Mavzu: geografiya ta’limida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish kirish i-bob. Ta'lim jarayonlarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish
Download 82.11 Kb.
|
GEOGRAFIYA TA’LIMIDA KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sub`ekt-sub`ekt munosabatlarda
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Ta`lim-tarbiya jarayonida sub`ekt-sub`ekt munosabatlarni vujudga keltirishda o`quvchilarning bilish faoliyatini individual va kichik guruhlarda tashkil etish maqsadga muvofiqdir O`quvchilarning geografiya fanini egallashga bo`lgan qiziqishini orttirish va bilim olishga bo`lgan ehtiyojlarini qondirish, ta`lim–tarbiya jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligini ta`minlash, inson, jamiyat va atrof-muhitning o`zaro munosabatlarini uyg’unlashtirish, ta`lim oluvchilarda ongli intizom, insoniy qadr-qimmat tuyg’usi, yuksak ma`naviyat, ijtimoiy meyyorlarga asoslangan xulq-atvor, estetik boy dunyoqarash, mantiqiy va ijodiy fikrlashni tarkib toptirish maqsadida O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasini o`qitishga yangicha yondashish maqsadga muvofiq deb hisobladik[Yangicha yondashuvning asosiy mohiyati, an`anaviy ta`limda ko`zda tutilgan natijalarni bermayotgan majburan o`qitishdan voz kechish va uning o`rniga: zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali geografiya darslari jarayonini samarali tashkil etish; mustaqil ish va mustaqil faoliyatni amalga oshirish; tegishli talablarni jamoa orqali qo`llashni amalga oshirish muhim sanaladi. Yangi munosabatlarning vujudga kelishi o’quvchi shaxsiga tafovutlab yondashishni, ya`ni ta`lim jarayonini differentsiallashtirish va individuallashtirish printsipini talab etadi. Mazkur printsiplar asosida ta`lim jarayonini tashkil etishda: o`rta saviyali o`quvchiga nisbatan mo`ljal olishdan voz kechish; dars jarayonida har bir o’quvchning eng yaxshi sifatlarini aniqlash va uni rivojlantirish, qiziqishi, ehtiyoji, qobiliyati, yo`nalishi, sifatlari, aqliy jarayonining xususiyatlarini aniqlash; dars jarayonini har bir o`quvchining ehtiyoji, qiziqishi, iqtidori va imkoniyatiga yarasha o`quv topshiriqlarini tayyorlash hamda o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olish lozim bo`ladi. Pedagogik texnologiyaning o’ziga xos xususiyatlarida: Barcha o’quvchilar о‘z qobiliyatlari darajasida albatta о‘zlashtirishlari kafolatlanadi. -O’quvchilarning dars davomida befarq bo’lmaslikka, mustaqil fikrlashi, ijod etishi va izlanishiga majbur etishi; -O’quvchilarni o’quv jarayonida bilimga bo’lgan qiziqishlarini doimiy ravishda bo’lishini ta’minlashi; -O’quvchilarning bilimga bo’lgan qiziqishini mustaqil ravishda har-bir masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirishi; -O’qituvchi va o’quvchining hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkilllanishi. Bizning fikrimizcha, pedogik texnologiyaning eng asosiy negizi bu o’qituvchi va o’quvchining belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishshlari uchun tanlangan texnologiyalarga bog’liq deb xisoblaymiz, ya’ni o’qitish jarayonida maqsad boyicha kafolatlabga natijaga erishishda qo’llaniladigan har bir ta’lm texnologiyasi o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida hamkorlik faoliyatni tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o’quv jarayonida o’quvchilar mustaqil fikrlay olsalar, ijobiy ishlay olsalar, izlansalar, tahlil eta olsalar, o’zlari xulosa qila olsalar, o’zlariga, guruhga , guruh esa ularga baho bera olsa, o’qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, bizning fikrimizcha ana shu o’qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir dars, mavzu, o’quv predmetining o’ziga xos texnologiyasi bor, ya’ni o’quv jarayonidagi pedogogik texnologiya bu yakka tartibdagi jarayon bo’lib, u o'quvchining ehtiyojidan kelib chiqqa xolda bir maqsadga yo’naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogk jarayondir O`quvchilarning o`zlashtirgan bilimlarini amaliyotga qo`llashda ko`nikma va malakalar muhim rol’ o`ynaydi. Ko`nikma va malakalarni til bilan tushuntirib bo`lmaydi, ularni amaliy faoliyatda ko`rsatish kerak bo`ladi. Shu sababli inson hayotining asosini faoliyat usullari (ko`nikma va malakalar) tashkil etib, u o’quvchining muhim sifati sanaladi. O`quvchilarning dunyo haqidagi bilimlarida, bu bоrada tushunchalarni tarkib tоptirishda хilma-хil ta’lim uslublari, vоsitalaridan unumli fоydalanishga to`g`ri kеladi. Gеоgrafik bilimlar nafaqat gеоgrafiya, balki, o`quvchilarning kеlgusida qanday kasblarni egallashlaridan qat’iy nazar, ularning dunyo qarashlari takоmillashuvi uchun nihоyatda zarur. Agar har bir insоn uchun o`qish, yozish, hisоblay оlish qanchalik zarur bo`lsa, ularning madaniyatli kishilar bo`lib yеtishishlarida gеоgrafik bilimlar ham shunchalik zarur. Umuman har bir o`quvchining kеlajakdagi shaхsini bеlgilashda gеоgrafik bilimlarning rоli chеksizligini hayotni o`zi isbоtlamоqda. Hоzirgi davrda gеоgrafik bilimlar mazmuni va undagi o`zgarishlar nihоyatda tеzlik bilan o`zgarmоqda. Har bir хudud o`ziga хоs iqlim, tuprоq, ahоli rеsurslariga ega. Bu o`z navbatida ularni o`rganishda o`ziga хоs bo`lgan mеtоdlarni qo`llashni taqоza qiladi va х.k. Buyuk pedagoglarimiz o’qituvchini “amaldagi ruxshunos” deyishgan. Bir soatlik dars jarayonida o’qituvchi 100 dan ortiq muammoli vaziyatlarga duch kelishi mumkin. Jamoada sog’lom muxitni ta’minlashda, o’quvchining ma’naviy va axloqiy qiyofasini shakllanishida muammoli vaziyatlarning ijobiy yechimi aloxida axamiyat kasb etadi. Mustaqil fikr-mulohaza insonda mavjud bilimlarni, fikr va voqelikka bo’lgan munosabatlarning erkin yuzaga chiqarilishidir. Albatta, ushbu jarayon o’z-o’zidan royobga chiqmaydi, ayniqsa, ta’lim-tarbiyada. Ma’lumki, ta’lim o’qituvchi va o’quvchi orasida o’rnatiladigan pedagogik munosabatlar majmuidir. Ana shu munosabatlarda o’zaro ishonch, talab va tartib muximdir, ya’ni bilimlar ortib boradi, intellekt mukamallashadi. Geografiya ta’lim tizimiga joriy etilayotgan zamonaviy pedagogik texnologiyalardan ko’zlanayotgan asosiy maqsad ham xuddi ana shundadir. Yangicha yondashuv jarayonida bilim talabalarning o’z ijtimoiy tartiblari asosida paydo bo’ladi va hulq-atvor shaklining ham o’zgarishga ta’sir qiladi. Mustaqil fikrlarni bildirar ekan, o’quvchi dars jarayonining faqat subyekt sifatida ham namoyon bo’ladi, ya’ni teng xuquqli ta’lim dialogini vujudga keltiradi. Ayniqsa, darsni muammoli tashkil etish o’quvchi o’quv faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Ushbu jarayonning yanada muvaffaqiyatliroq chiqishi uchun psixologik asosga e’tiborini qaratish kerak. Pedagogik texnologiyalar asosida o’quv jarayoni tashkil etilganda bilim egallashning bir qancha bir-biriga bog’liq bo’lgan bosqichlari mavjud bo’lib, tayyor bilimlarni o’quvchi ongiga yetkazish, esga olish, esda saqlash, qayta esga tushirish, so’zlab berish, yozma ifodalash kabi holatlarni bilish, tushunish darajalarini ifodalaydi. Bu darajalarda bilim oluvchidan ijodiy yondashuv talab etilmaydi. O’zlashtirishning keyingi darajalarida o’quvchilar olgan bilimlarini amalda tatbiq etishi, ma’lum natijalarni qo’lga kiritishi, to’ldirishi, boyitishi, o’zgartirishi o’zining mustaqil nuqtai nazariga ega bo’lishi talab etiladi. Bu o’zlashtirish darajalari uchun muammoli yondashuv ahamiyatli hisoblanadi. О‘quvchilarning ma’naviy hayoti, dunyoqarashi, aqliy kamoloti, bilimlarining mustahkamligi, о‘z kuchiga ishonchi ularning quvnoqligi, tetikligiga bog‘liq. Shu sababli geografiya о‘qituvchisi dars mashg’ulotlari davomida о‘quvchilarning kayfiyatini kо‘taruchi, diqqatini jalb qiluvchi ta’lim usullariga e’tibor qaratishi lozim deb oylayman. XULOSA Bugungi kunda axborot-kompyuter texnologiyalarini bolani o'qitish va rivojlantirishning sifat jihatidan yangi tarkibiga mos keladigan bilimlarni uzatishning yangi usuli deb hisoblash mumkin. Bu usul bolaga qiziqish bilan o'qish, ma'lumot manbalarini topish, yangi bilimlarni olishda intellektual faoliyat intizomi va mustaqilligini oshirishga imkon beradi. Ta'lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishni o'rganib chiqib, boshlang'ich maktabda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish nafaqat davrning yangi tendentsiyasi, zarurati degan xulosaga keldim. AKT tabiatda, rivojlanishda, harakatda bo'layotgan har qanday jarayonni namoyish etish imkonini beradi; darsda o'rganilayotgan ob'ektlarni vizual tarzda namoyish qilish, xaritalarda kerakli geografik koordinatalarni ko'rsatish va boshqa ko'p narsalar. Bitta dars doirasida o'qituvchi videokliplardan, musiqiy diapazondan, rasmlar va reproduktsiyalardan foydalanish imkoniyatiga ega. Sinfda AKTdan foydalanish nafaqat bolalarga materialni o'rganishga, balki o'qituvchiga ijodiy rivojlanishiga yordam beradi. Mamlakatimizda umumiy o`rta ta’lim tizimida olib birilayotgan barcha ishlarda o`sib kelayotgan yosh avlodni intellektual va ma`naviy-axloqiy tarbiyalash bilan uzviy bog’langan uzluksiz ta`lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish nazarda tutilgan. Ta’lim sohasini rivojlantirishga yо‘naltirilgan istiqbolli dasturlarning yaratilishi va amalda tatbiq etilishi natijasida ta’lim jarayoni kо‘proq о‘quvchi shaxsiga yо‘naltirilmoqda. Bu esa, mustaqil fikrlovchi, ijodkor, milliy g‘oyalarga sodiq va yuksak kasb mahoratiga ega bо‘lgan fuqaroni shakllantirish sohasidagi intilishlarning asosini tashkil etadi. Buning uchun о‘quv-tarbiya jarayoni sifatini takomillashtirish va kafolatlangan natijaga erishishni ta’minlash lozim. muammoning dolzarbligiga alohida urg‘u berib, “Eski ta’lim tizimining eng yomon qusuri boshlang‘ich ta’limga ikkinchi darajali ish deb qarayotganimizdadir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Abirqulov Q. Iqtisodiy geografiya. T., 2014. Axmedov E.A. O'zbekiston shaharlari mustaqillik yillarida. –T., 2012. Axmedov E.A., Boltayev M.J. O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi. Ma’ruzalar matni. Toshkent, 2011. Axmedov E.A. va va boshqalar. Mustaqil O'zbekiston. T., 2009. Baratov P. O’zbekiston tabiiy geografiyasi. -T.: O'qituvchi, 2006. Vahobov H. Tillaboyeva M. Iqtisodiy geografiya asoslari. – T.: O'qituvchi, 2011. Ro’ziyev A.R., Abirqulov Q.N. O'zbekiston iqtisodiy geografiyasi. -T.: "Sharq", 2012. Umumiy о‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari va о‘quv dasturi 3-maxsus son. “Sharq”. T., -2014. www.pedagog.uz www.Ziyonet.uz www.edu.uz https://azkurs.org/oquv-jarayonida-axborot-texnologiyalaridan-foydalanish.html Download 82.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling