Mavzu: gеografiya o’qitishning ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari reja
GEOGRAFIYA TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISH
Download 93.96 Kb.
|
gegrafiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- BILIMLARNI EGALLASH JARAYONI BILIM QISMLARI
GEOGRAFIYA TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISH
Inson voqealikni bilish jarayonida narsalarni bir-biri bilan qiyoslaydi, ularni taqqoslaydi, o’xshashligi va farqlarini aniqlaydi: tahlil va sintez yo’li bilan narsa va hodisalarning mohiyatini ochadi, fikran ularning belgilarini ajratadi va umulashtiradi. Natijada voqealikdagi narsa va hodisalar to’g’risida tushuncha hosil bo’ladi. Tushuncha narsa va hodisalarning umumiy va muhim belgilarini aks ettiruvchi fikrdir. Tushunchalar mohiyati jihatidan aniq va maxvum tushunchalarga ajratiladi. Bir butun narsaga aloqador tushuncha aniq tushuncha deyiladi. BILIMLARNI EGALLASH JARAYONI BILIM QISMLARI
Masalan, Avstraliya, Antarktida, Ural, Briz, Passat va h.k. Moddiy borliqdagi narsalardan fikran ajratib olingan ba’zi xususiyat sifat, holatlarga shuningdek narsalar o’rtasidagi ichki munosabatlarga qonuniyatlarga qaratilgan tushunchalar abstrakt (Mavhum) tushuncha deb ataladi. Masalan: kenglik, uzunlik, balandlik, tog’lik, ixtisoslik, bozor va h.k. Geografik tushunchalar qo’llash jihatidan ikki turga bo’linadi. 1. Umumiy tushunchalar 2. Yakka tushunchalar Umumiy tushunchalarga bir jinsda bo’lgan ko’p narsa va hodisalar gavdalantiradi. Umumiy tushunchalarga alohida narsa va hodisalar kirmasdan, balki bir xil nom bilan atalauvchi narsa va hodisalar kiradi. Masalan: daryo, iqlim, tabiat zonasi, iqtisodiy tuman va xakozo. Umumiy tushunchlar mazmuni ta’rif berish va ularga xos bo’lgan belgilarni aniqlash jarayonida kelib chiqadi. Yakka tushunchalar, yakka ob’ekt va hodisa haqidagi geografik nom bilan ataluvchi tushunchadir. Masalan, Oltoy tog’lari, Amudrayo, Pomir, Markaziy Osiyo hududi, Frantsiya Respublikasi, Afg’oniston va hakozo. Yakka (mintaqaviy) tushunchalar o’zida xos yig’ma tushunchalardan iborat bo’ladi. Masalan: “Osiyo” yakka tushunchasi o’z ichiga juda ko’p yakka tushunchalarni oladi. “Osiyo tog’lari”, “Osiyo iqlimi”, “Osiyo daryolari”, “Osiyo qo’llari” va xakozo. Yakka tushunchalar mazmuni ularga geografik ta’rif berish orqali ochiladi. Geografik tushunchalarni shakllantirish uzoq vaqt va murakkab jarayon. Tushunchalarni egallash uning negizida yangi tushunchalarni egallash uchun asbob bo’lib xizmat qiladi va tushnchalar o’rtasida to’g’ri aloqadorlik o’rnatishni ta’minlaydi. Tushunchani egallash deganda: uning mazmunini, hamda u bilan bog’liq bo’lgan tasavvurlarni egallashga tushuniladi. Geografiya kursidagi har bir tushuncha o’quvchilar ongida turlicha usullar, yo’llar bilan shakllantiriladi. Buni har bir narsa, voqea, hodisa mazmunini belgilaydi. Geografik tushunchalarni egallashning eng asosiy tomoni shundaki, ularga ta’rif bermay turib ularni egallab bo’lmaydi. Tushunchalarni shakllantirish bosqichlari va yo’llari. Tushunchani shakllantirish yo’llari.
Download 93.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling