Mavzu: geotizimlarning dinamikasi, rivojlanishi va barqarorligi


Turli landshaft zonalarida iqlim va fitomassa ko‘rsatkichlarining taqsimlanishi


Download 223 Kb.
bet3/4
Sana01.05.2023
Hajmi223 Kb.
#1419318
1   2   3   4
Bog'liq
Maruza matn

Turli landshaft zonalarida iqlim va fitomassa ko‘rsatkichlarining taqsimlanishi
(turli ma’lumotlar bo‘yicha)

Landshaft
zonalari

Yillik radiatsiya balansi (kkal)

+10 dan yuqori haroratlar yig‘indisi

Yillik yog‘in miqdori

Yillik mumkin bo‘lgan bug‘lanish (mm)

Namlik koeffi-sienti

Yillik bug‘-lanish, (mm)

Fito-
massa
t/ga

Yillik
fito-
massa
t/ga

tundra

15-16

500

350

200-250

<1,5

100-250

27

2,3

chol Qizilqum

43-44


4000-4500

120

1700-1800

0,1

100

3-3,5

1-1,5


nam ekvatorial o‘rmon

63-64

9100-9600

1700-2000


800-1200

2-3

900-1200

650

40



U landshaftlardagi o‘simlik va hayvonot xilma-xilligini yo‘qotib, uning o‘rniga 1-2 xil o‘simlik va hayvon xilini sun’iy tanlash yo‘li bilan ko‘paytirishga harakat qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, o‘simliklar bilan hayvonot dunyosi strukturasining soddalashishiga va ular orasida mavjud bo‘lgan o‘zaro ta’sir va aloqadorliklarning keskin buzilishiga, ekologik "zanjirning" parchalanishiga sabab bo‘ladi. Natijada, landshaftlarda etishtirilayotgan qishloq xo‘jalik ekinlariga yot bo‘lgan begona o‘tlar va zararkunanda hashoratlarning ko‘payib ketishi, tuproq unumdorligini pasayib ketishi yuz beradi va turli xil mineral o‘g‘itlar, kimyoviy zaharli moddalar ishlatishga to‘g‘ri keladi. Buning oqibatida esa landshaftlardagi odatdagi biokimyoviy siklga yot bo‘lgan kimyoviy moddalar kirib qolishi, to‘planishi va natijada landshaftlarning ifloslanish yoki zaharlanish hollari ro‘y berishi mumkin.


Demak, landshaftlarning barqarorligini ta’minlovchi omillar haqida gap borganda, landshaft biokomponentlarining rang-barangligiga alohida e’tibor berish lozim bo‘ladi. Ammo, bu biotik komponentlar birlamchi rol o‘ynaydi, degan gap emas. Bu haqda V.B.Sochavaning o‘zi ham avval eslatib o‘tilgan "kritik" komponentlardan effektiv radiatsiya, suv va biota kabilarining birortasiga ham "etakchi" deb qarashga hojat yo‘q deb aytadi. Uningcha, ularning barchasi teng ahamiyatlidir. Agar birortasining ahamiyatini bo‘rttirib ko‘rsatish lozim bo‘lsa, unda effektiv radiatsiya ko‘rsatilishi kerak. CHunki, u landshaft energetikasining asosi hisoblanadi. Keyin esa landshaftda ro‘y beradigan barcha tabiiy geografik jarayonlarning muhim sharoiti hisoblangan suvlar va biotik komponentlar ko‘rsatilishi mumkin.
O‘simlik va hayvonot tarkibi, xillari va o‘zaro nisbatlari, holatlari, o‘zini-o‘zi tiklash, saqlash qobiliyati landshaftlarning barqarorligini aniqlashda, landshaftlarga o‘tkaziladigan antropogen ta’sirlarning me’yorini aniqlashda yoki landshaftlarni o‘zgartirishning eng yaxshi variantini aniqlashda muhim ko‘rsatkich vazifasini o‘tashi mumkin.
Landshaftlarning barqarorligi muammosi bo‘yicha e’lon qilingan ilmiy ishlarning soni anchagina bo‘lishiga qaramay uning nazariy, metodologik va metodik masalalari deyarli ishlanmagan. Landshaftlarning barqarorligini o‘rganishning metodik masalalari haqida so‘z yuritgan V.S.Preobrajenskiy (1986) barqarorlikni o‘rganish uchun: 1) u yoki bu tashqi omil (ayniqsa, texnogen omil) ta’siri jadalligining o‘zgarishi asosida landshaftlar holatini miqdori va sifat o‘zgarishlarini aniqlab va ta’riflab berish; 2) landshaftning (yoki tizimning) bir holatdan boshqa bir holatga o‘tishini farq qila bilish; 3) tashqi ta’sir jadalligini o‘lchay bilish; 4) landshaftlar holatining o‘zgarishini landshaftlarga tushadigan ta’sir yuki bilan nisbatlay bilish kerakligini yozadi.
Landshaftlarning barqarorligi haqida gap borganda inson faoliyati ta’sirida o‘zgarishi mumkin bo‘lgan tabiiy landshaftlar barqarorligining mezoni o‘z mohiyati bo‘yicha qarama-qarshi tavsifga ega bo‘ladi. Masalan, haydalgan erni yana o‘t bosishi, oldingi o‘simlik qoplami yana tiklanishi tabiiy landshaftning barqarorligi belgisi bo‘lib xizmat qilsa, xuddi shu ko‘rsatkichning o‘zi hosil qilingan antropogen landshaftning beqarorlik darajasini aks ettirishi mumkin.
Antropogen landshaftning barqarorligi asosan sotsial-iqtisodiy mezonlar bilan belgilanib, landshaftning tabiatidan kelib chiqadigan ilmiy mezonlarga zid bo‘lishi mumkin. Mantiqan olganda, landshaftlarning barqarorligi uning komponentlari barqarorligi bilan belgilanishi kerak, ammo landshaftlarning barqarorligi komponentlar barqarorligining oddiy yig‘indisi bo‘lib qolmasdan, balki undan murakkabroq bir hodisadir. Landshaftlarning barqarorligini aniqlash masalasi ilmiy jihatdan hali ko‘p mehnat va tadqiqot ishlarini bajarishni talab qiladigan masalalardan ekanligi, ayniqsa antropogen landshaftlarni o‘rganish vaqtida namoyon bo‘ladi. Bunday masalani biror bir texnik inshoot, masalan, suv ombori yoki biror kanal, biror yirik zavod yoki o‘zlashtirilgan ekin maydoni misolida tadqiq qilish samarali bo‘lishi mumkin.
Alohida injener-texnik inshootlar va ularning yon-atrofidagi landshaftlarga ta’sirini tadqiq qilish inson bilan tabiat orasidagi aloqadorliklarni, inson faoliyati ta’sirida landshaftlar, shu jumladan antropogen landshaftlarda ro‘y beradigan turli xil hodisa va jarayonlarni o‘rganish uchun namuna bo‘lishi mumkin.
Masalan, Baykal-Amur temir yo‘l qurilishi va ishga tushirilishi oqibatida atrof-muhitda bo‘ladigan o‘zgarishlarni bashorat qilishda V.V.Vorobev va A.T.Naprasnikovlar (1980) BAM yon-atrofidagi tabiat kopmlekslarini barqarorligini-beqaror, kuchsiz barqaror, o‘rtacha barqaror va barqaror ko‘rinishida tasniflashga harakat qilishgan. Bunda temir yo‘l zonasida joylashgan baland tog‘ siyrak o‘rmonlari landshafti texnogen ta’sirga nisbatan beqaror deb, o‘rtacha balandlikdagi o‘rmon landshaftlari kuchsiz barqaror deb, janubiy tayga zonal landshaftlari esa barqaror hisoblangan. Ammo ushbu tasnif ham muayyan miqdor ko‘rsatkichlari bilan asoslanmagan va keyinchalik bajarilishi mumkin bo‘lgan chuqurroq izlanishlarga umumiy asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.



Download 223 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling