Mavzu: giyohvandlik-umr zavoli reja: giyohvandlik nima?
Giyohvandlik- taraqqiyot kushandasi
Download 55.31 Kb.
|
JURAYEV
- Bu sahifa navigatsiya:
- Giyohvandlik – asr vabosi
Giyohvandlik- taraqqiyot kushandasi
Poytaxtimizda "Giyohvandlik - asr vabosi" mavzuida huquqiy-ma`rifiy tadbir bo`lib o`tdi. U Respublika "Ma`naviyat va ma`rifat" markazi, O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, "Mahalla" xayriya jamg`armasi, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati, Toshkent shahar O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi boshqarmasi tashabbusi bilan o`tkazildi. Tadbirda ta`kidlanganidek, bugungi kunda kurrai zaminimizda giyohvandlik tobora avj olayotgani butun xalqaro hamjamiyatni tashvishga solayotir."Asr vabosi" deb atalayotgan bu illat terrorchilik, diniy ekstremizm va mutaassiblik bilan chambarchas bog`liq ekani hech kimga sir emas.
Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazida 26 iyun – Xalqaro narkotik moddalarni suiiste’mol qilish va ularning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Giyohvandlik - asr vabosi” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Ma’naviyat va ma’rifat kengashi, Bosh prokuratura, Xalq ta’limi vazirligi hamda “Mahalla” xayriya jamg‘armasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirda huquq-tartibot idoralari vakillari, pedagoglar, mahallalar hamda xotin-qizlar qo‘mitalari faollari, diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilar ishtirok etdi. Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi rahbari Q.A’zamov, Respublika “Mahalla” xayriya jamg‘armasi raisi A.Gadoyboyev va boshqalar mamlakatimizda narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi samarali ishlar olib borilayotganini alohida ta’kidladilar. Zero, giyohvandlik kishilar sog‘lig‘iga putur yetkazish bilangina cheklanib qolmay, butun jamiyat, kelajak uchun ham xavfli oqibatlar keltirib chiqarishi yaxshi ma’lum. Huquq-tartibot idoralari mamlakatimizga qo‘shni davlatlardan narkotik moddalar kirib kelishining oldini olish borasida barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Bu esa yurtimizda barqarorlik va osoyishtalikning asosiy kafolatlaridan biri bo‘lib xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, giyohvandlikning yoshlar o‘rtasida yoyilishini bartaraf etish maqsadida huquq-tartibot idoralari jamoat tashkilotlari, mahallalar, ta’lim va tibbiyot muassasalari bilan mustahkam aloqa o‘rnatgan. Bu borada tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda tarbiyaviy ishlarni yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Download 55.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling