Mavzu. Global korrupsiya ijtimoiy-madaniy inqiroz oqibati


“Hokimiyatni pulga sotib olganlar undan foyda olishni istaydi”


Download 392.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana28.12.2022
Hajmi392.81 Kb.
#1020604
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
9 mavzu Global korrupsiya ijtimoiy – madaniy inqiroz oqibati

“Hokimiyatni pulga sotib olganlar undan foyda olishni istaydi”, degan edi 
faylasuf Arastu. Qadimgi Grek faylasufi yashab o‘tgan davrdan beri qancha suvlar oqib 
o‘tdi. Ammo korrupsiya bilan bog‘liq muammo o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Buning 
ustiga unga qarshi kurashishda samarali qurol ham yaratilmagan. XX asrning ikkinchi 
yarmidan boshlab korrupsiya xalqaro muammolardan biriga aylandi. Bir mamlakatdagi 
korrupsiya ko‘rinishi ikkinchi mamlakat bilan bog‘lanib ketdi. Ayni damda korrupsiya 
xalqaro savdoda milliardlab zarar keltirmoqda. Korrupsiya bilan bog‘liq muammo 
Evropada ham saqlanib qolmoqda. Bu mavzu davlat va hukumat rahbarlari, politsiya va 
jurnalistlarning doimiy e’tiborida. Tahlilchilarning fikricha, “ko‘hna qit’a”dagi 
korrupsiya har yili Evropa iqtisodiyotiga 120 milliard evro miqdorida zarar etkazadi. 
Biroq, Evropa Ittifoqining aksilkorrupsiya agentligi – OLAFning ta’kidlashicha, bu atigi 
aysbergning yuqori qismi xolos. Aslida Evropa mamlakatlari korrupsiya tufayli yiliga 
323 milliard evrodan mahrum bo‘ladi. Kuzatuvchilarning fikricha, korrupsiyaning 
haqiqiy qamrovini baholashning imkoniyati yo‘q. EI mamlakatlari aholisi o‘rtasida 
o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalariga qaraganda, respondentlarning 76 foizi korrupsiya 
o‘sib borayotganini qayd qilgan. Evropada eng korrupsiyalashgan mamlakat Gretsiya 
ekani aytiladi. Undan keyingi o‘rinlarda Italiya, Ispaniya, Litva, CHexiya davlatlari turar 
ekan. Evropada korrupsiyaga qarshi kurashishga o‘nlab tashkilotlar jalb qilingan. 
Jahonning turli davlatlarida korrupsiyani bartaraf etish yo‘lida bir qator samarali chora-
tadbirlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. SHu o‘rinda sharhlovchilar bir ovozdan 
Singapur tajribasini tez-tez tilga oladi. Bu davlat chorak asr mobaynida uchinchi dunyo 
mamlakatidan gullab-yashnagan farovon mamlakatga erishdi. Bu maqomga erishishida 
1
Кодекс поведения должностных лиц по поддержанию правопорядка (Принят резолюцией Генеральной Ассамблеи 
от 17 декабря 1979 г.). 


korrupsiyaga qarshi keskin kurashish bosh omil bo‘ldi. O‘tgan asrning 50-yillarida 
Singapur juda ham qashshoq edi. Tabiiy resurslarning etishmasligi, hatto ichimlik 
suvining chetdan olib kelinishi davlat idoralarida ildiz otgan korrupsiya oldida arzimagan 
ish bo‘lib ko‘rinardi. Hamma, hatto o‘qituvchilar ham pora olardi. Ammo Singapur 
hukumati korrupsiya ustidan g‘alaba qozondi. Bunda birinchi navbatda mamlakat 
rahbariyatining qatiy irodasi muhim ahamiyat kasb etdi. Bosh vazir Li Kuan YU 
korrupsiyaga barham berishda o‘z qarindoshlari va hukumatdagi maslakdoshlarini ham 
ayab o‘tirmadi. Har bir fuqaroning shubhali xatti-harakatlari tekshirildi, aybdorlarga 
munosib 
jazo 
berildi. 
Ikkinchidan korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan yangi qonunlar qabul qilindi. 
Uchinchidan, bu qonunlarni hayotga tatbiq etish maqsadida amalda cheklanmagan 
vakolatlarga ega bo‘lgan – Korrupsiya holatlarini tekshirish byurosi tashkil etildi. Byuro 
bevosita davlat rahbariga bo‘ysunardi, bu o‘z navbatida har bir davlat amaldoriga 
nisbatan adolatli tergov olib borilishini ta’minladi.
Shu o‘rinda Ruminiya tajribasini ham misol sifatida keltirish mumkin. Bu mamlakat 
2007 yilda Evropa Ittifoqiga a’zo bo‘lib kirdi. SHuni aytish kerakki, Ruminiya Evropa 
Ittifoqiga kirishidan avval va kirganidan keyin ham mamlakatda korrupsiya ildiz otgan 
edi. Unga qarshi kurashish shunchaki, ko‘rgazmali bo‘lib, biror bir natija bermasdi. 
Vaziyatni kuzatib borgan Evrokomissiya bu illatga qarshi kurashishga aralashishga ahd 
qildi. Uning ekspertlari 2011 yilda Ruminiya uchun aksilkorrupsiya strategiyasini ishlab 
chiqdi, bu loyiha o‘z samarasini berdi. Mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish ikkita 
idoraga – Milliy aksilkorrupsiya boshqarmasi va Milliy yaxshilik masalalari agentligiga 
topshirildi. Bu ikki idora 2013 yilda mingdan ortiq ishni sudga topshirdi. Poraxo‘rlikda 
gumon qilinib o‘nlab vazirlar, elchilar, merlar, politsiya va bojxona xodimlari qo‘lga 
olindi. Bu mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali bo‘lishiga Evropa 
Ittifoqi va mahalliy siyosatchi, sud va OAVning birgalikda qilgan harakatlari sabab 
bo‘ldi. Amaliyot shuni ko‘rsatdiki, to‘g‘ri strategiya bo‘lmas ekan mamlakatda 
korrupsiyaga qarshi kurashish samara bermas ekan. Uzoq yillardan beri SHvetsiya 
korrupsiyalashgan davlatlar ro‘yxatiga kirmaydi. SHuni ta’kidlash kerakki, 19 asrga 
avvalboshda lotinchada aks etgan ma’nodan boshqacha yangraydi. "Transparency 
International", Jahon banki va boshqa tashkilotlar korrupsiya deganda hukumat 
amaldorlari o‘zlarining shaxsiy manfaatlari yo‘lida xizmat vakolatlarini suiiste’mol 
qilganligini tushunadi. 
BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasida korrupsiyaga eng qisqa, lekin keng 
qamrovli ta’rif quyidagicha berilgan: “Korrupsiya – bu shaxsiy naf ko‘rish maqsadida 

Download 392.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling