Mavzu: geografiyani o’qitishda lokal va xususiy metodik darajada foydalaniladigan texnologiyalar
Download 319.38 Kb.
|
ruza matni Word (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Venn diagrammasi
- Insert jadvali
VENN DIAGRAMMASI - 2 va 3 jihatlarni hamda umumiy tomonlarini solishtirish yoki taqqoslash yoki qarama-qarshi qo’yish uchun qo’llaniladi. Tizimli fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi. Diagramma Venna tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida/kichik gurhlarda diagramma Vennani tuzadilar va kesishmaydigan joylarni (x) to’ldiradilar. Juftliklarga birlashadilar, o’zlarining diagrammalarini taqqoslaydilar va to’ldiradilar. Doiralarni kesishuvchi joyida, ikki/uch doiralar uchun umumiy bo’lgan, ma’lumotlar ro’yxatini tuzadi.
Venn diagrammasi“YELPIG’ICH” ( VEED) METODI - Bu texnologiya murakkab ko’p tarmoqli, mumkin qadar, muammo xarakteridagi mavzularni o’rganishga qaratilgan. Texnologiyaning mohiyati shundaki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo’yicha bir yo’la axborot beriladi. Ayni paytda, ularning har biri alohida nuqtalardan muhokama etiladi. Masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik, fazilat va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi. Bu interaktiv texnologiya tanqidiy, tahliliy, aniq mantiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda o’z g’oyalari, fikrlarini yozma va og’zaki shaklda ixcham bayon etish, himoya qilishga imkoniyat yaratadi. “Elpig’ich” texnologiyasi umumiy mavzuning ayrim tarmoqlarini muxokama qiluvchi kichik guruhlarning, har bir qatnashuvchining, guruhning faol ishlashiga qaratilgan. MAQSAD: “Elpig’ich” texnologiyasi mavzuni o’rganishning turli bosqichlarida qo’llanishi mumkin: Boshida: o’z bilimlarini erkin faollashtirish; -mavzuni o’rganish jarayonida , uning asoslarini chuqur farqlash va anglab yetish; -yakunlash bosqichida: olingan bilimlarni tartibga solish . Asosiy tushunchalar quyidagilar: Aspekt (nuqtai nazar) bilan predmet, hodisa, tushuncha tekshiriladi. Afzallik – biror narsa bilan qiyoslangandagi ustunlik, imtiyoz. Fazilat – ijobiy sifat Nuqson – nomukammallik, qoidalarga, mezonlarga nomuvofiqlik Xulosa – muayyan bir fikrga, mantiqiy qoidalar bo’yicha dalildan natijaga kelish Ta’limdan tashqari “Elpig’ich” texnologiyasi tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi. jamoa, guruhlarda ishlash mahorati; muammolar, vaziyatlarni turli nuqtai nazardan muhokama qilish mahorati; Murosali qarorlarni topa olish mahrati; o’zgalar fikriga hurmat; xushmuamalalik; ishga ijodiy yondoshish; faollik; muammoga diqqatning jamlay olish mahorati Bu texnologiya ham hozirgi kunda juda keng qo’llanilib kelinayotgan texnologiyalardan biri bo’lib, bu texnologiya ya’ni “Elpig’ich” mavzuni kamchilik hamda afzalliklarini ochib berishga xizmat qiladi.Ushbu texnologiyaning yana bir muhim, aytish lozim bo’lgan tomonlaridan biri bu texnologiya o’quvchilarni mavzu yuzasidan xulosa chiqarishga o’rgatadi. “INSERT” jadvali- Mustaqil o’qish vaqtida olgan ma’lumotlarni, eshitgan ma’ruzalarni tizimlashtirishni ta’minlaydi; olingan ma’lumotni tasdiqlash, aniqlash, chetga chiqish, kuzatish. Avval o’zlashtirgan ma’lumotlarni bog’lash qobiliyatini shakllantirishga yordam beradi. O’quv faoliyatini tashkillashtirishning jarayonli tuzilmasi: Insert jadvalini to’ldirish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida o’zlari to’ldiradilar. O’qish jarayonida olingan ma’lumotlarni alohida o’zlari tizimlashtiradilar - jadval ustunlariga “kiritadilar” matnda belgilangan quyidagi belgilarga muvofiq: Matnda belgilash tizimi () - men bilaman deganni tasdiqlovchi belgi; () - yangi axborot belgisi; () - meni bilganlarimga, zid belgisi; () - meni o’ylantirib qo’ydi. Bu bo’yicha menga qo’shimcha axborot kerak belgisi. Insert jadvali
Download 319.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling