Mavzu: global demografik muammo


-rasm. 2000-2017 yillarda Oʻzbekistonda tugʻilganlarning miqdori va tugʻilishning umumiy koeffitsiyenti8


Download 0.77 Mb.
bet10/11
Sana18.06.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1561146
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Global demografik muammo-

2-rasm. 2000-2017 yillarda Oʻzbekistonda tugʻilganlarning miqdori va tugʻilishning umumiy koeffitsiyenti8
Mamlakatda nisbatan yuqori tugʻilish darajasi mavjudligi quyidagi holatlarga olib keldi: bugungi kunda Oʻzbekistonda mehnat resurslari mamlakat aholisining 57,7 foizini tashkil etadi. Ushbu nisbatning koʻrsatkichlariga koʻra, Oʻzbekiston dunyoda yetakchi oʻrinni egallaydi. Demografik rivojlanish va innovatsion tendensiyalar taʼsirida iqtisodiyotning tubdan tarkibiy oʻzgarishlar natijasida mehnat bozoridagi vaziyat keskinlashib bormoqda va yaqin yillarda yanada keskinlashishi aniq.Oʻzbekistonning 2017 yil 1 yanvar holatiga koʻra 18,8 million mehnatga layoqatli resurslaridan 14,6 million kishi iqtisodiy jihatdan faol va 4,2 million kishi iqtisodiy faol boʻlmagan aholi toifasiga kirishadi. Iqtisodiy faol aholi sonining 5,3 mln. kishi yoki 40,2% iqtisodiyotning rasmiy sektorida va 7,9 mln. kishini yoki 59,8% norasmiy ishlab chiqarish sektorida ishlaydi. Bu raqam Oʻzbekistonning milliy iqtisodiyotining bozor tizimini chuqurlashganligi dinamik darajasining hozirgi holatini belgilab beradi va shu bilan birga jamiyatdagi mehnat resurslarini sanoat va hududlar miqyosida taqsimlash va ulardan foydalanish samaradorligi, malakaviy, jinsiy hamda yoshiga doir darajasi boʻyicha jiddiy muammolar mavjudligidan dalolat berib turibdi .

3-rasm. 2000-2017 yillarda Oʻzbekistonda band aholi sonining oʻzgarishi9
Oʻzbekiston iqtisodiyoti oldida mehnatga layoqatli aholini bandlik darajasini oshirish uchun prinsipial yangi, innovatsion talablariga muvofiq siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishning dolzarb muammolari turibdi. Mamlakatimizda istiqbolda yuqori darajadagi demografik bosimni mehnat bozoriga salbiy taʼsirini eʼtiborga olgan holda iqtisodiy faol aholini ishga jalb qilish borasida davlat dasturlari va tadbirlari amalga oshirib kelinmoqda.
Yuqorida qayd etilganidek, respublika demografik oʻtishning uchinchi bosqichida, yaʼni yosh aholi tarkibiy tuzilishi hisobiga tugʻilish darajasi va oʻlim koʻrsatkichining pastligi bilan tavsiflanadi. Hozirgi paytda aholimiz oʻrtacha yoshi 25,7 yoshni tashkil etadi (erkaklar — 25,2, ayollar — 26,3 yosh). Aholining yillik tabiiy oʻsishi 450-500 ming kishini tashkil etadi. [3.15]. Oʻzbekistonning mehnat bozorini shakllantirishga taʼsir qiladigan yosh tarkibiy tuzilishining oʻziga xos xususiyati 30 yoshgacha boʻlgan aholining katta qismini tashkil etadi.
Demografik jarayonlar uchun yana bir muhim masala — Oʻzbekiston aholisi ulushida pensionerlarning oʻrni asta-sekin oʻsib borishi. Pensiya sohasida mavjud vaziyatga taʼsir koʻrsatadigan asosiy omillardan biri aholini ish bilan bandlik koʻrsatkichlarida tarkibiy oʻzgarishi hisoblanadi. Xususan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohalariga mehnat resurslarining beqaror rasmiy sohalardan xususiy sektorga oqimi kuchayishi, kichik chakana savdo shaklida ifodalangan norasmiy ish bilan band aholi oʻsishi, asosan qishloq xoʻjaligi sohasidagi norasmiy ish bilan vaqtincha band boʻlganlar va boshqa turdagi xizmat qilayotgan shaxslar kiradi. Ushbu toifadagilar faoliyati asosiy xususiyati — mehnat shartnomalari va ijtimoiy himoya kafolatlarining mavjud emasligi, soliqlarni muntazam toʻlamaslik va ijtimoiy jamgʻarmalarga majburiy ajratmalar hamda Respublika Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga tushmayotgan badallardir.
Yaqin kelajakda respublikada “aholi keksayishi“, yaʼni pensiya yoshidagilarning miqdori 2050 yilga borib ikki baravariga oshishi prognoz qilinadigan hamda bosqichma-bosqich va uzoq muddatli boshqa demografik oʻzgarishlar kutilmoqda. “Aholining qarishi“ demografik jarayoni asosan hozirgi 30-35 yoshdagilarning pensiya yoshiga yetib borishi va ular oʻrniga kelganlar miqdori jihatidan nisbiy kamligi bilan ifodalanadi. Yaʼni, umr koʻrish davomiyligining sezilarli oʻsishi hisobiga emas, balki tugʻilish darajasi kamayganligi sababli, tugʻilishning asta-sekin kamayib ketishi sharoitida aholi reproduktivligini, tugʻilish darajasi va oʻlim darajasi va ularning nisbati, yoshi kattaroq davrda oʻlim darajasining pasayishi bilan bogʻliqdir. Yuqorida keltirilgan demografik tendensiyalar odatda aholi reproduktiv salohiyatiga mos keladi. 2000-yillarning boshlarida tugʻilgan bolalarning avlodi 2023 — 2030 yillari mehnatga layoqatli yoshga kiradi va 1960 yillarning avlodi esa shu davrda “mehnatga layoqatli“ yoshni tark etadi. Bu salohiyatli pensionerlar sonining keskin oʻsishining asosiy sababi hisoblanadi.
Oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda, bizning hisob-kitoblarga koʻra, mehnatga layoqatli aholi sonining oʻsishi davom etadi (ulush 2020 yilda 10 foizgacha, 2030 yilda 13 foizdan, 2040 yilga kelib esa 15 foizdan koʻp boʻlishi mumkin). Bu oʻsish pensiya tizimi va sogʻliqni saqlash sohasiga demografik “bosim“ni sezilarli darajada oshirishi mumkin.Oʻzbekistonda 2000-yillarning boshlarida pensiya tizimining faoliyati ish haqining miqdor darajasi pastligi va pensiya miqdori past boʻlishiga qaramay, nisbatan moliyaviy jihatdan yomon holatda emas edi. Bu aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga pensiya va nafaqalarni oʻz vaqtida kafolatli toʻlash imkonini berardi. Oʻsha davrda 1 nafar pensionerga 4 nafardan ortiq ishlovchi toʻgʻri kelib, oʻrtacha pensiya oʻrtacha ish haqining deyarli 39 foizni tashkil etdi (kamida 30 foiz chegara bilan). Iqtisodiyotda bozor mexanizmlari (inflyatsiya jarayonlari, ishsizlikning baland darajasi, norasmiy sektorda ishchilar sonining oʻsishi) sifatida pensiya toʻlovlari bilan bogʻliq pensiya tizimining tashkiliy va moliyaviy holati hamda qonunchilik bazasi tobora keskinlashib bormoqda.
Shunday qilib, soʻnggi yillardagi demografik tendensiyalar Oʻzbekiston aholisining yoshiga doir oʻrtacha qarish koʻrsatkichlarini tezlashtiradi. Bu tendensiya, oʻz navbatida, aholining ijtimoiy himoya va pensiya taʼminoti tizimlarining moliyaviy holatini istiqbolda jiddiy murakkabliklarga duchor qilishi mumkin. Yaʼni, demografik rivojlanishdagi umumiy barqarorlikka qaramasdan, Oʻzbekiston barcha rivojlangan davlatlar singari 2030 yildan boshlab pensiya jamgʻarmasi va sogʻliqni saqlash tizimlariga oʻzining moliyaviy bosimini xavfli kuchayishi davriga kirib boradi.
Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, milliy iqtisodiyotimizda va jamiyatimizda quyidagi tashkiliy, qonuniy va moliyaviy oʻzgarishlarni amalga oshirishni taqozo etadi:Birinchidan, mamlakatdagi aholi tarkibida mehnatga layoqatli darajadagilar miqdori koʻp boʻlishiga qaramasdan ularning oʻrtacha daromad miqdorlari hali baland darajada boʻlmaganligini hisobga olib, pensiya tizimining barqaror faoliyat koʻrsatishi uchun institutsional, qonunchilik va moliyaviy mexanizmlarni tubdan isloh qilish, shu jumladan, 2026 yildan boshlab pensiya yoshini (ayollarga -60, erkaklarga 65 yosh) bosqichma-bosqich amalga oshirishga kirishish zarur.
Ikkinchidan, aholi turmush darajasi va sifatining oshishi, innovatsion texnologiyalarga xos ish oʻrinlarini tashkil etish va faoliyatini yuritish, ishchi xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlari yaratish bilan jamiyatda ijtimoiy-mehnat munosabatlarining mazmun-mohiyatini sifat jihatidan oʻzgartirish, aholi hayotining umumiy umr koʻrish davomiyligini koʻpaytiradi. Jamiyatda tibbiy va maʼrifiy xizmatlarning sifatini yaxshilash aholining ijtimoiy va iqtisodiy madaniyatini oshirishga yordam beradi, bu shubhasiz aholining demografik tuzilmasini barqarorlashtirishga va chaqaloqlarning tugʻilish surʼatlarini nisbatan pasayishiga olib keladi.
Uchinchidan, “2050 yilgacha Oʻzbekiston aholisining demografik rivojlanish prognozi“ni ishlab chiqish va milliy maʼnaviyatning tarixiy anʼanalari va urf-odatlari talablarini hisobga olingan holda “Oʻzbekiston demografik siyosati konsepsiyasi“ni qabul qilish, yosh oilalarning reproduktiv salomatligini saqlashdagi salbiy tendensiyalarning oldini olish zarur.
Toʻrtinchidan, Oʻzbekistonda demografik jarayonlarining tezkor kuzatish uchun zamonaviy elektron tizimni yaratish, ularning haqqoniyligini oshirish va umum statistik shakllariga solish uchun 2022 yilda Oʻzbekistonda aholini umumiy roʻyxatdan qayta roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshirish zarur.Beshinchidan, mamlakat mehnat resurslarining mavjud potensialini taqsimlash va ulardan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish maqsadida “Oʻzbekiston tarmoqlari va hududlari mehnat resurslari balansi“ni tahlilini qilish va 2050 yilgacha boʻlgan mehnat resurslarining prognozini ishlab chiqish.Oltinchidan, milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning innovatsion shakllari va usullariga keng oʻtish istiqbollarini hisobga olgan holda, oliy maʼlumotli mutaxassislarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, barcha oliy taʼlim tizimini markazlashtirilgan maʼmuriy tizimdan shartnomaviy ijtimoiy sheriklar shakllariga haqiqiy iqtisodiyot vakillari (universitetlarning buyurtma portfelini shakllantirish), taʼlim sohasida aralash moliyaviy (byudjet, kontrakt va buyurtma) mexanizmni joriy etish zarur.10

Xulosa
O’zbekiston aholisi demografik rivojlanishi mavzusiga bag’ishlangan ushbu
malakaviy bitiruv ishini jarayonida quyidagi natijalar va xulosalari olinadi.O’zbekiston aholisini demografik tadqiq etuvchi sifatida miqdoriy va sifatiy o’zgarishlari aniqlanib berish muhim ahamiyatga ega.Demografiya har bir ijtimoiy – iqtisodiy tuzim aholisining ko’payishi va rivojlanishi qonuniyatlarini alohida – alohida o’rganadi.O’zbek xalqining kelib chiqishi tarixi o’ziga xosligi bilan boshqa xalqlardan ajralib turadi.
XIX – XX asrning yarmigacha aholining ijtimoiy – iqtisodiy turmush darajasi nisbatan pastligi demografik rivojining va aholi milliy tarkibiga
ta’sir etgan.O’zbek oilalarida XX asr boshlarida tug’ilish yuqori darajada saqlanib qolishining o’ziga xos 7 ta omili mavjuddir.XX asr boshlaridan Mustaqillikkacha bo’lgan davrning mavjud 3 bosqichi O’zbekiston aholisi demografik rivojini o’ziga xos bosqichlaridir.Jamiyat taraqqiy etishi bilan tug’ilishning kamayishi o’ziga xos tarixiy jarayondir.O’zbekistonda mavjud bo’lgan milliy an’ana, urf – odatlari, qadriyatlar,aholi demografik rivojiga ma’lum darajada o’z ta’sirini ko’rsatib kelmoqda.O’zbekiston ulkan inson salohiyatiga ega mamlakat. Aholi dastavval
ijtimoiy ishlab chiqarish qonuniyatlari asosida rivojlanadi.O’zbekiston aholisi demografiya xususiyatlari ijtimoiy-iqtisodiy ma’noda respublika mehnat zahiralari barqaror, intensiv ravishda to’ldirib turilibdi, demakki, ko’p mehnat talab qiladigan korxona va ishlab chuqarish tarmoqlari barpo etish uchun katta imkoniyatlar mavjudligini anglatadi.Mamlakatimizdagi ijtimoiy – demografik ahvolning muhim xususiyati jamiyatning asosi bo’lgan kuchli oila tizimidir. O’zbekistonda nikohdan
otish darajasi yuqori va eng muhimi oilalarning buzilishi dunyo bo’yicha
eng past darajada ekanligidir.



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling