini topshirish va uning natijalari asosida shifokor maslahati bilan o‘z vaqtida davolash kurslarini to‘liq amalga oshirish bemorning ushbu dardni jiddiy asoratsiz yengib tezda oyoqqa turib ketishiga sabab bo‘ladi.
Gelmintozlar (yun. helmins, helminthos — gijja, qurt) — odam, hayvon va oʻsimliklarda parazit chuvalchanglar — gelshintlar qoʻzgʻatadigan kasalliklar. Odamda gijjalarning 150 dan ortiq turi uchraydi. Yashash sharoitlari: iqlim, tuproqning holati, dehqonchilik xususiyatlari va aholining gigiyenik koʻnikmalari darajasiga qarab turli mintaqalarda turli xil gijjalar uchraydi.
Asosan gijjalarning 4 sinfi: nematodalar, sestodalar, trematodalar va akantotsefallar parazitlik qiladi. Shunga koʻra tekshirish chogida topilgan gijjaning sinfiga karab nematodoz, sestodoz, trematodoz, akantotsefalez kabi guruhlarga ajratiladi; har bir guruhga bir necha turdagi gijjalar kiradi. Mas, enterobioz, askaridoz nematodoz guruhiga, hoʻkiz solityori, choʻchqa solityori, keng tasmali gijjalar sestodozlar guruhiga mansub. Odam gijjalarning oraliq yoki mutlaq xoʻjayini boʻlishi mumkin. Gelmintozlar kechishida oʻtkir va surunkali davr farq qilinadi. Olimlar orasida odamda gelmintlarning boʻlishi maʼlum jihatdan uning qrn guruhiga ham boglik, degan fikrlar mavjud. Oʻzbekistonda gelmintozlardan enterobioz, gimenolepidoz va askaridoz koʻproq uchraydi. Gelmintlar odamning nafas olishi, ovqat hazm qilishi, muskul sistemasi, jigar, taloq, qon, miya, koʻz va boshqa aʼzolarida parazitlik qiladi. Gijjalarning xili, soni va qaysi aʼzoda boʻlishiga qarab kasallik har xil kechadi. Gelmintozlardada odamning vazni hamisha kamayadi, u lanj, injiq boʻlib qoladi, boshi aylanadi va h. k. Gijja ichakda boʻlsa, ich qotadi yoki ich ketadi, koʻngil ayniydi, baʼzan bemor qayt qiladi, jigarda boʻlsa, koʻz oqi va badan sargʻayadi, oʻpkada boʻlsa, yoʻtal tutadi. Gelmintozlarda koʻpincha mehnat qobiliyati pasayadi, bola yaxshi oʻsmaydi, xotirasi susayadi va h. k. Gijjalarning lichinkalari yoki tuxumlari topilishiga qarab tashhis qoʻyiladi. Serologik reaksiyalar (immun fluoressentlash, bevosita gemag-glyutinatsiya reaksiyalari va h. k.)dan foydalanish gelmintozlarni erta aniqpash va vaqtida tashhis qoʻyish imkonini beradi.
Gelmintozlarning oddini olish uchun aholi orasida keng tushuntirish ishlari olib borish, pokizalikka rioya qilish muhim. Ayniqsa, yasli-bogʻchaga qatnaydigan bolalarning har biriga alohida tuvak boʻlishi va qoʻllarini bot-bot sovunlab yuvib turishiga alohida eʼtibor berish lozim. Aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, chala pishirilgan ovqatni isteʼmol qilmaslik, koʻkat va mevalarni obdon yuvib ishlatish, xom goʻsht toʻgʻrashga ishlatiladigan taxtakachni pishganiga ishlatmaslik G.ning keskin kamayishiga olib keladi. Koʻkatlarni ishlatishdan I soat oldin 3%li osh tuzi eritmasiga solib qoʻyib, keyin yaxshilab chayib tashlansa, gijja tuxumlari butkul yoʻqoladi. Gijjalarning turiga qarab G.ning davosi har xil. Bemorni davolashda yaxshi naf beradigan dorilar mavjud. Ularni faqat vrach bilan maslahatlashib qoʻllash lozim.
Hayvonlarning gelmintozlarni yuqtirish yoʻllari turlicha. Gelmint tuxumlari yoki lichinkalari boʻlgan yem-xashak va suvni isteʼmol qilish orqali yoki gelmint lichinkasi teri orqali organizmga kirib oladi. G. koʻpincha kasal hayvondan uning qornidagi bolasiga yuqadi. Nematoda lichinkasi aksariyat oʻsimlik poyasiga yoki ildiziga bemalol kirib oladi. Gelmintozlar oqibatida hayvonlarning mahsuldorligi, oʻsimliklarning hosili kamayadi, hayvonlar oʻladi, oʻsimliklar nobud boʻladi. Bu oʻz navbatida xalq xoʻjaligiga katta iqtisodiy zarar yetkazadi.
Oʻzbekistonda trematodozlardan fassiolyoz, oriyentobilgarsioz, dikrotselioz; sestodozlardan moniyezioz, tizansezioz, avitellinoz, exinokokkoz, senuroz; nematodozlardan askaridoz va askaridioz, paraskaridoz, oksiuroz, gemonxoz, nematodiroz, xabertioz, diktiokaulez, protostrongilidezlar qishloq xo‘jaligida va uy hayvonlarida koʻp uchraydi.
Gelmintozlarga qarshi kurashishda goʻsht va boshqa mahsulotlarni veterinariya-sanitariya nazoratidan oʻtkazish, tirik lichinkalar topilgan taqdirda isteʼmolga yarosiz deb topish, aholi yashaydigan joylar tozaligi, goʻngdan oʻgʻit sifatida foydalanish ishlari ustidan qatiy nazorat oʻtkazish va boshqa maxsus choralar koʻrish zarur.
Ichak gelmintozlari guruhiga nematodlardan: enterobioz, askaridoz, trixotsefalez, ankilostomidoz, trixetellyoz, sestodozlardan: teniarinxoz, tenioz, gomenolepidoz va difillobotriozlar kiradi.
Gelmintologiya (gelmintlar va ...logiya) — parazit chuvalchanglar — gelmintlar hamda odam, hayvonlar va oʻsimliklarda ular keltirib chiqaradigan kasalliklarni oʻrganadigan fan. gelmintalogiya parazit chuvalchanglarning tuzilishi, fiziologiyasi, biokimyosi, rivojlanishi, ekologiyasi, geografik tarqalishi va zoologiya sistemasidagi oʻrnini, shuningdek ularning xoʻjayin organizmiga taʼsirini oʻrganadi, Gelmintoz kasalliklarga (qarang [[Gelʼmintozlar) tashhis qoʻyish]], ularning klinik belgilari, patogenezi, epidemiologiyasi va epizootologiyasini oʻrganish, ular asosida davolash va profilaktik tadbirlar ishlab chiqish ham gelmintaligiyaning vazifalariga kiradi.

Parazit chuvalchanglarni oʻrganish tufayli gelmintalogiya bir tomondan, zoologiyaning bir tarmogʻi boʻlsa, ikkinchi tomondan, gelmintlarning patogenlik xususiyati va ularga qarshi kurash choralarini oʻrganish orqali klinik fanlar — patfiziologiya, patanatomiya, biokimyo, immunologiya va boshqa bilan bogʻlangan. Amaliy gelmintologiya tibbiyot va agronomiya gelmintalogiyasiga ajratiladi. gelmintalogiyaning bunday boʻlinishi aksariyat sunʼiy boʻlsada, amaliy jihatdan zarur hisoblanadi. Tibbiyot gelmintologiyasi odam organizmida parazitlik qiladigan gelmintlarni oʻrganadi. Agronomiya gelmintologiyasi oʻsimliklar gelmintlarini oʻrganish va ularga karshi kurash tadbirlarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadi. Veterinariya gelmentologiyasi esa xonaki, ov qilinadigan va yovvoyi hayvonlarda parazitlik qiladigan gelmintlarni va ularga qarshi kurash choralarini oʻrganadi. Odamlarda parazitlik kiladigan gelmintlar toʻgrisidagi dastlabki maʼlumotlar Abu Ali ibn Snnoning "Kitob-ash-shifo" asarida uchraydi. Unda ibn Sino odam ichagida parazitlik qiladigan "katta va uzun qurt" (qoramol tasmasimoni), "qovoq urugʻiga oʻxshash qurt"(qovoqsimon gijja), "mitti qurt" (kichik zanjirsimon gijja) va b. hamda ular keltirib chiqaradigan kasalliklarni davolash haqida maʼlumotlar bergan.


Antigelmint preparatlar toksik, zaharli xususiyatga ega bo‘lganligi sababli, bolaga zarar yetkazib qo‘ymaslik maqsadida ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish kerak. Shifokor gelmentga qarshi dori preparatlarini tavsiya qilganda, uni qachon, qancha miqdorda va qanday holatda ichish kerakligi haqida aniq ma’lumot oling. Va shunga qat’iy amal qilishingiz zarur. Eng asosiysi – o‘zboshimchalik bilan davolashga urinmang! Dori preparatlarini faqatgina shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llash shart. Ayrim hollarda bir necha dorilarni birgalikda bosqicha-bosqich qo‘llashga ham to‘g‘ri kelib qoladi.
Muhim: antigelmint preparatlari nojo‘ya ta’sirlarga ega va buni e’tibordan chetda qoldirmng!
Pirantel bolalikning ikkinchi yarmidan buyurilsa bo‘ladi. Bu preparat pediatriyada keng qo‘llaniladi. Bir marta buyuriladi. Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish shart. Nojo‘ya ta’sirlariga qorin pastki sohasida og‘riq paydo bo‘lishi, ko‘ngil aynishi, ich ketishi, tana umumiy qaltirashi, ko‘z o‘tkirligi pasayishi, gallyutsinatsiyalar paydo bo‘lishi, kayfiyatning o‘zgarishi va boshqalar. Preparat 3 yoshgacha bo‘lganlarga tavsiya qilinadi.
Vermoks (mebendozol) 2 yoshdan katta bolalarga buyuriladi. Har xil turdagi parazitlarga qarshi kurashishda ancha samarali va bir qancha parazitlar bilan qarshi kurashishda ham qo‘llaniladi. Ammo nojo‘ya ta’sirlari ancha xavfli. Qorinda og‘riqlar, ko‘ngil aynashi, ich ketishi, tana harorati ko‘tarilishi, allergik reaksiyalar, soch to‘kilishi. Qon tomonidan eritrotsitlar va leykotsitlar soni kamayishi, eozinofillar soni oshishi (allergiya). Homiladorlik va laktatsiya davrida buyurilmaydi.
Albendozol 2 yoshdan katta bo‘lgan bolalarga buyuriladi. Vermoks bilan bir xil ta’sir ko‘rsatadi, ammo effekti ko‘proq. Og‘ir parazitar gelmentozlarda qo‘llaniladi. Preparat qat’iy shifokor tomindan statsionar holatda buyuriladi. Yuqoridagi preparatlar kabi nojo‘ya ta’sirlari borligini ham unutmaslik lozim.
Dekaris (levomizol) 3 yoshdan katta bolalarga buyuriladi. Keng spektrdagi gelmentozlarda qo‘llaniladi. Nojo‘ya ta’sirlariga e’tibor bering: sudorgi berishi, bo‘g‘imlarda og‘riq, jigar funksiyasi buzilishi. Preparat kuchli toksik xususiyatga ega bo‘lganligi sababli adsorbentlar bilan birga buyuriladi.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Gijjalarni yo‘q qilish uchun xalq tabobatidan na’munalar
Gijjani uy sharoitida davolash gijjani davolash

Xalq tabobatida gelmitlarga qarshi qo‘llaniladigan usullar juda ko‘p. Zamonaviy tibbiyot ham xalq tabobati parazitar kasalliklarda foyda berishini tasdiqlamoqda. Lekin bu usullar parazitlardan to‘liq qutilishga kafolat bermaydi.


Gijjani tushirish uchun tabiiy retseptlar
Xom yong‘oqning mag‘zini olib, 1 stakan qaynagan suvga solib, unga 1 choy qoshiq tuz solinadi. Hosil bo‘lgan aralashmani kun davomida ichib yurib, so‘ng yumshatuvchi preparatlar ichiladi.
Shuvoq kukunidan 1 choy qoshiq 0,5 litr qaynagan suvga solinadi, biroz vaqt kutiladi, bolaga ovqatlanishdan yarim soat oldin 2 choy qoshiqdan kuniga 3-4 mahal beriladi.
Otquloq (shavel) ning 5 kg miqdorini 1 litr suvda qaynatib 2 soat kutiladi. Tayyor bo‘lgan aralashmani 2 ho‘plamdan ovqatdan oldin ichish tavsiya qilinadi.
Itshumurt (krushina) o‘simligining ildizidan 1 oshqoshiq olib, 1 stakan qaynagan suvga solinadi. Uni 3 soatga sochiq bilan o‘rab qo‘yish kerak. Bolalarga 1 choyqoshiqdan kuniga 3 marta berish kifoya.
Anor po‘stlog‘ini olib, uni yarim soat 0,5 litr suvda past olovda qaynatib, uch marta yarim soat oralig‘ida berish kerak. So‘ngra 3 soat kutilib, surgi dorilar ichiladi.
Muhim eslatma: tabiiy vositalar faqatgina asosiy medikamentoz davoga qo‘shimcha sifatida samara beradi.
Bolalarda gelmentoz profilaktikasi
Kasallikni davolagandan ko‘ra uning oldini olish muhim hisoblanadi. Gelmintlar bilan zararlanmaslik shartlari juda ham oson va samarali, faqatgina ularga rioya qilinsa bo‘lgani. Ular quyidagilar:
Ovqatlanishdan oldin 2 marta qo‘llarni sovun bilan issiq suvda yuvish;
Tirnoqlarni doimo olib yurish;
Yosh bolalar kiyimlarini almashtirib turish;
Bolalar xonasini doimo tozalab turish;
Yosh bolali uylarda uy hayvonlari saqlamaslik;
Yilda 1 marta gelmentlarga qarshi oilaviy davolanib turish;
Sayr davomida bolalar qo‘llarini og‘izlariga solmasliklariga e’tiborli bo‘lish.
3 kun ichida yug’on ichaktagi gijjalarni hukna orqali profilaktik davolash
Ichaklarning tozaligi so’g’ligingiz garovidir
3 yo’shdan 90 yo’shgacha turli hil gijjalarni hukna orkali davolash
Download 22.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling