Mavzu: geografiya ta’limida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish kirish i-bob. Ta'lim jarayonlarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish
Download 82.11 Kb.
|
GEOGRAFIYA TA’LIMIDA KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi bosqichda
Ikkinchi bosqichda axborot-ma`lumot tizimi kodlar vositasida kompyuter xotirasiga yozilayotganda, u magnit diskiga maxsus kodlar bilan yoziladi va talab qilinganda maxsus ko`rsatmaga qarab magnitli diskdagi tasmaga yozilgan ma`lumotlar ishlanib, displey ekranida matn, geografik nomlar, karta chizmalar, jadval va grafik tarzida tasvirlanadi.
Uchinchi bosqichda, kompyuter xotirasiga yozilgan ma`lumotlardan ta`lim jarayonida foydalanilayotganda, dastlab o`quvchilar kompyuter klaviaturasi, magnitli disk, displey kabilarning nimaligi va ular bilan ishlash tartib qoidalari bilan tanishtiriladi. Ishga oid bir necha mashqlar bajariladi. Shundan so`ng esa asosiy dars Masalan, Janubiy Amerika ichki suvlari mavzusini o`rganishga kirishiladi. Umum ta’lim maktablarini hamda akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini axborotlashtirish zamonaviy ta’limning barcha sohalarini eng muhim va dolzarb vazifalardan biri bo’lib qolmoqda. Hozirgi bilim olishni axborotlashtirish va axborot vositalaridan foydalanishni tashkil etish bo’yicha juda ko’p ishlar amalga oshirilgan. Umum ta’lim maktablarini axborotlashtirish murakkab masalalardan bo’lib Hisoblanadi. CHunki axborot vositalarini takomillashtirish va yangilarini ishlab chiqish bo’yicha muntazam ilmiy-tadqiqot va tajriba sinov ishlari lib boriladi. Buning natijasida axborot vositlarini yangi modellari vujudga keladi. Shuning uchun o’quv muassalarini axborotlashtirish uchun doimo axborot vositalarini yangilab turish lozim. Buning uchun esa moddiy mablag’lar zarur. Ta’lim sohasini axborotlashtirish natijasida qator atama va tushunchalar vujudga keladi. Ammo mkatablarda kompyuterlarni paydo bo’lishi bilan vujudga kelgan tushuncha va atamalar bir tekisda va mazmunda emas. Bunda so’z “Kompyuterlashtirish ” va “Axborotlashtirish” tushunchalari xaqida boradi. Ba’zi hollarda ikkala atamadan u yoki bunisi ishlatiladi. “ Kompyuterlashtirish” yoki “Axborotlashtirish” deganda umumta’lim maktablarini, akademik leysiy va kasb-hunar kollejlarini kompyuterlar bilan ta’minlash hamda turli ma’lumotlarni o’zlashtirish va olish tushuniladi. XX- asrning 80-yillaridan boshlab har bir maktabda kompyuter xonalari tashkil qilina boshlandi. Kompyuter xonalarini 10 dan ortiq kompyuterlar bo’lgan, ammo ularni sifati ya’ni ko’rsatgichlari past bo’lgan. Ammo olib borilgan tadqiqot ishlari shuni ko’rsatadiki umumta’lim maktablarini kompyuterlashtirish natijasida ta’lim-tarbiya jarayonida keskin o’zgarishlar sodir bo’lmadi.. mazkur hol quyidagi holatlarda nomoyon bo’lgan: a) o’qitish va mustaqil o’quv faoliyatini texnologiyasini motivatsiyasi o’zgarmadi; b) o’qituvchi faoliyatini motivatsiyasi o’zgarmadi; v) o’quv jarayonini boshqarish texnologiyasi o’zgarmadi; g) bu yerda gap XX – asrning 80- yillaridagi olmmaviy maktablar haqida ketmoqda. CHuqurlashtirilgan maxsus maktablarda esa ta’lim jarayonida katta o’zgarishlar sodir bo’lgan. Keyinchalik amaliy pedagogikada kompyuterlarni qo’llash bo’yicha ustivor yo’nalishlar shakllandi. Ular quyidagilarda namoyon bo’ldi: -informatika va hisoblash texnikasi asoslarini o’rganish; - ta’lim jarayonida axborot texnologiyalarini qo’llash; -axborot texnoliyalari yordamida ta’lim muassalarini va mintaqaviy ta’lim tizimlarini boshqarish. Bu esa axborot texnologiyalarini qo’llashni biinchi darajali ishlar qatoriga qo’shishga imkon beradi. Ushbu sohada olingan samaralar umum ta’lim maktablarini kompyuterlashtirisha ketgan xarajatlarini qoplashi mumkin. Ta’lim jarayonini samaradorligini oshirishda yangi ta’lim texnologiyalari katta ahamiyatga ega. yangi ta’lim texnologiyalari quyidagilarga imkon beradi: a)har bir maktab o’quvchisida o’zining shaxsiy ta’lim yo’nalishini rivojlantiradi; b) o’quv jarayonini tubdan o’zgartirishga va uni tizimli tafakkurlash tomoniga loyihalashga imkon beradi; v)o’quvchilarni bilish faoliyatini samarali tashkil qilishga imkon beradi. Bunday yondoshshish kompyuterni bilish vositasiga aylantiradi. Maktablarda kompyuterlarni o’rni qanday bo’lishi degan savol ta’limini kompyuterlashtiishni dastlabki bosqichlaridayoq qo’yilgan edi. Ammo kompyuterlarni o’rganishdan undan foydalanishga o’tish juda qiyinchilik bilan amalga oshirilmoqda. Ko’p hollarda geografiya va boshqa fanlardan ishlab chiqilgan kompyuter texnologiyalari talabsiz qolib ketadi. Buning asosiy sabablaridan biri ularni odatiy darslarni davomi bo’lib qolishidir. Elektron darsliklar ko’p hollarda darsliklarni bir nusxasiga (kopiyasiga) aylanib qolmoqda. Shuning uchun ularga talab kamroq bo’lib qolmoqda. Ularni samaradorligi tajribali o’qituvchi samaradorligidan yuqori bo’lmayapti. Elektron darsliklarni yoki kompyuter texnologiyasidan foydalanishga talabni kamayib borishining asosiy sabablaridan biri o’quvchilarni zamonaviy ta’lim ta’lablari va zamonaviy tamoillar bilan shaxsga yo’naltirilgan yondoshish va sinf-dars tizimida foydalanishga yo’naltirilgan dasturlarni bir biriga mos kelmasligidir. Kompyuterlarni yangi avlodini yaratish bilan yangi texnologiyalar ishlab chiqiladi, shu bilan bmirga ta’lim texnologiyalari xam ishlab chiqiladi. Kompyuterda matn, chizma, audeo va vedio ma’lumotlarni birlashtirish o’quv ma’lumotlari sifatini keskin oshirib yuboradi. Kompyuterlar industriyasini rivojlangtirish pedagogik jarayonda inqilobiy o’zgarishlarni keltirib chiqardi. Uning asosida esa o’quvchini indivedual faoliyatini ta’minlaydigan texnologiyalarga o’tish yotadi. Bunday texnologiyalarga o’tish dasturiy vositalarni yaratishi bilan bog’liq. YAxlit kompyuterlashtirilgan predmetli kurslarda odatiy dasturiy asosnomalarning ayrim qismlari saqlab qolinadi ular esa maktab darsliklarini turli darajalarda qaytarishadi. Shuning uchun mazkur kurslar quyidagilarga yo’naltirilgan bo’lmog’i lozim: a) ixcham (kompakt) predmeti mavjud bo’lishi, u o’quvchilarni mustaqillini yuqori darajada ta’minlashi lozim b) turli sohalarda bilimlarni yuqori darajadagi integratsiyasi mavjud bo’lgan predmetlarni o’rganishda; maktablarda o’qituvchilarni qisman yoki to’la kompyuterlar bilan almashtirish; v) sinf-dars tizimiga asoslanmagan eksperemental ta’limiy teznologiyalarni yaratish; g) o’quv jarayonida kompyuterlardan foydalanishni yangi yondoshuvlarini ishlab chiqish; d)shaxsga yo’naltirilgan dasturiy asoslarni ishlavb chiqish. Ta’lim muassalarida kompyuterlardan samarali foydalanish qator tashkiliy pedagogik izlanishlarni yechish bilan bog’liq. O’qituvchilarni kompyuterli maktablarda ishlashga tayyorlash muxim muammo bo’lib hisoblanadi kompyuter texnologiyalarini maktablarda dastlabki davrlarda kam talab etilishi oliy ta’limda ushbu soha bo’yicha yetarli bilim berilmasligidir. Elektron pochta imkoniyatlaridan foydalanishni dars va darsdan tashqari vaqtlarda jaxon komunikatsion tarmog’idan foydalanish maxsus metodik tayyorgarlikni talab qiladi. Maktablarni zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta’minlash ham dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Geografiya fani va geografiya ta’limida informatsion texnologiyalardan keng qo’llanilmoqda. Geografmiya ta’limida informatsion texnologiyalardan foydalanishni quyidagi shart-sharoitlarini ta’kidlab o’tish lozim: -geografiya o’qituvchisi infarmatsion texnologiyalardan foydalanish ko’nikmasiga ega bo’lishi shart; -maktab o’quvchilari kompyuterlardan foydalanish ko’nikmasiga ega bo’lishi shart; -maktabda kompyuterlar sinfi bo’lishishart. Geografiya ta’limida infarmatsion texnologiyalarni qo’llash quyidagi sohalarda olib borilmoqda: elektron darsliklardan foydalanish; elektoron xaritalardan foydalanish; internet imkoniyatlaridan foydalanish; vidio filmlardan foydalanish; masofaviy o’qitish texnologiyalaridan foydalanish. Hozirgi davrda juda ko’p darsliklarning elektron versiyalari yaratilmoqda. Shu munosabat bilan o’quvchilar berilgan mavzuni elektron darslikdan topib uni o’quvchi yordamida, yoki mustaqil o’rganishi mumkin. Darsni o’qituvchi boshqarib turish mukin. Bunda o’qituvchi matnni o’rganishda izoxlar berib boradi. Matndagi chizmalar, rasmlar, xaritalar, jadvallar alohida tushuntiriladi. Darsni oxirida o’qituvchi kompyuter orqali o’quvchilarga savollar berishi mumkin. O’quvchilar esa kompyuter orqali javob berishadi. Ularning bergan javoblari o’qituvchi tomonidan baholanadi. Geografiya ta’limida xaritalar asosiy o’quv vositasitalaridan biri bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun xaritalar bilan mustaqil ish bajarayotganida elektron xaritalardan foydalanish mumkin. Elektron xaritalar orqali quyidagi ishlarni bajarishi m\umkin: -elektron xarita orvqali tabiiy geografik va iqtisodiy geografik tavsiflar tuzish. Masalan, iqlim xaritalardan foydalanib ma’lum bir materik yoki hudud iqlimi tavsifini tuzish yoki bo’lmasa iqtisodiy geografik xaritalavrdan foydalanib ayrim mamlakatlar yoki hududlarga iqtisodiy ta’rif berish va h.k; - internet imkoniyatlaridan foydalanib geografiya`ning turli sohalari bo’yicha yangi yangi ma’lumotlar olish mumkin. Masalan, kundalik iqlim haqida, mamlakatlar haqida, axoli haqida, xo’jaligi va geosiyosiy sharoit haqida va h.k; -geografiya ta’limida vidiofilmlar juda katta axamiyaitga ega. vidio filmlardan quyidagi sohalar bo’yicha foydalanish mumkin: a) boshlang’ich tabiiy geografiya kursida; b) materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida; v) O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiiy geografiyasini o’rganishda; g) O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiya`ni o’rganishda; d) jaxon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi kursini o’rganishda; ye) fakultativ mashg’ulotlarda; j) geografik to’garaklarda va h.k.; - masofaviy o’qitish geografiya ta’limida endi rivojlanib kelmoqda. Masofaviy o’qitish usulidan malaka oshirish kurslarida keng foydalanish mumkin. Informatsion texnologiyalardan foydalanish geografiya ta’limida kata imkoniyatlarga ega. Geografiya ta’limini axborotlashtirishni to’xtovsiz takomillshtirib bormoq zarur. Download 82.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling