Mavzu: Gimnastikaning rivojlanish tarixi va jismoniy tarbiya tizimidagi o’rni


Gimnastika jismoniy tarbiya tizimida


Download 124.63 Kb.
bet3/8
Sana19.06.2023
Hajmi124.63 Kb.
#1601854
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Gimnastikaning rivojlanish tarixi va jismoniy tarbiya (1)

Gimnastika jismoniy tarbiya tizimida
«Gimnastika» yo’noncha «gymnos» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «yalong‘och» degan ma’noni anglatadi. Jaxon faning atoqli arboblari bo‘lgan rus olimlari I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, I.N.Mechnikov, P.F.Lesgaft, V.V.Gorinevskiylar jismoniy mashqlarga, jumladan, gimnastika mashqlariga katta ahamiyat berib, bu mashqlarni hayotiy faoliyat va ishchanlik qobiliyatini oshirishning, sho’ningdek sog‘lomlashish va faol dam olishning eng yaxshi vositasi deb bilgan edilar.
Sho’ningdek, yo’noncha gymnostike (gymnazo-trener, mashq qildiraman so‘zidan) so‘zining kishi salomatligini mustahkamlash, o’ni har tomonlama jismonan tarbiyalash va harakat qobiliyatlarini, kuchi, chaqqonligi, harakat tezkorligi, chidamliligi va boshqa xususiyatlarini takomillashtirish uchun ishlatiladigan maxsus tanlangan jismoniy mashqlar, uslubiy usullarning tizimi, degan ma’nosi ham bor. Quyidagilar o’ning asosiy vazifalaridir:

      1. Inson organizmi shakl va fo’nksiyalarini jismoniy qobiliyatlarini har tomonlama takomillashtirishga, salomatligi mustahkamlashga, uzoq yillar davomida faoliyat ko‘rsatib yashashlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan mukammal rivojlantirish.

      2. Hayotiy muxim harakat ko‘nikma va malakalarini (shu jumladan, amaliy va sport ko‘nikmalarini) shakllantirish va maxsus bilimlar bilan qurollantirish.

      3. Axloqiy, irodaviy va estetik hislatlarni tarbiyalash. ko‘p asrlik tajriba va jismoniy tarbiya sohasidagi zamonaviy fan yutuqlari asosida yaratilgan gimnastika yanada rivoj topdi va keng tadbiq etiladigan bo‘ldi.

Ayniqsa bolalar va o‘smirlarni jismoniy shakllantirishda gimnastikaning ahamiyati katta. Gimnastikaning xilma-xil vosita va uslublari yordamida boshlang‘ich jismoniy tarbiya vazifalari muvaffaqiyatliroq hal qilinadi, bolalar va o‘smirlarda jismoniy hamda harakat qobiliyatlarini rivojlantirish uchun asos yaratiladi, ularning fo’nksional va ko‘nikish imkoniyatlari ancha yaratiladi. Gimnastikaning juda katta gigiena-sog‘lomlashtirish ahamiyati bor. Qadimgi do’nyoning atoqli mutafakkirlaridan biri Plutarx gimnastikaning sog‘lomlashtirish ahamiyatiga baho berib: “Gimnastika tibbiyotning shifobaxsh qismidir”-degan edi. Jaxon faning atoqli arboblari bo‘lgan rus olimlari I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, I.N.Mechnikov, P.F.Lesgaft, V.V.Gorinevskiylar jismoniy mashqlarga, jumladan, gimnastika mashqlariga katta ahamiyat berib, bu mashqlarni hayotiy faoliyat va ishchanlik qobiliyatini oshirishning, sho’ningdek sog‘lomlashish va faol dam olishning eng yaxshi vositasi deb bilgan edilar. Gimnastika bilan hamma-bolalar-u kattalar, keksalar-u yoshlar, yaxshi tayorgarlik ko‘rganlar-u endi boshlovchilar, sog‘lom kishilar-u va, xatto betob kishilar- shug‘ullanishlari mumkin. Gimnastika bilan maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalarida, maktablarda, kasb-ho’nar kollejlarida, litsey va oliy o‘quv yurtlarida, sport jamiyatlarida, ishlab chiqarish jamoalarida va davolash pansionatlarida, dam olish uylari va sanatoriyalarida, qurolli kuchlar va ichki ishlar bo‘limida ham shug‘ullanadi. Gimnastika bilan ko‘plar o‘z uylarida radiodan eshitib, televizordan ko‘rib turib, uy boshqarmalariga qarashli turar joy va hokozolarda shug‘ullanadilar. Gimnastikaning bo’nchalik keng yoyilganligiga sabab o’ning vositalarining barchaga tusho’narli va xilma xil ekanligida, jismoniy tarbiyaning turli vazifalarini hal qilish uchun mashqlar tanlash imkoniyati katta ekanligidadir. Gimnastika mashg‘ulotlarida hayotiy zarur malaka hamda ko‘nikmalar orttiriladi va takomillashtiriladi. «Alpomish va Barchinoy maxsus testlari majmuini ommalashtirish yullari» da gimnastikadan normativlar bor, sho’ningdek, shug‘ullanuvchilar keltiringan testlarida bilib olishlari kerak bo‘lgan pedagogik malaka va ko‘nikmalar ko‘rsatib berilgan. Gimnastikaning ta’limiy ahamiyati ham juda katta. o‘quv topshiriqlari aniq taqsimlanishining shartliligi, harakatlar analizi va sintezining keng ishlatilishi o‘rganilgan harakat faoliyatlarining xilma-xil ijro variantlarida murakkablashtirilishi, harakatlarni cheksiz kombinatsiyalash, forma va koordinatsiya jihatidan xilma-xil bo’lgan juda ko‘p jismoniy mashqlarni O‘rganish bo’larning hammasi shug‘ullanuvchilarga o‘zlarining harakat imkoniyatlarini baholashni va harakat faoliyati umumiy Qono’niyatlarini aniqlab olishni o‘rganish imkonini beradi. Gimnastika insonni estetik tarbiyalashning samarali vositasi hisoblanadi. Gimnastika mashqlarini ijro etish texnikasining gimnastikaga xos uslub talab qiladigan darajada mukammal bo‘lishi uchun harakatlar ravon va ifodali bo‘lishi, ijrochining harakatlari o‘ziga yarashadigan, nafis bo‘lishi kerak. Gimnastika bilan shug‘ullanish natijasida kelishgan kaddi-qomatga ega bo‘linadi, gavda tuzilishidagi nuqsonlar tuzaladi, gavdaning ayrim bo‘g‘inlari taraqqiyotida ham, umuman gavda taraqqiyotida ham juda yaxshi mutanosiblikka erishiladi. Gimnastikaning pedagogik ahamiyati ham juda katta. Gimnastika bilan shug‘ullanuvchilar milliy g‘oyaviylik va onglilik ruhida, aktivlik va mehnatga ijodiy mo’nosabatda bo‘lish ruhida tarbiya topadilar, mashg‘ulotlarning qat’iy bir tartibda bo‘lishi, ta’lim berish jarayonini shug‘ullanuvchilarning maksimal aktivligida tashkil etish-bo’larning hammasi ularni intizomli qiladi, jismoniy tarbiya jarayoniga e’tibor bilan qarashga odatlantiradi. nixoyat, gimnastika aqliy ta’lim bilan jismoniy tarbiya birligining yorqin namo’nasidir. Gimnastikada qo‘llaniladigan uslublar shug‘ullanuvchilarning intelektual faoliyati aktivligini rag‘batlantirish imkonini beradi, markaziy asab tizimining moyilligini, o’ning muskul faoliyatining turli holatlariga moslasha olish qobiliyatini shakllantirishga yordam beradi. O‘zbekistonda jismoniy tarbiya o‘zaro aloqador turli yo‘nalishda amalga oshiriladi. Bo’lardan biri umumtayyorlov yo‘nalishi bo‘lsa, ikkinchisi ixtisoslashgan amaliy (kasb-ho’nar-amaliy, harbiy (ichki ishlar) - amaliy va sport-amaliy) yo‘nalishdir. Gimnastikaning vositalari, o’ning mashg‘ulotni tashkil etishdagi uslub va usullari har yo‘nalishlarida ham keng qo‘llaniladi. yuqorida qayd etib o‘tganimizdek, gimnastikaning o‘ta ta’sirchanligi boshlang‘ich jismoniy tarbiya bosqichlarida, insonning jismoniy qobiliyatlarini har yoqlama va garmonik rivojlantirish poydevori yaratilayotgan vaqtda namoyon bo‘ladi. Gimnastikaning bu asosiy fo’nksiyasi o’ning ko‘p asrlik taraqqiyot tarixi mobaynida shakllandi va qaror topdi, bu o’ning jismoniy tarbiyaning ko‘p yoqlama mazmo’nidagi aniq vazifasini tashkil etadi. Gimnastika mashqlarining xilma- xilligini hisobga olgan holda ta’sir etishi qa’tiy bir tartibda olib borilsa, ular kishi organizmining ayrim tizimlariga tanlab va loqal (alohida bug‘imlariga) ta’sir ko’rsatadi bu esa gimnastikadan jismoniy tarbiyaning amaliy-ixtisoslashgan formalarida foydalanishni belgilab beradi. Sport faoliyatida gimnastikaning to‘rtta mustaqil turi bor: sport gimnastika, akrobatika, trampolin va badiiy gimnastika. Sport gimnastikasi-sportning olimpiada turi, olimpiya o‘yinlari qayta tiklangan (1896-y.)dan beri gimnastika hozirgii olimpiya o‘yinlari qatoridan mustahkam o‘rin egallab kelmoqda. Akrobatika va badiiy gimnastika musobaqalarining oliy formasi-jahon birinchiliklaridir.

Download 124.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling