Mavzu: gеografiya o’qitishning ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari reja


Download 93.96 Kb.
bet5/13
Sana28.12.2022
Hajmi93.96 Kb.
#1019467
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
gegrafiya

INDUKTIV

DEDUKTIV

1. Geografik ob’ekt va hodisalarni kuzatish.

Tushunchaning ta’rifini berish.

2. Ularni taqqoslash orqali tushuncha belgilarini ajratish va egallash. Tushuncha aloqadorligini aniqlash.

Tushunchaga xos bo’lgan belgilarni ajratish.

3. Umumlashtirishi belgilarini mustaxkamlash.

Mashqlar orqali tushuncha.

4. Tushunchaga ta’rif berish bo’yicha bajariladigan ishlar.

Yangicha o’quv vaziyatda tushunchani qo’llash.

5. Tushuncha haqidagi bilimni amalda qo’llash.


Yuqoridagilarga erishish uchun o’quvchilarda bilish faoliyatini tashkil qilish zarur. O’quvchilardagi bu faoliyatini tabiiy iqtisodiy bilim manbalariga jumladan karta statistik ma’lumotlar, kuzatish natijalarga tayanmasdan tashkil qilib bo’lmaydi. Geografik tushunchalarni egallashdagi ikkinchi muhim xususiyat ilmiy tushuchalarning bir-biri bilan bog’lanib, tizim sistema hosil qilganligidir. Masalan: maktab tabiiy geografiya kurslari yer tabiatiga, tizimi, geografik qobiqlar tarkibi va rivojlanishiga oid bo’lgan yagona bilimlar tizimiga ega. Shu tufayli xam tabiiy geografik tushunchalar mantiqan va geografik mazmun jihatdan bir-biri bilan bog’liq. Bunga misol tariqasida “tabiiy hududiy kompleks”, “geografik qobiq”, “tabiat qismlari” va boshqalarni keltirish mumkin. Geografik tushunchalarni shakllantirish uzoq muddat talab qiladigan jarayon bo’lib, bir necha kurs davomida o’qitiladi. Masalan, ekologiya tushunchasi shakllanish bunga misol bo’ladi. U quyi sinflardan boshlanib, yuqori sinflargacha davom qiladi. Geografik tushuchalarni shakllantirish jarayoni boshqarilishi xususiyatiga ega bo’lib uni o’qituvchi amalga oshiradi. O’qituvchi darslik va dasturlar asosida tushunchalarni ajratadi, ularning egallash, mustaxkamlash va amalda qo’llash bosqichlarini belgilaydi. Hamda o’quvchilarning tushuncha mazmunini qanday egallash zarurligini ta’minlaydi. Geografik tushunchalar ta’lim jarayonida sekin asta rivojlanadi. Darsda shu narsaga e’tibor berish kerakki, umumiy tushunchalarni shakllantirish yakka tushunchalarga tayanmasdan amalga oshmaydi. Masalan, O’zbekiston iqlimi tushunchasi shu paytda yaxshi shakllantirishi mumkinki, qachonki o’quvchilarda iqlim va iqlim hosil qiluvchi omillar haqida tushunchalar mavjud bo’lsa quyida Turkiston tabiati tushunchasini shakllantirish jarayonini misol tariqasida keltiramiz. Tahlil va mavhumiyatdan foydalanib o’quvchilar hayolan Turkistonni qismlarga bo’ladilar. Turkistonni tog’li qismi va ularning elementlarini (rel’efi. iqlimi) bilan tanishish o’quvchilarni Turkistonning tabiati elementi belgilari aloqadoligini bilib olishga yordam beradi. O’rta Osiyo tabiatining rel’efi, iqlimi, o’simliklari va boshqa elementlarni boshqa hududlar bilan qiyoslash orqali ularning o’ziga xos bo’lgan belgilarni ajratadilar. Turkiston va uning qismlari, tabiati elementlarini induktiv yo’l bilan bilish orqali uning tabiatiga xos bo’lgan umumiy xususiyatlarni ajratadilar. Keyinchalik esa deduktiv yo’l bilan tabiat elementlari haqidagi umumiy tushunchalarga tayanib ular o’rtasidagi aloqadorlik va bog’liqlikni ajratadilar. Turkiston tabiatini boshqa hududlar tabiati bilan taqqoslash orqali Turkiston tabiiy kompleksi degan to’liq tushunchani egallaydilar.
Geografik ob’ektlarni ko’rgazmali qurollarsiz va kartasiz o’rganish ularga xos bo’lgan belgilarni ajratishni birmuncha qiyinlashtiradi. Karta va ko’rgazmali qurollar o’rganilayotgan ob’ektga doir muhim belgilarni o’zida mujassamlashtirgan bo’lishi kerak. Yakka tushunchalarni shakllantirish uchun o’quvchilar hayolan shu ob’ektni karta bilan bog’lay olishlari kerak. SHu tufayli xam karta yakka tushunchalarni shakllantiruvchi asosiy manba hisoblanadi. Faqat karta orqaligina istalgan geografik ob’ektning geografik o’rniga xos bo’lgan belgilarni ajratish va shu hududning ichki xususiyatlarini ajratish imkoniyatlari tug’iladi.
Taqqoslash geografik tushunchalarni shakllantirishda katta ahamiyatga ega. O’quvchilar o’zlariga tanish ob’ektlarni o’rganilayotgan ob’ektlar bilan taqqoslash orqali ularga xos bo’lgan belgi va xususiyatlarni bilib oladilar. Masalan, Amudaryo va Sirdaryoni taqqoslashda har ikkala daryoning shimolga oqishini, uzunligi deyarli tengligini ularning baland tog’lardan boshlanishini, to’yinishini hamda deyarli bir xil ekanligini aniqlaydilar. Ob’ektlar elementlarini oddiy qiyoslash orqali o’qituvchi murakkabroq taqqoslashga o’tadilar. Masalan. nima uchun ularning shimolga oqishi sabablarini, irmoqlari, Amudaryo suvining nima sababdan Sirdaryoga nisbatan loyqa ekanligini, kemalar qatnovidagi farqi kabi ko’plab xususiyatlarini ajratadilar. Tushuncha quyidagi xollarda o’quvchilar tomonidan egallangan hisoblanadi.
1. O’quvchi tushunchaga ta’rif bera olsa (agar u umumiy tushuncha bo’lsa);
2. Tushuncha mazmuniga xos bo’lgan belgilarni ajrata olsa tushuncha belgilari o’rtasidagi aloqadorlik va bog’liqlikni farqlay olsa;
3. O’rganilayotgan geografik ob’ekt yoki hodisa haqida o’quvchi obrazli tasavvurga ega bo’lsa;
4. O’quv vazifalarini bajarishda tushunchani mustaqil qo’llay olsa.
Tushunchaning muvoffaqiyatli o’zlashtirilishi uchun o’quvchilar e’tiborini tushuncha belgilarini tahlil qilishga qaratish kerak. Ishning bunday tashkil qilinishi o’quvchilarni ob’ekt va hodisalardagi eng muhim va ikkinchi darajali belgilarni ajratishlari ularni taqqoslashga va guruxlashga o’rgatadi. Bunda ekskursiyalar joyda amaliy ishlar uyushtirish katta rol’ o’ynaydi. O’quvchilarning umumiy tushunchalarini mustaqqil qo’llay olish uchun reproduktiv metod va ijodiy va muammoli topshiriqlarni (qisman o’zgaruvchan va tadqiqot metodlar) bajarishga o’rgatish kerak.
Geografiya ta’limida bilimlarni amalda qo’llash o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bu quyidagi yo’nalishlarda bo’lishi mumkin.
1. Amaliy topshiriqlarni, masalan, yer osti suvlarining xarakatini, chuqurligini aniqlash, daryoning suv sarfi, o’rtacha chuqurlikni aniqlash va boshqarishlarni;
2. Geografiya bilimlarini tabiat hodisalari va voqealarini tushuntirishda (yil fasllarini almashishi yoki siyosiy kartalarni o’zgarishlari) ishlatish mumkin;
3. Bilimlarning qo’llash ilgari egallangan bilimlarni va yangi bilimlarni egallash jarayonida ham ishlatish mumkin. Iqtisodiy-geografik tushunchalarini shakllantirish xam o’ziga xos bo’lib, odatda u 3 ta bo’g’indan iborat bo’ladi.
1. Kirish o’quvchilar bu bo’g’inda dastlab mamlakat yoki hududning boshqa mamlakatlar va hududlar o’rtasida tutgan o’rni. maydoni va aholisi, tabiiy boyliklari mehnat manbalari bilan ta’minlanish, xalq xo’jaligidagi ixtisosoli tarmoqlarining tutgan o’rniga oid ma’lumotlar bilan tanishadilar.
2. Mamlakat yoki hududning iqtisodiy-geografik ta’rifiga ega bo’lgan qatorlari bilan tanishadilar. SHu bo’g’inda to’liq tushunchaga ega bo’ladilar.
3. Mamlakat yoki tumanni boshqa tuman va mamlakatlarga qiyoslash orqali tushunchani amalda qo’llashga erishadi. Har bir bo’g’in har xil ishlashni talab qiladi.

Download 93.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling