Mavzu: Geologik kartalarni o’qishni o’rganish. Reja


Geologik xaritaga asoslanib geologik kesma tuzish usulini o’rganish


Download 1.37 Mb.
bet4/4
Sana08.11.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1758838
1   2   3   4
Bog'liq
Geologik kartalarni o’qishni o’rganish.

Geologik xaritaga asoslanib geologik kesma tuzish usulini o’rganish.

Geologik kartalarda tasvirlangan tog’ jinslari va qatlamlarning yotish holatlari, tabaqalanishi, lotologik tarkibining chuqurlik bo’ylab o’zgarishi hamda maydonning yuza sathi haqida to’laroq tasavvurga ega bo’lish maqsadida geologik kesmalar chiziladi.


Geologik kesmalar joylarning geologik tuzilishini to’la xarakterlaydigan qilib tuziladi. Buning uchun maydonda qatlamlarning gorizontal va monoklinal holatda yotgan bo’laklari hamda bukilmalar, uzilmalar va otqindi jinslar tarqalagan qismlari ajratiladi. Kesma chizig’i yo’nalishi qtlamlarning cho’ziqlik chizig’iga, yotish chizig’iga va daryo vodiylariga ko’ndalang qilib tanlanadi. Shunda qatlamlarning yotish holati va qalinligi kesmalarda aniq ko’rinadi.
Tanlangan yo’nalish bo’yicha kesma tuzish uchun datlab bu yo’nalishdagi ikki nuqta geologik kartada to’g’ri chiziq bilan tutashtiriladi. (1- rasm,a). Chiziq uzunligi tuziladigan kesma uzunligiga mos kelishi kerak. Bu chiziq kesma chiziq deb ataladi va uning har ikkala uchi shartli harflar (A-B) yaki raqamlar (1-1) bilan belgilanadi.
Geologik kesma tuzishdan oldin millimetrovka qog’ozga kesmaning topografik asosi chizib chiqiladi. Uning gorizontal va vertikal masshtablari karta masshtabiga mos kelishi zarur. Agar yer yuzasi relyefining o’zgarish amplitudasi katta bo’lsa, u holda vertikal masshtab gorizontal masshtabga nisbatan ancha yirik qilib olinadi. Qatlamlar bukilmalar hosil qilgan bo’lsa, ularning vertikal masshtabini o’zgartirib bo’lmaydi, chunki kesmada tasvirlanayotgan bukilmalarning shakli butunlay o’zgarib ketishi mumkun. Bunday hollarda gorizontal va vertikal masshtablar bir xil bo’ladi.
Chizilgan geologik kesmaning tepasiga uning nomi, masshatabi, tuzilgan yili, ostiga esa shartli belgilar, kesma tuzuvchining familyasi va boshqa kerakli ma’lumotlar yoziladi.
Kesmani tuzish uchun kartada belgilangan kesama chizig’i ustiga millimetrovka qog’ozi qo’yiladi. Qog’ozga kesma chizig’i bilan gorizontal chiziqlar kesishgan nuqtalar tushiriladi. Bu nuqtalarning absolyut balandliklari aniqlanib, nuqta yoniga yozib qo’yiladi. So’ngra qabul qilingan vertikal masshtab bo’yicha kesma chizig’iga parallel chiziqlar o’tkaziladi. Kesma chizig’ining gorizontallar bilan kesishgan joyidan parallel chiziqlarga perpendikulyar chiziqlar chiqarilib, ularning o’zaro kesishgan nuqtalarivertikal masshtab bo’yicha belgilanadi. Shundan so’ng nuqtalar o’zaro tutashtirilib, berilgan yo’nalishdagi kesmaning topografik asosi, ya’ni yer yuzasining relyefi tuziladi. (1- rasm, b).
Kesma chizig’i bilan stratigrafik bo’linmalarning kesishishidan hosil bo’lgan chegaralar nuqtalar bilan belgilab chiqiladi va kesmaning topografik asosiga tushiriladi. Agar maydonda to’rtlamchi davr yotqiziqlari va to’rtlamchi davrgacha hosil bo’lgan yotqiziqlar uchrasa ularning qalinligi burg’ quduqlari yordamida aniqlanadi. So’ngra jins qatlamlari vertikal masshtab bo’yicha kesmaga tushiriladi. Bir xil genetik turga yoshga mansub bo’lgan jinslar chegarasi o’zaro tutashtiriladi. Tubjoy jinslarning va uzilmalarning yotish holatlari aniq o’lchovlar yordamida kesmada ko’rsatiladi.
Kesmada tasvirlanadigan to’rtlamchi davr yotqiziqlarining genetik turiga va yoshiga qarab rang tanlanadi. Jinslar esa litologik tarkibi bo’yicha shartli belgilarda aks ettiriladi (1- rasm, v).
Maydon va tarqalgan qatlamlar burmalangan bo’lsa , ularni kesmalarda tasvirlash uchun dastlab bukilma asosida joylashgan qatlamlar ko’rsatilib, so’ngra boshqa qatlamlar chiziladi. Antiklinal va sinklinal bukilmalarning o’qlari yuzasini, uzilmalarning yotish holatlarini ko’rsarish orqali kesmaga aniqlik kiritiladi.
Geologik kesmalarda dastavval uzilmalarning yotish holatlari ko’rsatilib, so’ngra qatlamlarning yotishi ularga moslab tushiriladi. (9-rasmga qarang).

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling