Mavzu: Gerontologiya Reja: Gerontologiya haqida umumiy tushuncha Keksa aholining demografik yuki
Download 48.2 Kb.
|
Gerontologiya
REFERAT
Mavzu: Gerontologiya Mavzu: Gerontologiya Reja: 1.Gerontologiya haqida umumiy tushuncha 2. Keksa aholining demografik yuki 3. Aholining qarishi va uning siyosiy va demografik mezonlari. Kirish. Soq’liqni saqlash tizimining dolzarb muammolaridan biri bo’lgan "Gerontologiya" insonning qarish jarayonini o’rganadigan fan bo’lib, yunoncha «geros» - qari va «logos» - bilim degan ma'noni anglatadi. "Gerontologiya"ning asosiy maqsadi insonning faol va to’laqonli hayotini uzaytirish yo’llarini izlab topishdir. Keksa yoshdagi bemorlarga xizmat qilish aksariyat tibbiyot xodimlarining kundalik vazifasi, chunki tibbiy xizmatga muhtoj barcha bemorlarning 25-30 foizi keksa yoshdagi bemorlardir. Jahondagi barcha mamlakatlarda demografik ko’rsatkichlar qariyalar hisobiga oshib bormoda. Bu esa "Gerontologiya" va "Geriatriya" sohasidagi bilimlar doirasini kengaytirishni taqozo etadi. "Gerontologiya" fani quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: 1. Qarish biologiyasi. 2. Geriatriya. 3. Gerogigiyena. 4. Gerontopsixologiya. 5. Gerodermiya. 6. Gerodietetika. 7. Geroekologiya. Keksalik umrning qonuniy tarzda yuz beradigan yakunlovchi davridir. Biroq muddatidan oldin qarish hodisasi ham hayotda bor haqiqatdir. Shu sababdan S. P. Botkin va I. I. Mechnikovlar fiziologik va barvaqt qarish mavjudligi haqidagi tushunchalarni yoqlab chiqqanda haq edilar. Barvaqt qarish boshdan kechirilgan kasalliklar yoki tashqi muhitning zararli omillari ta'sirida yosh bilan bog’liq o’zgarishlarning bir muncha erta rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Fiziologik qarish aqliy va jismoniy sog’lomlikni, ma'lum darajadagi ish qobiliyatini, dangaslikni, tevarak atrofdagi hodisalarga qiziqishni saqlab qolish bilan belgilanadi. Tashqi muhit ta'siri va organizmning ichki omillari qarish jarayonining tezlashuviga, organizmning erta qarishiga olib keladi, bu jarayon organizmning o’sish va rivojlanishi to’xtaganidan keyin boshlanadi. "Gerontologiya" tibbiy biologiya bilan chambarchas bog’liq bo’lib, u molekula va hujayralardan tortib butun organizmining qarish sabablarini o’rganadi. Qarish - qarilik, ya'ni yosh ulg’aya borishi bilan organizmda paydo bo’ladigan o’zgarishlarning qonuniy tarzda ro’y berish jarayonidir. Umuman olganda, bugungi kunda qarilik muammolarini har tomonlama o’rganadigan turli fan sohalari paydo bo’ldi va ular jadal rivojlanmoqda. Xususan, dunyo aholisi sonining qariyalar hisobiga oshishi "Geriatriya" fanining rivojlanishini yanada tezlashtiradi. "Geriatriya" keksa, yoshi ulug’ kishilarda kasallikning kechishi xususiyatlarini o’rganadigan fan bo’lib, sog’liqni saqlash tizimi amaliyotiga tobora chuqurroq kirib bormoqda. "Gerogigiyena" esa keksaygan va katta yoshdagi kishilar gigienasini o’rganmoqda. 6 "Gerontopsixologiya" keksalar ruhiy holati va fe'l-atvorini; "Gerodietetika" keksaygan kishilar ovqatlanishi va uning xususiyatlarini; "Gerodermiya" - keksaygan kishilar teri qoplami xususiyatlarkni o’rganuvchi bo’lim. "Geroekologiya" qarish jarayoniga ekologik omillarning ta'sir etishini o’rganuvchi fan. Bugungi kunda jahonda genetik olimlarning chuqur izlanishlari natijasida, qarish jarayoniga ta'sir etuvchi genlar borligi taxmin qilinmoqda. Agar bu taxmin tasdiqlansa, "Gerontologiya" fanida keskin o’zgarishlar yuz berishi va insonning hozirdan ham uzoqroq umr ko’rishiga erishiladi. Genetikaning rivojlanishi juda ko’p geriatrik kasalliklarning kamayishiga sabab bo’ladi. Inson organizmida tug’ilishdan to o’limiga qadar uzluksiz morfologik, ximiyaviy, fiziologik, psixologik o’zgarishlar kuzatiladi. Qadimdan olimlar qarish sabablari va umrboqiylik sirlarini ochishga uringan, bu haqda falsafiy bahs, munozaralar yuritgan. Uning ildizlari juda qadimdan boshlangan bo’lib, qadimiy xitoy va hind olimlari asarlarida, Gippokrat to’plamlarida hamda Ibn Sinoning "Tib qonunlari"da o’z aksini topgan. Qarilik muammolari bo’yicha I.I.Mechnikov, A.A.Bogomoles, I.P.Pavlov, A.V. Nagorniy, I.V.Davidovskiy va boshqa olimlar jiddiy ilmiy izlanishlar olib borishgan. I. I. Mechnikov qarish jarayonini hujayralararo muntazam aloqalarning buzilishi va organizmda intoksikatsiya oqibatida metabolitlarning to’planishi bilan bog’lagan. I. P. Pavlov esa oliy nerv faoliyatidagi o’zgarishlarning qarish jarayoniga ta'sirini o’rgangan. A.A. Bogomoles qarish jarayonini biriktiruvchi to’qima strukturasi va funksiyasining buzilishi hamda undagi oqsillarning ximiyaviy kolloid holatining buzilishi bilan izohlaydi. A.V.Nagorniyning fikricha, qarish - hujayra sitoplazmasining o’z-o’zidan yangilanishining so’nishiga bog’liq. Respublikamizning yetuk olimlaridan biri bo’lgan professor R.M. Nurmuhammedovning yoshi ulg’aygan kishilardagi oshqozon-ichak tizimi kasalliklarini jarrohlik yo’li bilan davolash muammolari ustida olib borgan ilmiy ishlari diqqatga sazovordir. Xo’sh, umuman, qarilik davrini qanday aniqlash mumkin 1963-yil Kiyevda o’tkazilgan Butun Dunyo Sog’liqni Saqlash tashkilotlarining qarilik jarayoni haqidagi seminarida qabul qilingani bo’yicha: 45 yoshdan 59 yoshgacha – o’rta yoshlilar; 60 yoshdan 74 yoshgacha - keksalar; 75 yoshdan 89 yoshgacha - qariyalar; 90 yosh va undan katta yoshdagilar – uzoq umr ko’ruvchilar deb hisoblanadi. Bugungi kunda sayyoramizda 7 milliarddan ortiq kishi istiqomat qiladi. Aholi soni kun sayin o‘smoqda. Biroq global iqtisodiyot, siyosat va xavfsizlikka aholining son o‘zgarishlari emas, sifat o‘zgarishlari ta’sir ko‘rsatadi. Yaqin o‘n yillikda jaxon xaritasida demografik o‘zgarish kuzatilib, aholi o‘sishining 90 foizi Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasi hissasiga to‘g‘ri keladi. Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning aholisi keksayib bormoqda va shu bilan birga kamayib ketmoqda. Demografik inqiroz nafaqat Yevropada balki, Osiyodagi ayrim mamlakatlarda, jumladan iqtisodiyotning g‘arb modelini tanlagan Janubiy Koreya va Yaponiyada ham kuzatilmoqda. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2050-yilda yer yuzi aholisining 22 foizini pensionerlar tashkil qiladi. Har bir soniyada ikki kishi o‘zining 60 yoshini nishonlamoqda. BMT prognozlariga ko‘ra asrimiz o‘rtalariga borib, yer yuzida 100 yoshdan oshgan 3,2 millionga yaqin kishi istiqomat qiladi. Bugungi kunda ularning soni 300 mingdan oshib ketgan. 2050-yilda aholining o‘rtacha yoshi 76 yoshni, 2100-yilda esa 85 yoshni tashkil qiladi. Bunga sog‘liqni saqlash tizimining yaxshilanishi, iqtisodiy farovonlik sabab bo‘ladi. Rivojlangan mamlakatlarda esa har bir ishlayotgan xodimga bir nafar pensioner to‘g‘ri keladi. XVIII asr o‘rtalarida yer yuzi aholisining 20 foizi Yevropada istiqomat qilardi. Sanoat inqilobi yuz bergach, “ko‘hna qita” aholisi birdaniga oshib ketdi va Birinchi jahon urushi yillariga kelib to‘rt barobar ko‘paydi. 1913 yilda Yevropa va Shimoliy Amerika aholisi yer yuzi aholisining 35 foizini tashkil qilardi. O‘shanda Yevropada Xitoy aholisidan ko‘p aholi yashardi. Oradan o‘tgan 100 yil vaziyatni butunlay o‘zgartirib yubordi. XXI asr boshlarida sayyoramiz aholisining atigi 17 foizi AQSH, Kanada va Yevropa mamlakatlari hissasiga to‘g‘ri kelardi. 2050-yilga borib bu raqam 12 foizga tushib qolishi aytilmoqda. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda yer yuzida 8,1 milliard kishi istiqomat qiladigan bo‘lsa, asrimiz o‘rtalarida bu raqam 9,6 milliardga yetadi. Avlodlar davomiyligini ta’minlash maqsadida bir ayolga o‘rtacha 2,1 nafar bola to‘g‘ri kelishi kerak. 2011-yilda bu raqam 1,5 tani tashkil qildi. Eng yuqori ko‘rsatkich Irlandiyada (2,02), Fransiyada (1,96) va Buyuk Britaniyada (1,91) qayd qilingan. Baribir me’yordagidek emas. Qolgan mamlakatlardagi ko‘rsatkich bong urish darajasida. Demografik vaziyat Janubiy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida ayanchli ekani aytiladi. Avlodlar davomiyligi bilan bog‘liq ayanchli vaziyat Germaniyada (1,41) ham kuzatilmoqda. Mazkur statistikadan ko‘rinib turibdiki, bir qator Yevropa mamlakatlari xalqlarining kelajagini yorqin deb bo‘lmaydi. Agar tug‘ilish shu darajada davom etadigan bo‘lsa, 40 yildan keyin Yevropa mamlakatlarining aholisi 100 million kishiga kamayadi. 60 yoshdan oshgan fuqorolar soni 47 foizga ko‘payib, mehnatiga yaroqli fuqorolar 24 foizga kamayadi. Bu, o‘z navbatida, sayyoramizning oldingi qatorida turadigan mamlakatlarning iqtisodiy o‘sishiga, sog‘liqni saqlash sohasiga va harbiy qudratiga ta’sir ko‘rsatadi. Yevropa, AQSH va Kanadaning jahon Yalpi Ichki mahsulotidagi hissasi 2050 yilda 30 foizdan kamayadi. Tahlilchilarning aytishicha, demografik muammolar bilan birgina Yevropa xalqlari to‘qnash kelayotgani yo‘q. Tez orada Janubiy Koreya, Yaponiya, Singapur va hatto Xitoy ham mehnatga yaroqli fuqorolarga muhtojlik sezadi. Birgina AQSH muammoni bartaraf etishi mumkin ekan. Bu mamlakatda yaqin-yaqingacha bir ayolga 2,4 bola to‘g‘ri kelardi. So‘nggi ikki yilda bu ko‘rsatkich anacha pasaydi. Biroq “okean orti”ga muhojirlarning ko‘plab kelishi bu muamoni hal qilish imkonini beradi. “Uchinchi dunyo” mamlakatlarida mutloqo boshqacha vaziyatini kuzatish mumkin. Bu mamlakatlarda har 15 oyda aholi 100 million kishiga ko‘pmoqda. Bugungi kunda 15 yoshdan kichik har 10 nafar bolaning 9 tasi rivojlanayotgan mamlakatlarda istiqomat qiladi. 2050 yilda jahon aholisining 70 foizi kam daromad ko‘radigan 25 ta mamlkatda istiqomat qilar ekan. Jahon yoshlarining ko‘pchiligi ish topish qiyin bo‘lgan mamlakatlarda istiqomat qilishi bu davlatlarning qashshoqlashuviga, g‘oyaviy jihatdan radikallashuviga va jahonda yangi “qaynoq nuqta”larning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Qashshoq va aholisi zich bo‘lgan mamlakat xalqlarining taraqqiy etgan davlatlarga ko‘chib ketishi tabiiy holga aylanadi. Muhojirlar Yevropa mamlakatlari oldidagi muammolarni hal qiluvchi yagona omilga aylanadi. Biroq muammoni hal qilishning bu omili ham bir qator muammolarga sabab bo‘lishi mumkin. Chunki muhojirlarning Yevropa jamiyati bilan integratsiyalashuvi muvaffaqiyatsizlikka uchramoqda. Bunga muhojirlarning o‘zlarining anana, urf-odat va dinlariga sodiq qolayotgani sabab sifatida ko‘riladi. Biroq Yevropa muhojirlarga oid siyosatidan voz kecha olmaydi. Shu sabab muhojirlarning Yevropaga moslashishi yo‘lida milliardlar emas, balki trillionlab yevro kerak bo‘ladi. Muammoning hal qilinishining ikkinchi yo‘li bu – yevropalik ayollarning ikki va undan ortiq farzand ko‘rishini targ‘ib qilishdan iborat. Ammo buning deyarli imkoni yo‘qligi aytiladi. Download 48.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling