Mavzu: Geologik kartalarni o’qishni o’rganish. Reja
Geologik kartalar ularni chizish va o’qish, shartli belgilarida ifodalash
Download 1.37 Mb.
|
Geologik kartalarni o’qishni o’rganish.
Geologik kartalar ularni chizish va o’qish, shartli belgilarida ifodalash.
Geologik kartalar yer shari yoki bir bo’lagining geologik tuzilishini ma’lum masshtabda berilgan shartli belgilar asosida berilgan tekislikdagi grafik tasviri tushuniladi. Geologik kartalariga nazar solsang unda alomat belgilar (rangi, shtrixovkasi, harfli indekslas, gorizontal yoki texnologik yoziqlar) topografik kartani asos qilib olib kartaga tushurilgan yoki unda daryolar, dengizlar, aholi yashash punktlari, yo’llar, joy rel’efi haqida ma’lumotlar gorizontallar yordamida yoki boshqalar ko’rsatiladi. Berilgan masshtabga ko’ra geologik kartalar tanishish (masshtabi 1:1000000), kichik masshtabli (1:1000000; 1:500000), o’rta masshtabli (1:200000; 1:100000), va katta masshtabli yoki detallar (1:50000) turlarga bo’linadi. Geologik kartalar ko’p turlarga bo’linadi. Geologik karatalarda ko’pincha yer ustki qismiga chiqib qolgan va tarqalgan hududlar har hil turdagi yoshdagi tarkibdagi tog’ jinslari tasvirlangan. Shuning bilan bir qatorda maxsus geologik kartalar bo’lib ular maxsus o’tkazilgan geologik izlanishlar natijasini tasvirlaydi. ditologik kartalar, bularda tog’ jinslari har xil tarkibdagi qum, tuproq ohaktoshlarning qatlamlari aks topgan. gidrogeologik kartalar, bu kartalarda yer osti suvlarning tarqalish hududi, sathi, ularning sifati, tarkibi ko’rsatiladi. foydali qazilmalar kartasi. To’rtlamchi yotqiziqlar kartasi. Bu sizlar bilan asosan kichik masshtabli va obrazli umumiy geologik kartalar bilan tanishamiz. Bu kartalarda har xil hududlarda yer qatlamlarining tuzulishini o’rganish hamda yer ustiga chiqqan jinslarning genetic turlari yoki yoshi haqidagi ma’lumotlarni ularning tarkibi yashash holatini o’rganish va o’zlashtirish ancha oson kechadi. Geologik kartalarning asosiy qismidan yoki ko’rinishlaridan biri bo’lib, ularda hamma ko’rinishlar yagona qabul qilingan shartli belgilar va o’ziga xos bo’lgan ranglar bilan belgilangan kartalarning kompanovkasidan shartli belgilar jadval shaklida kartaning bir burchagida yo istagan joyida yagona prinsip asosida joylashtiriladi. Avvalia shartli belgilar yordamida tog’ jinslarning yoshiga qarab yoshi kichik jinslardan yoshi katta bo’lgan jinslarga qarab (tepadan pastga qarab yoki chapdan o’ngga qarab) qabul qilingan ranglar asosida ko’rsatiladi. Undan keyin magmatik, metamorfik tipdagi tog’ jinslarni ko’rsatuvchi va letologik tarkibini ko’rsatuvchi belgilar chiziladi. Undan keyin kartada tushuntiruvchi belgilar tektonik yoriqlar, qatlamlarning yetish elementlari va smoblar ko’rsatiladi. Umumiy geologik kartalarning tarkibi. Geologik kartalarning asosi qilib tog’ jinslarning yoshi qabul qilingan bo’lib bu uning mazmunini tashkil qiladi. Shuning uchun bu kartalarni tashkil qiluvchi ranglar soni kartani sifat jihatidan ko’rinishini hosil qiladi. Tog’ jinslarning (xususiy cho’qindi jinslarini) nisbiy yoshini kartadan belgilashda II xalqaro geologik kongresda (Italiya, Boloniya 1881 y ) qabul qilingan jahonda tan olingan yagona ranglar bilan ranglash, rus geologi akademik A. P. Karpinskiyning taklifiga ko’ra qabul qilingan.Shu shkalaga muvofiq SNG davlatlarida chiqarilayotgan ko’rgazma kartalarda geologik tizimlarni ranglashda quyidagi ranglar qabul qilingan (kartaga qarang). To’rtlamchi (antropogen) – ochiq pushti (бледно палевый) Neogen qatlamlar - sariq, limon simon Paliogen - ochiq qizil (оранжевый) Bur - yashil Yura - ko’k Trias - binafsha Perm - ochiq jigarrang Tosh ko’mir - qo’ng’ir Devon - jigarrang Silur - ochiq yashil Ordovik - qo’ng’ir yashil Kembriy - qo’ng’ir, ko’krang . O’rnatilgan xalqaro tasdiqlangan me’yorlarga binoan ranglardan foydalanib kartalarda ko’rsatiladigan kichik stratigrafik bo’linmalar, umumiy qonuniyatga bo’yin sinib bir xil tizimdagi tog’ jinslarning yosh jihatdan kichiklari shu tizimga xos ochroq qilinib bo’yalib ancha qadimiylari shu rangda to’qroq qilib bo’yaladi. Masalan Bur tizimining pastki bo’limi to’q yashil rangda yoki Yura – ko’k, yuqori Yura – ochiq ko’k (havorang) larda bo’ladi. Tokembriy yoshdagi tog’ jinslari (ko’pincha metamorfik) qizg’ish ranglarda bo’yaladi.Magmatik tog’ jinslari geologik kartalarda tasvirlashda ularning yoshiga qarab emas balki ularning genetic va petrografik ko’rinishlariga qarab tasvirlanadi. Effuziv va Intruziv tog’ jinslari har xil ranglarda tasvirlanishi ularning tarkibi bilan farq qilishidir. Nordon jinslar qizg’ish rangda asosiy jinslar yashil ko’kimtir rangda, ishqorli jinslar ochiq qizg’ish ranglarda bo’ladi. Magmatik tog’ jinslarining yoki agar ular aniq bo’lsa o’zining indeksi harfida ko’rsatiladi. Tog’ jinslari yoshini indeks bilan ifodalash geologik kartalarni o’qishni osonlashtiradi. Chunki bir-biriga yaqin bo’lgan ranglar qo’shilmasini o’qishi yoki ajratishi ancha murakkab va ko’p vaqtni oladi. Indekslarga lotin alfabitining bosh harflari bilan belgilash qabul qilingan. Masalan:Ordofik sistemani O harfi bilan belgilanadi. Agar bir necha sistemaning nomi bir hil harf bilan boshlanadigan bo’lsa unda birinchi bosh harfga o’sha tizim nomining keyingi harfi ham qo’shib yoziladi. Masalan: C harfi toshko’mor sistemasi uchun qo’yiladigan harf ammo Kembriy va Bur uchun ham shu harf quyilib u quyidagicha bo’ladi Cm va Cr. Sistemalar bo’yicha bo’linmagan yotqiziqlar, (qatlamlar, bir-biriga o’tuvchi qatlamlar) asosiy qatlamlarning harfi indeksi bilan belgilanib bog’lovchi + belgisi qo’yiladi. Agar kartada, tizimdan tashqari (sistemadan mayda) bo’limlari bo’lsa masalan bo’lim, ularni belgilashda sistemaning indeksi bilan yonma-yon (O’ngdan-pastga) arbcha raqam qo’yilib u nisbiy yoshni belgilaydi. Masalan: Trias sistemasi (indeksi T) uch bo’limga bo’linadi. Quyi, o’rta va yuqori shunga mos ular T1 , T2 ,T3 bilan belgilanadi. Juda mayda bo’limlarni belgilashda bo’lim harfi yoki raqamining yuqori qismi o’ng tomonida harf yoki raqam qo’yiladi. Masalan Cэ3, Nэар va boshqa Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling