Mavzu. Gibridli kompozitsion materiallar


Asosiy polimerlarning xossalari


Download 56.45 Kb.
bet6/6
Sana03.02.2023
Hajmi56.45 Kb.
#1153205
1   2   3   4   5   6
Asosiy polimerlarning xossalari
-jadval



Polimer turi

γ, g/sm3

200Sda
E GPa

σv,
M Pa

200Sda KIc,
MPa*m1/2

ε, %

ts, 0S

Termoplastik polimerlar

1

Past zichlikka ega polietilen

0,92

0,15..0,24

7...17

1...2

90...800

0

2

YUqori zichlikka ega polietilen

0,96

0,55...1

20...37

2...5

15...100

30

3

Polivinilxlorid

1,39

2,4...3

40...60

2,4

2...30

80

4

Polipropilen

0,9

1,2...1,7

50...70

3,5

10...700

-20

5

Polistirol

1,06

3...3,3

35...68

2

1...2

100

6

Poliamid

1,14

2...3,5

60...110

3:5

60

70

Termoreaktiv polimerlar

1

Fenolformaldegidli smola

1,4

8

35-55

-

0

-

2

Poliester

-

1,3-4,5

45-85

0,5

0

70

3

Epoksidli smola

1,6

2,1-5,5

40-85

0,6…1

0

80



Bu erda,

γ, -

Zichlik, g/sm3

E -

200Sda qayishqoqlik moduli, GPa

σv -

vaqtinchali qarshilik M Pa

KIc, -

200Sda qovushqoq oquvchanlik buzilishi MPa*m1/2

ε-

% To‘la cho‘ziluvchanlik

ts, -

shishalanish harorati 0S

Barcha polimerlar nisbatan har xil darajada eskirish jarayoniga duch keladilar.
Polimerlarni eskirishi - bu murakkab kimyoviy, fizik jarayonlarni natijasida hamda materiallarni saqlanishi va ishlatilishida muhim texnik ko‘rsatkichlar xolatida sodir etiladigan qaytarilmas o‘zgarishlaridir.
Eskirishga yorug‘lik, isitish-sovitish sikllarini tez almashinuvi, kislorod va azonlarni ta’siri va boshqa faktorlar sabab bo‘ladi. Eskirish ko‘p marotalik deformatsiyalarda tezlashsa, namlik esa eskirishga nisbatan kamroq ta’sir etadi. YUqori haroratda (200-2500S) polimer molekulalarning parchalanishi (destruksiya) ro‘y beradi, bu holatda moddalarni bug‘lanishi davom etadi. Polimerning muhim xususiyatlaridan biri relaksatsiyalanishidir. Agar polimerni cho‘zib deformatsiyalashgan holatga keltirilib maxkamlanib qo‘yilsa strukturadagi segmentlar (zvenolar)ning qayta taqsimlanishi natijasida yuqori elastik deformatsiya ro‘y beradi. Bunda kuchlanish darajasi pasayib relaksatsiya xodisasi ro‘y beradi.
Reloksatsiya vaqti- vaqt birligi ichida avvalgi kuchlanish qiymatining n marta kamayishi. Bu xolat bir necha minutdan bir necha yilgacha bo‘lishi mumkin.
Polivinilxlorid plastikni nisbiy uzayishiga atmosfera qaritishi davomiyligini ta’siri (dastlabki uzunlik 100% deb qabul qilingan).
1. Stabilizatsiyalashngan xolat
2. Stabilizatsiyalashmagan xolat

σv -

vaqtinchali qarshilik M Pa

t -

vaqt, oy

Materiallarning doimiy kuch ta’sirida o‘z-o‘zini cho‘zilishi xam reaksion xususiyatga ega.
Polimerlar tuzilishini mukammallashtirish maqsadida ular fizik - kimyoviy modifikatsiyalanadi ya’ni polimerlarga legirlovchi elementlar, stabilizatorlar, plastifikatorlar, bo‘yovchi moddalar qo‘shiladi.
Polimerlarni qayta ishlash yoki ishlatishda elastiklikni oshirish maqsadida plastifikatorlar qo‘shiladi.
Poliefirlar, efirlar, xlorbirikmalari plastifikatorlar sifatida qo‘llaniladi. Ularning vazifasi elastikligini oshirishdan iborat bo‘lib, polimer tarkibiga plastifikatorlar eritma tariqasida kiritiladi.
Destruksiya - tashqi ta’sir natijasida polimerlarni parchalanishi. Bu zanjirli reaksiyali jarayon bo‘lib, uning natijasida emirilish sodir bo‘ladi. Parchalanishidagi zanjir reaksiyasining borishiga stabilizatorlar to‘sqinlik qiladi.
Stabilizatorlar turlari
-jadval

Stabilizatorlar

Antioksidantlar

Ingibitorlar

YOrug‘likstabilizator

Antirodialar

oksidlanishning oldini oladi

xarorat ta’sirida parchalanishini to‘xtatadi

yorug‘lik nuri ta’sirida parchalanishini oldini oladigan birikmalar.

radiatsion nur ta’sirida parchalanishini to‘xtatadigan birikmalar

Stabilizatorlar polimerlarni sintezi yoki qayta ishlashda 0,01-2% qo‘shiladi. Stabilizator sifatida aminlar, fenol xosilalari juda maydalangan metallar qo‘llanishi mumkin.
Polimerlarni rangini o‘zgartirish uchun bo‘yoq moddalar (pigmentlar) qo‘llaniladi.
Bo‘yoqlar organik va noorganik birikmalar bo‘lishi mumkin. Bo‘yoqlar tayyorlashda metall oksidlari (TiO2, Fe2O3), metall tuzlari hamda qurumdan foydalaniladi.
To‘rsimon tuzilishni xosil qilish polimer materiallarga qo‘shimchalar kiritiladi.
Kauchukni to‘rsimon tuzilishini hosil qilishda oltingugurt, selen, fenol qo‘llaniladi. Epoksid, poliefir, fenolarning qattiq xolga keltirish uchun murakkab birikmalar qo‘shiladi.
Makromolekulalarning tartibli joylashtirilishida hosil bo‘ladigan kristall tuzilishlarini xosil qilish uchun 0,1-2% legirlovchi elementlar qo‘shiladi.



Download 56.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling