Mavzu: geografiya ta’limida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish kirish i-bob. Ta'lim jarayonlarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish


II.2. O‘quvchilarni bilish faoliyatini tashkil etish shakllar


Download 82.11 Kb.
bet12/13
Sana05.01.2022
Hajmi82.11 Kb.
#227884
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
GEOGRAFIYA TA’LIMIDA KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH

II.2. O‘quvchilarni bilish faoliyatini tashkil etish shakllar

Pedagogik texnologiya murakkab bо‘lib, an’anaviy dars berish usullarining yaxshi tomonlarini о‘zida mujassamlashtirgan, yangicha yondashuvi qо‘llagan holda eng zamonaviy pedagogik tadbirdir. Uning o’ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, pedagogik texnologiyada dars mashg‘ulotlarini о‘tkazish jarayonida amalga oshiriladigan ishlarning bosqichma-bosqich va daqiqama-daqiqa oldindan loyihasi tuzib olinadi. Shunda, dars jarayonida yoritiladigan mavzular bо‘yicha tayanch tushunchalar va ular asosida tuzilgan nazorat savollari, qо‘llaniladigan interfaol vosita va didaktik materiallar loyihada belgilab olinadi. Dars mashg‘ulotlari bilim berish va ularni o’quvchilar tomonidan eslab qolish bilan chegaralanmay, berilgan bilimlar asosida amaliy mashqlarni bajara olishi, о‘zlashtirishi, o’qituvchi tomonidan doimiy nazorat ostiga olinadi, kerakli maslahatlar beriladi, asoslanadi hamda bilim va kо‘nikmalar xayotiyligi isbotlanadi va hokazo. Ta`lim jarayonini tarbiya bilan, bilim, ko`nikma va malakalarni bir-biri bilan ajratilgan holda shakllantirishga mo`ljallangan o`quv faoliyatini tashkil etish mumkin emas[21].



Pedagogik texnologiyalarning o`ziga xos xususiyatlari, mohiyati va mazmuniga ko`ra ikki guruhga ajratiladi:

  1. Pedagogik jarayonning xarakteri, borishi va mazmunini o`zgartirishda qo`llaniladigan pedagogik texnologiyalar.

  2. Geografiya darslarida foydalaniladigan texnologiyalar. Yuqori samara beradigan va o’quvchilarning darsga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantiruvchi pedagogik texnologiyalar to’g’risida ushbu kurs ishiimning ikkinchi bobida batafsil to’xtalib, ma’lumotlar keltiriladi.

Pedagogik jarayonning xarakteri, borishi va mazmunini o`zgartirishda qo`llaniladigan pedagogik texnologiyalar guruhiga:

  • Ta`lim jarayonini insonparvarlashtirish va demokratlashtirish texnologiyasi;

  • Shaxsga yo`naltirilgan texnologiyalar;

  • Rivojlantiruvchi ta`lim texnologiyalari;

  • Ta`limni differentsiallashtirish va individuallashtirish;

  • Geografiya darslarida foydalaniladigan texnologiyalar guruhiga:

  • Didaktik o`yin texnologiyasi, muammoli ta`lim texnologiyasi, modulli ta`lim texnologiyasi, hamkorlikda o`qitish texnologiyasi, loyihalash texnologiyasi va an`anaviy ta`lim texnologiyalari kiradi. O`quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etganda, ta`lim-tarbiya jarayo­nini yaxlit, bir tizim holatida, bilim, ko`nikma va malakalarni bir-biri bilan uzviy ravishda shakllantirish lozimligini qayd etish zarur. Yuqorida qayd etilgan vazifalarni hal etish va an`anaviy ta`lim tizimidagi kamchiliklarga barham berish, ta`lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish uchun o`quvchilarning bilish faoliyatini yalpi o`qitish bilan bir qatorda, individual va kichik guruhlarda o`qitishni tashkil etish maqsadga muvofiq. O`quvchilarning bilish faoliyati individual tarzda tashkil etilganda o`quvchilar o`quv materialini mustaqil o`zlashtiradilar, ularning aqliy rivojlanishi, qiziqishi, ehtiyoji, iqtidori, bilimlarni o`zlashtirish darajasi hisobga olingan holda tuzilgan o`quv topshiriqlarini mustaqil bajaradi va o`z bilish faoliyatining sub`ektiga aylanadi. Quyida jadval ko’rinishida pedagogik munosabatlar tipining o`ziga xos xususiyatlarini ko’rib chiqamiz.





Download 82.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling