Mavzu: Gimnastikaning rivojlanish tarixi va jismoniy tarbiya tizimidagi o’rni


Download 124.63 Kb.
bet6/8
Sana19.06.2023
Hajmi124.63 Kb.
#1601854
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Gimnastikaning rivojlanish tarixi va jismoniy tarbiya (1)

8. Badiiy gimnastika mashqlari gimnastika asboblari (arg‘amchi, gardish, lenta, to‘p, cho‘qmorlar va h.k.) bilan va gimnastika asboblarisiz ijro etiladigan, shakli jihatidan turlicha raqs harakteridagi harakatlarning uzviy va biriktrib ketgan kombinatsiyalaridan iborat bo‘ladi. Ular musiqa jo‘rligida ijro etilib, jismoniy kamolot hamda nafislik, erkinlik va jozibadorlikni tarbiyalash vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Bo’nday mashqlar kontingenti xotin-qizlardan iborat mashg‘ulotlarda qo‘llaniladi.
Gimnastikaning asosiy vositalarini kishining maksimal kamol topishi uchun ko‘proq qanday ta’sir ko‘rsatishini hisoblagan holda quyidagi guruqlarga ajratish mumkin:

  1. jismoniy hislatlar va harakatlantiruvchi qobiliyatlarni umuman rivojlantirishga qaratilgan mashqlar (saf mashqlari, umumrivojlantiruvchi mashqlar, o‘yin va estafetalar);

  2. Hayotiy zarur ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan mashqlar (amaliy mashqlar, tayanmay sakrashlar);

v) Harakatlantiruvchi qobiliyat va irodaviy hislatlarni intensiv rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan mashqlar (erkin mashqlar, tayanib sakrashlar, asboblarda bajariladigan mashqlar, akrobatika mashqlari va badiiy gimnastika).
Gimnastika asosiy vositalarining hammasini mana shu yahlitda ajratish gimnastikaning biron turi uchun, turli pedagogik vazifalarni hal qilish uchun muayyan mashqlar tanlashni osonlashtiradi. ko‘pchilik muhim ko‘nikma va malakalarni takomillashtirish hamda mustahkamlash, shug‘ullanuvchilarning emotsional kayfiyatini ko‘tarish va mashg‘ulot jarayoniga ishtiyoqni oshirish maqsadida gimnastika mashg‘ulotlarida mashqlar bilan bir qatorda xilma xil harakatli o‘yinlar keng qo‘llaniladi. Estafetalar o‘tkazganda ham o‘yinlardagi maqsad ko‘zda tutiladiyu, ammo estafetalarda musobaqalashuv elementi ko‘proq ko‘zga tashlanadi. Gimnastikaning xususiyatlari. Gimnastikaga mashqlarni qat’iy bir me’yorda bajarish va shug‘ullanuvchilar faoliyatini aniq uyushtirish uslubi xos bo‘lib, ana sho’ning natijasida yangi-yangi malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish uchun eng qulay sharoit, sho’ningdek oshirilgan ish qobiliyatiga zamin bo‘luvchi tegishli emotsional muhit yaratiladi. quyidagilar gimnastikaning uslubiy xususiyatlariga kiradi:

Download 124.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling