Mavzu. Gibridli kompozitsion materiallar


Download 56.45 Kb.
bet3/6
Sana03.02.2023
Hajmi56.45 Kb.
#1153205
1   2   3   4   5   6
Press-kukunlar bu yog‘och uni yoki selyulozali yoki mineral kabi to‘ldiruvchilar bilan to‘ldirilgan kompozitsionn plastmassalar.
Press-materiallar bu paxta chiqindilari, asbest, shisha, ip tolalar bilan to‘ldirilgan kompozitsion materiallar.
Bog‘lovchi sifatida turli polimerlar ya’ni sintetik smolalar (fenolformaldegid, karbamid, epoksid, poliefir, va kremniy organik) qo‘llaniladi.
Press-kukun va press-materiallar termoreaktiv plastmassalarga kirib ulardan mahsulotlar presslash usuli bilan ishlab chiqariladi.
Ushbu materiallardan yarim mahsulot kukun, parchasimon va tola materiallar, tasma, chopilgan va saqich bilan shimdirilgan tola ko‘rinishda, ular dastlabki tabletka ko‘rinishga shakllantirilgan bo‘ladi. YArim fabrikat yopishqoq kompozitsiya ko‘rinishida ham bo‘ladi.
Ushbu materiallardan priborlarni korpuslari, soplar, elektr va radiotexnik mahsulotlar, podshipniklar, tormoz kolodkalari va disklari, nasoslar detallari, kranlar, quvurlar va quvurla armatura, maishiy mahsulotlar va boshqalar.
Polimerlar bir xil tuzilishga ega bo‘lgan sodda molekulyar birikmalardan tashkil topgan yuqori molekulyar kimyoviy birikmalardir. Uzun monomer zanjirlardan tuzilganligi makromolekulalarning yuqori egiluvchanligini ta’minlaydi.
Manomerlarda alohida atomlar bir birlari bilan mustahkam kovalent kimyoviy bog‘lanish bo‘ladi. Polimer makromolekulalar orasida esa kuchsiz fizik bog‘lanishlar mavjuddir. Masalan: S2N4 etilen monomeri yoki S2N3Sl vinilxloridlarni ikki kovalent bog‘lanishi uzilgandan so‘ng monomer zanjirlardan (merlar) zanjir yaratiladi, ya’ni ulardan polietilen va polivinilxlorid polimerlari xosil bo‘ladi.
Polimerlar quyidagicha ta’siflanadi: a) Kelib chiqishiga ko‘ra:

Polimerlarni kelib chiqishiga ko‘ra tasnifi


- jadval

Polimerlar

Tabiiy

Sintetik

Tabiiy kauchuk, sellyuloza, slyuda, asbest va jun.

Sodda molekulyar birikmalarni kimyoviy sintezi jarayonida olinadi

Sintez bu sodda kimyoviy birikmalar yoki aloxida elementlardan murakkab birikmalarning xosil bo‘lish jarayoni.
Sintetik polimerlar murakkab jism bo‘lib ularni xosil qilish tabiiy polimerlarning molekulyar tuzilishi va uni xosil qiluvchi elementlarning reaksiyaga kirishish xususiyatlarini chuqur bilishga asoslangan. Sun’iy polimerlar tabiiy polimerlarni modifikatsiyalash usuli bilan ham olinadi. Masalan, sun’iy polimer nitrotsellyuloza sellyulozani nitrotlash usuli bilan olinadi.
b) Tarkibiga ko‘ra: Polimerlarni tarkibiga ko‘ra tasnifi
- jadval

Polimerlar

Organik

Elementoorganik

Noorganik

katta guruxni tashkil qilib uglerod, vodorod, kislorod, azot, oltingugurt va galogen atomlaridan tashkil topgan

uglerod, vodorod, kislorod, azot, oltingugurt va galogen atomlari va kremniy, titan, alyuminiy va boshqa elementlar xamda boshqa organik radikallar bilan birikkan birikmalardan tashkil topadi.

selikatli shisha, sopol, slyuda, asbestlar kiradi. Noorganik polimerlarda uglerod atomi mavjud emas. Ularning asosi kremniy, alyuminiy va magniy oksidlarini tashkil etadi.


Download 56.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling