Mavzu: giyohvandlik-umr zavoli reja: giyohvandlik nima?


Giyohvandlik balosi - xalqaro xavfsizlikka tahdid


Download 55.31 Kb.
bet3/4
Sana04.02.2023
Hajmi55.31 Kb.
#1165180
1   2   3   4
Bog'liq
JURAYEV

Giyohvandlik balosi - xalqaro xavfsizlikka tahdid

Berlinda «Markaziy Osiyo mintaqasida narkotiklar bilan bog'liq vaziyat va O'zbekiston Respublikasi hukumatining giyohvandlik moddalari savdosiga qarshi kurashdagi sa'y-harakatlari» mavzuida taqdimot bo'lib o'tdi.

Tadbir O'zbekistonning GFRdagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan bo'lib, unda federal hukumat, huquq-tartibot idoralari, Bundestag (parlament), tashqi ishlar, ichki ishlar hamda sog'liqni saqlash vazirliklari, jinoyat qidiruv polisiyasi boshqarmasi, bojxona jinoyat qidiruv boshqarmasi vakillari, siyosiy jamg'armalar va tadqiqot markazlari ekspertlari, shuningdek, Germaniyadagi xorijiy diplomatiya korpusi va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Taqdimotda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi direktori K.Do'smetov so'zga chiqdi. Tadbir ishtirokchilari e'tiboriga O'zbekistonda huquq-tartibotni mustahkamlash borasida olib borilayotgan har taraflama chora-tadbirlar va giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanishi bilan bog'liq jinoyatlarga qarshi kurashning asosiy yo'nalishlari to'g'risida batafsil ma'lumot berildi.

Taqdimot chog'ida Markaziy Osiyoda narkotiklar bilan bog'liq vaziyatning asosiy jihatlari ta'kidlangani holda uning so'nggi yillarda qoradori hosili hamda Yevropa va jahondagi boshqa mintaqalarga narkotik moddalar kontrabandasi kuchayib borayotgan Afg'onistondagi notinchlik bilan uzviy bog'liqligi qayd etildi.

Giyohvandlik moddalari muammosi terrorizm va ekstremizm kabi tahdidlar bilan bevosita aloqadorligi ta'kidlandi. Ushbu yo'nalishda xalqaro hamkorlikni, jumladan transmilliy jinoiy guruhlar narkoxuruji xavfiga bevosita yuzma-yuz kelayotgan Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan aloqalarni faollashtirish muhim ekanligiga mehmonlar e'tibori qaratildi.

Tadbir ishtirokchilariga O'zbekiston huquq-tartibot idoralari tomonidan narkotik moddalar asosida sodir etilayotgan jinoyatlarga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida ham batafsil ma'lumot berildi. Faoliyati hukumat darajasida yaqindan muvofiqlashtirilayotgan Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish bo'yicha davlat va mintaqaviy komissiyalar, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy ahborot-tahlil markazi ishi bilan atroflicha tanishtirildi.

Bo'lib o'tgan taqdimot ishtirokchilarda katta qiziqish uyg'otdi. Bu borada axborotlarni «birinchi qo'l»dan ya'ni mintaqadagi mutaxassis va ekspertlardan bevosita olingani ularning Markaziy Osiyoda giyohvandlik moddalari bilan bog'liq vaziyatga oid tasavvurlarini sezilarli darajada kengaytirgani qayd etildi. Tadbir qatnashchilari narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda O'zbekiston hukumati tomonidan ko'rilayotgan amaliy chora-tadbirlarga yuksak baho berdi.

Xususan, Bundestag eksperti A.Burger quyidagilarni qayd etdi: «o'tkazilgan tadbir O'zbekiston narkotik moddalar tahdidiga qarshi kurashda Germaniya va Yevropa Ittifoqi bilan har tomonlama hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanini namoyish etdi. Biz uchun Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan Afg'onistonga bevosita chegaradosh bo'lgan O'zbekiston bilan hamkorlikni mustahkamlash juda muhimdir. Binobarin, Afg'onistonda qoradori yetishtirish sur'ati o'sib borayotgani xalqaro hamjamiyatni jiddiy xavotirga solmoqda».




Download 55.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling