Kishilik dunyosi korrupsiya bilan qadimdan beri kurashib keladi. Korrupsiya
ijtimoiy-huquqiy hodisa sifatida davlat hamda uning boshqaruv
sohasidagi mansabdor
shaxslari paydo bo‘lishi bilan vujudga kelgan.
Xalqaro hujjatlarda
birinchi bor korrupsiya tushunchasiga BMT Bosh
assambleyasining Rezolyusiyasi bilan 1979 yil 17 dekabrda qabul qilingan “Huquqiy
tartibotni saqlash bo‘yicha mansabdor shaxslarning xulq-atvor kodeksi”da to‘xtalingan
bo‘lib, unda korrupsiya deganda “... mansabdor shaxsning har qanday shakldagi mukofot
evaziga o‘z mansab vakolatlari doirasida mazkur mukofotni beruvchi shaxs manfaatlarini
ko‘zlab, lavozim yo‘riqnomasi qoidalarini buzgan holda yoki buzmasdan muayyan
harakatlarni bajarishi yoki harakatsizligi”
1
tushuniladi deyilgan.
BMT Bosh Assambleyasining 1990 yil Gavanada
korrupsiya muammolariga
bag‘ishlab o‘tkazilgan mintaqalararo seminarida qabul qilingan Davlat xizmatchilari
uchun xalqaro xulq-atvor kodeksida “korrupsiya bu mansabdor shaxslarning shaxsiy yoki
guruh manfaatini ko‘zlab mansabini suiiste’mol qilish, shuningdek
davlat xizmatchilari
tomonidan o‘zlari egallab turgan xizmat vazifalaridan g‘ayriqonuniy foydalanish
ko‘rinishlaridir”, deyiladi.
Evropa Kengashi guruhining korrupsiya muammolari bo‘yicha 1995 yil 22-24
fevralda Strasburgda o‘tkazilgan birinchi sessiyasida “korrupsiya
davlat yoki xususiy
tizim mansabdor shaxslarini ularning mansab vakolatlari doirasida o‘zlarining
vazifalarini buzib bajarishlari uchun ularni pora evaziga og‘dirib olinishidir”, deb ta’rif
berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: