Mavzu: gеografiya o’qitishning ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari reja
Download 93,96 Kb.
|
gegrafiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU: GEOPGRAFIYA TA’LIMI METODLARI, MASHG’ULOT MAZMUNIGA KO’RA O’QITISH METODLARINIU TANLASH REJA
- Tayanch so’z va atamalar
- 1. Geografiya o`qitish metodlari haqida tushuncha.
- Ta’lim metodlari uchun 2 ta asosiy narsa xos
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:
1. Geografik bilim nima? 2. Nazariy va empirik bilimlarni qiyoslang? 3. Bilimlarni egallash jarayoni qanday qismlarni o’z ichiga oladi? 4. Geografik tushunchalarning turlarini va ularni shakllantirishning asosiy usullarini ayting? 5. Tushunchalarni induktiv va deduktiv yo’li nima? Misollar keltiring? 6. Qanday xolatlarda tushuncha o’quvchi tomonidan egallangan hisoblanadi? MAVZU: GEOPGRAFIYA TA’LIMI METODLARI, MASHG’ULOT MAZMUNIGA KO’RA O’QITISH METODLARINIU TANLASH REJA: 1. Geografiya o`qitish metodlari haqida tushuncha. 2. Ta’lim metodlari klassifikatsiyasi. 3. Metodlarga qo`yilgan talablar. 4. I.Y.Lerner va M.N.Skatkin klassifikatsiyasi. 5. O`zbek metodist olimlarning o`qitish metodlari klassifikatsiyasi. Tayanch so’z va atamalar:Ta’lim metodi, didaktik qonuniyatlar, metodning tarbiyaviyligi, metodning ilmiyligi, metodning ommabopligi, metodning samaradorligi, usul, solishtirish, metodlar tasnifi, bilim olish manbalariga ko`ra metodlar, didaktik maqsadlariga ko`ra metodlari, xulosa chikarish faoliyatiga ko`ra metodlari, Lerner-Skatkin metodlari, Shapovalenkometodlari, umumiy metodlar, xususiy metodlar, og’zaki bayonmetodlari, kartografik qo`llanmalar bilan ishlash metodlari, darslik bilan ishlash metodlari, ko`rgazmali kurollar bilan ishlash metodlari. 1. Geografiya o`qitish metodlari haqida tushuncha.Ta’lim jarayonida o`quvchilar muayyan bilimlar ko`nikmalar va malakalarni egallaydilar. Didaktikada metod deganda o`qituvchining raxbarligida turli usullar vositasida o`quvchilarni bilim, ko’nikma, malakalari bilan qurollantirishga, hamda ularning dunyoqarashini shakllantirishga tushiniladi.O`quv materiali mazmuni ta’limning turli vositalari yordamida va turli metodlar bilan o`zlashtiriladi. Shu sababli har doim o`qituvchi oldida muvaffaqiyatliroq va samaraliroq o`qitish va o`qishga yordam beradigan yo`llarni egallash muammosi turadi. O`quv materiallarini o`rganishning turli shakllarini qidirish, darsning maqsadlari, vazifalarini anglab olishdan boshlanadi. Didaktika fani metod terminiga ta’rif berish bo`yicha aniq bir qoidani hali yaratganicha yo`q. Bu masala borasida turli ta’rif va qoidalar mavjud. Didaktika fanida ta’lim metodi deganda o`qituvchi va o`quvchining ta’lim jarayonida birgalikdagi faoliyati tushuniladi. Bunda ular qo`yilgan maqsad uchun birgalikda harakat qiladilar. Masalan: yangi bilimni o`zlashtirishda darslik bilan ishlash bunga misol bo`lishi mumkin. Metod va usul o`rtasida doimo aloqa mavjud. Geografiya asoslarini puxta o`zlashtirish, o`quvchining bilim olish qobiliyatlarini rivojlantirish va ularni hayotga tayyorlash ma’lum darajada ta’lim metodlariga bog`liq. Ta’lim metodlari o`quvchilarga bilim berish, ko`nikma va malakalarni egallash bilangina cheklanib qolmaydi. Ta’lim metodlari deyilganda, o`quvchilarning ijodiy faoliyatlarini shaklantiradigan, bilimlarini mustaqil o`zlashtirishga o`rgatadigan, to`laroq ilmiy bilimga asoslangan to`g`ri dunyoqarash va e’tiqodni tarbiyalaydigan metodlar tushuniladi.Ta’lim metodlari uchun 2 ta asosiy narsa xos: Metodlar-o`qituvchi faoliyati yo`l-yo`riqlari bo`lib, o`quvchi faoliyatini belgilashda yordam beradi. Ta’lim metodlari faqat bilim, ko`nikma, malakalarni shakllantirish bilangina cheklanmasdan, balki, o’quvchilarda ijodiy faoliyat, bilimlarni mustaqil egallash qobiliyatini tarbiyalashga ham yordam beradi.
Download 93,96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling