Mavzu: Gimnastikaning rivojlanish tarixi va jismoniy tarbiya tizimidagi o’rni


Download 124.63 Kb.
bet4/8
Sana19.06.2023
Hajmi124.63 Kb.
#1601854
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Gimnastikaning rivojlanish tarixi va jismoniy tarbiya (1)

Gimnastikaning asosiy vositalari. Maxsus ishlab chiqilgan harakat formalari gimnastikaning tipik vositalari (mashqlari) hisoblanadi. Ular yordamida odamning hayotiy muhim harakatlantiruvchi qobiliyatlari takomillashtiriladi. Ko‘p mashqlar odamlarning mehnat harbiy va turmush faoliyatidan (yurish, yugurish, tirmashib chiqish, sakrash, emaklash, muvozanat saqlash, uloqtirish, to‘siqlardan oshib o‘tish, yuk tashish va v,k.) olingan.7 Jismoniy tarbiya amaliyoti haqidagi ilmiy bilimlar rivojlana borgan sayin bir buto’n harakatlantiruvchi faoliyatdan ajratib olingan elementar harakatlardan iborat mashqlar paydo bo‘la boshladi. Bu mashqlar asosan harakat asoslarini o‘rgatish uchun, jismoniy hislatlarni rivojlantirish va turli pedagogik vazifalarni hal etish uchun qo‘llaniladi. Tananing ayrim a’zolariga mo‘ljallangan hamda turli gimnastika asboblarida ijro etiladigan mashqlar shular qatoriga kiradi. Gimnastika mashqlari pedagogik vazifalarga hamda harakatlantiruvchi faoliyat strukturasiga muvofiq tarzda quyidagi asosiy guruhlarga bo‘linadi: 1. Saf mashqlari - safda birgalikda bajariladigan, shug‘ullanuvchilarda uyushqoqlik va intizomni, jamoa bo‘lib harakat qilish malakalarini, qad qomatni (safdagidek, qomat tutishni) tarbiyalashga, sho’ningdek, ritm va sur’at hissini tarbiyalashga yordamlashadigan harakatlardir. Saf mashqlaridan bir tomondan jismoniy harakat mashg‘ulotlarini (ayniqsa mashg‘ulotning jamo shakllarida) oqilona uyushtirish usuli sifatida foydalaniladi, ikkinchi tomondan esa o’ndan inson organizmini shakllantiradigan va rivojlantiradigan, uyushgan xatti-harakat ko‘nikma va malakalarni tarbiyalaydigan muayyan harakatlantiruvchi faoliyat sifatida foydalaniladi.
2. Umumrivojlantiruvchi - mashqlar ko‘proq ayrim bo‘g‘in, qismlarida bajariladigan, ya’ni har yoqlama jismoniy tayyorgarlik uchun, organizmning fuknsional imkoniyatlarini kengaytirish va qad qomatni tarbiyalash uchun qo‘llaniladigan mashqlardir. Ular ayrim muskul guruhlariga, tana a’zolariga alohida, sho’ningdek, buto’n harakatlantiruvchi apparatga umumiy ta’sir ko‘rsatadi, xilma-xil ko‘nikmalarni o‘zlashtirish jarayonini yengillashtiradi. Umumrivojlantiruvchi mashqlar kishiga sho’nday dastlabki elementar ko‘nikma va malakalarni egallab olish imkonini beradiki, ulardan kishi keyinchalik o‘z harakatlantiruvchi qobiliyatlarini takomillashtirish maqsadida har qanday murakkablikka ega bo‘lgan yaxlit harakatlantiruvchi faoliyatni tashkil qilishda foydalanadi.

Download 124.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling