Mavzu: gigroskopik suv


Download 19.6 Kb.
bet1/3
Sana13.01.2023
Hajmi19.6 Kb.
#1090031
  1   2   3
Bog'liq
GIGROSKOPIK SUV


MAVZU: GIGROSKOPIK SUV
REJA:

  1. Tuproqdagi suvning turlari

  2. Tuproqning suv xossalari va suv o`tkazuvchanligi

  3. Tuproqning suvni bo`g`latish xossasi va suv balansi


Kimyoviy birikgan suv –tuproq tarkibidagi mineral kalloidlar va menerallar tarkibida gedroksil birikma (Fe(OH)3, Al(OH)3, Ca(OH)2 yoki malekula xolida (CaSO4).2H2O), Na2SO4.10H2O) uchraydi. Gedroksil birikmalardagi suvni ajratishda tuproqni ancha yuqori darajada (400-800) gradisda qizdirish kerak buladi, ammo geps (CaSO42H2O) va merabelet (Na2SO4.10H2O) singari menerallardagi suv malekulasini ajratib yuborish uchun esa tuproqni 100-200 gradisda qizdirish kifoya qiladi. Tuproqnong muxim tarkibiy qismi xisoblangan kimyoviy suv o`simlikga singmaydigan xolatdadir, yane o`simlikning suvga bulgan talabini tamin etishda qatnashmaydi.
Gigroskopik suv-tuproq zarralari yuzasiga adsorfsiyalangan yane singdirilgan suv xisoblanadi. Tuproqning xavodagi namni singdirib olish qobiliyatiga Gigroskopiklik va singdirilgan namga esa Gigroskopiklik suv deyiladi. Gigroskopik suvning miqdori xavoning nisbiy namligi va xaroratiga hamda tuproqning meneralogek, mexanokaviy va organik tarkibiga bog`liq.
Xavoning nisbiy namligi qancha yuqori bulsa, tuproq suv malekulalarini shuncha kup singdiradi va natejada tuproqda Gigroskopik suv miqdori xam kupayadi . issiqlik ortgan sayin ruproqda suv oz singdiriladi va aksincha, tempratura pasayishi bilan tuproq suvni kuproq singdira boshlaydi. Tuproqdagi suvni aniqlash yuzasidan olib borilgan tekshirishlar tuproq zarralari yuzasini bir jecha qavat suv malekulalari o`rab olishi natejasida Gigroskopik suv paydo bulishligini kursatadi. Xavo suv bug`i bilan tuyingan (xavonong nisbiy namligi 100% ga yaqin) sharoetda tuproq zarralari yuzasidagi Gigroskopik suv miqdori 1,5-2 barobar kupayadi va maksemal Gigroskopiklik vujutga keladi. Tuproq yo`zasiga suvning adsorbsiyalanish (singish) pratsessi tuproqning egzotermik, yane malum darajada issiqlik chiqarish xarakteri bilan bog`liq bulib, bu esa adsorbsiya xolatining asosiy kursatkichlaridan biri xisoblanadi. Gigroskopik suvning miqdori birinci navbatda tuproqning mexanikaviy va meneralogek tarkibi xamda organik moddalar miqdoriga bog`liq. Serchirindi va mexanokaviy tarkibli tuproqlarda Gigroskopik suv oz chirindili yengil tuproqdagina nisbatan kup buladi. Kuchli bosim (bir necha mong atmasfera bosimiga teng) tasiri ostida adsorbsiyalangan bu Gigroskopik suv mustaxkam birikgan suv deyiladi va o`simlikga singmaydi. O`simlik ildizi osmatik bosimi ancha kam bulganligidan bu turdagi suvni o`ziga shimib olmaydi. Erkin xoldagi suvda eriydigan moddalar odatda Gigroskopik suvda erimaydi. Bu suv tuproqdagi xarorat 4-78 gradis oralig`ida bulgandagina muzlaydi. Gigroskopik suv zarra yuzasida xarakat etmaydi, uni chiqarib yuborish uchun tuproqni bir necha soat davomida 100-105 gradis issiqlikda qizdirish bkerak buladi. Anashundagina tuproq absalyut quruq xolatga utadi. Demak, tabiiy sharoetda xar qanday tuproqda xam malum miqdorda Gigroskopik suv buladi.

Download 19.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling