Mavzu. Global korrupsiya ijtimoiy-madaniy inqiroz oqibati


Download 392.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana28.12.2022
Hajmi392.81 Kb.
#1020604
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
9 mavzu Global korrupsiya ijtimoiy – madaniy inqiroz oqibati

QIRG‘IZISTON Hukumat korrupsiyaning jamiyat va demokratik institutlarning 
rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini tan olmoqda. Korrupsiyaning o‘sishiga huquqni 
muhofaza qilish organlarining samaradorligining pastligi, sud tizimi va ijro etuvchi 
organlarning kuchsizligi zamin yaratmoqda. Qirg‘izistonda korrupsiya huquqiy ong pastligi 
va jamiyat ongining yuqori darajada korrupsiyalanganligida o‘zini ko‘rsatmoqda va 
jamiyatda bu illatni keltirib chiqaradigan omillarga qarshi kurash olib borilmayapti. SHu 
bilan bir qatorda hukumatnin
g korrupsiyani engib o‘tishga bo‘lgan urinishlarini ham aytib 
o‘tish lozim. Bu yo‘lda 2003 yil mart oyida Xavfsizlik Kengashi majlisida “Qirg‘iziston 
Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurash choralarini kuchaytirish to‘g‘risida”gi savol ko‘rib 
chiqilgan.
2004 yil oktyabr oyida Qirg‘iziston davlat rahbari Xavfzislik Kengashi majlisida so‘nggi 
so‘z o‘rnida “Qirg‘iziston Respublikasi antikorrupsion siyosatini amalga oshirilishi jarayoni 
to‘g‘risida” chiqish qilib, qo‘lga kiritilgan natijalar va shu bilan birga korrupsiyaning kichik 
ko‘rinishlari haqida aytib o‘tgan. Prezident chiqishida ta’kidlanganidek korrupsiyaning eng 
havfli ko‘rinishi bu huquqni muhofaza qilish, fiskal va sud organlaridagilardir.
Davlatda 2003 yil 6 mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonun qabul 
qilingan. 
QOZOG‘ISTON Davlat hokimiyati korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha o‘z siyosiy 
irodasini ko‘rsatdi. Qozog‘iston 2003 yildan korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Istambul 
Rejasi a’zosi hisoblanadi. 2005 yil oktyabr oyida Qozog‘iston korrupsiyaga qarshi kurash uchun 
qonuniy-huquqiy va institutsional ba’zasining milliy tahlilini taqdim etdi. SHu bilan bir 
vaqtning o‘zida davlat jamoat tashkilotlari tomonidan alternativ dokladi (144 varaq) 
tayyorlanganligi 
uchinchi sektorning aktiv rolidan dalolatdir. Bu Qozog‘iston uchun alohida 
farqli hususiyatlardan biridir.
1998 yil 2 iyulda Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi

Download 392.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling