Mavzu: global demografik muammo


O`zbekiston aholisining demografik xususiyatlari


Download 0.77 Mb.
bet8/11
Sana18.06.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1561146
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Global demografik muammo-

O`zbekiston aholisining demografik xususiyatlari

Xitoyning qadimiy donishmand faylasufi Konfutsiy ikki yarim ming yil oldin “Biz qanaqa xalq ekanligimizni bilgingiz kelsa, oldin bizning sonimizni bilib oling” degan ekan. Donishmandning bu soʻzlari Oʻzbekistonning hozirgi ijtimoiy-ijtimoiy rivojlanish davrida ham oʻz dolzarbligini yoʻqotgani yoʻq. Aksincha, jamiyatimizning rivojlanish surʼatlari shiddat bilan oshib borayotgan sari aholimizning soni, undagi tarkibiy va sifat oʻzgarishlar eʼtiborimizdan chetda qolib ketishiga yoʻl qoʻyishimiz kerakmas. Bu borada eʼtiboringizga yurtimizda yashab istiqomat qilib kelayotgan fuqarolarimiz soniga, ularning keyingi paytlarda son va jins jihatidan boʻlayotgan keskin oʻzgarishlariga, davlatimizdagi aholining yaqin va uzoq istiqbollaridagi boʻlajak holatlarga eʼtiboringizni qaratmoqchiman.
Maʼlumki, Oʻzbekiston milliy iqtisodiyotida innovatsion tendensiyalarning taʼsiri ortib borishi bilan jamiyatimizdagi demografik oʻzgarishlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati yil sayin kuchaymoqda. Bu jarayon, avvalambor, mamlakatimiz aholisi miqdorining yuqori surʼatlar bilan oshib borayotganligiga bogʻliqdir.Misol uchun, oʻtgan asrning 90-yillarida Oʻzbekistondagi tabiiy oʻsishning oʻrtacha yillik darajasi 27-29 promilleni tashkil etgan boʻlsa-da, bu koʻrsatkichlar mustaqillik yillaridagi maʼlum iqtisodiy-ijtimoiy sabablarga koʻra, 2004 yilda 14,65 promillega tushib ketgan edi. Faqatgina 2004 yildan iqtisodimiz va jamiyatimizdagi ijobiy oʻzgarishlar natijasida 2017 ga kelib aholimizning tabiiy oʻsish darajasining 18,15 promillegacha oshganligi kuzatilmoqda. Agar 1990 yilda Oʻzbekistonda 24,3 mln. kishi istiqomat qilgan boʻlsa, bu raqam 2018 yil dekabr oyida 33,0 mln.dan ziyod kishini tashkil etyapti, yaʼni 35,6 foizga koʻpaydi. Demograf mutaxassislarning dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2050 yilga kelib ushbu koʻrsatkich 46-47 million kishini tashkil qiladi. (1-rasmga qarang).
Demografik jarayonlar, birinchi navbatda, ijtimoiy-mehnat sohasiga sezilarli taʼsir koʻrsatib, milliy iqtisodiyot va jamiyat rivojlanishining asosiy omili boʻlib, aholining mehnat bilan bandlik va ishsizlik darajasining miqdoriga, yalpi ishlab chiqarish aholining jon boshiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha daromad koʻrsatkichlarini, uy-joy bilan taʼminlash, keksaygan yoshdagi pensiya taʼminoti tashkillashtirishga bevosita taʼsir etib boradi.



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling