Mavzu. Gibridli kompozitsion materiallar


Fazoviy to‘rli tuzilishdagi palimerlar


Download 56.45 Kb.
bet5/6
Sana03.02.2023
Hajmi56.45 Kb.
#1153205
1   2   3   4   5   6
Fazoviy to‘rli tuzilishdagi palimerlar.
g) Qizdirilganda polimerlar o‘zini tutishiga qarab termoplastik va termoreaktivlarga bo‘linadi.
Termoplastik polimerlar qizdirilganda yumshab eriydi va sovitilganda qotadi. Bu holatda material bilan xes qanday kimyoviy o‘zgarish sodir bo‘lmaydi. Bu esa erish va qotish jarayonlarini to‘la qaytadigan qiladi ya’ni ularni qayta ishlashga imkon yaratadi. Termoplastik polimerlar molekulasi chiziqli va chiziqli yoyilgan tuzilishga ega. Molekulalar orasida quvvatsiz kuchlar ta’sir etib, kimyoviy bog‘lanishlar mavjud emas. Termoplastik polimerlarni polietilen, polistirol, poliamid va boshqalar tashkil etadi. Termoplastik polimerlardan mahsulotlar suv sovitkichlarda bosim ostida qo‘yish, presslash, ekstruziya, pudab chiqarish va boshqa usullar bilan tayyorlanadilar.
Termoreaktiv polimerlar avvalo chiziqli tuzilishga ega bo‘lib, avvalo qizdirilganda yumshaydi, so‘ng kimyoviy reaksiyalar natijasida xajmiy tuzilishga eag bo‘lgan qattiq jismga aylanadi va yuqori qattiqliligi saqlanib qoladi. Qizdirish davom ettirilsa ular yumshamasdan xech qanday suyuqlikda erimaydigan bo‘lib qoladi. termoreaktiv polimerlar qayta ishlanmaydilar. Termoreaktiv polimerlarga: fenolformaldegid, kremniy organik va eloksid smolalar kiradi.
Polimerlar qattiq, suyuq, kristall va amorf xajmiy, shishasimon, yuqori elastik va qovushqoq xolatlarda bo‘ladi.
Konsentrlangan muxitda polimerlar yuqori bikirlikka egadir. Metallardan farqli o‘laroq ular elektrokimyoviy korroziyaga (zanglash) chidamliligi bilan farqlanadi. Molekulyar vazni o‘sishi ularni organik eritmalarda erishi pasayshiga olib keladi. Fazoviy tuzilishga ega polimerlarga organik eritmalar ta’sir ko‘rsatmaydi.
Ko‘p polimerlar dielektrik bo‘lib, nomagnit moddalarni tashkil qiladi. Barcha ishlatilib kelinayotgan konstruksion materiallarni polimerlar eng kichik issiqlik o‘tkazuvchanlikka va eng katta issiqlikni yutish hamda issiqlik qabul qilish xususiyatlariga ega. Polimerlarni issiqlik qabul qilishi metallarga nisbatan 10-20 marta ko‘proq. past xaroratda zich bog‘lanishlarni germetikligini yo‘qotishining sababi, Rezinani shishalanishi va shishalanish xolatida rezina va metalni kengayish koeffitsienti keskin farqlanishi polimerlarni past xaroratda zich bog‘lanishlarni germetikligini yo‘qotishiga olib keladi.
Polimerlarni mexanik ko‘rsatkichlariga ularning tuzilishi katta ta’sir ko‘rsatadi. Tuzilishidan farqli o‘laroq polimerlarni mexanik xossalariga tashqi faktorlar xam ta’sir etadilar (xarorat, bosim, atrof-muhit xarakteri, termik ishlov berish va h.k.).
Asosiy polimerlarning tasnifini quyidagi jadvalda keltiramiz.

Download 56.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling