Mavzu. Global korrupsiya ijtimoiy-madaniy inqiroz oqibati


BUYUK BRITANIYADA korrupsiya faktlarini aniqlash bo‘yicha maxsus darslik bor


Download 392.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana28.12.2022
Hajmi392.81 Kb.
#1020604
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
9 mavzu Global korrupsiya ijtimoiy – madaniy inqiroz oqibati

BUYUK BRITANIYADA korrupsiya faktlarini aniqlash bo‘yicha maxsus darslik bor 
Buyuk Britaniyaning 2017-2022 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi strategiyasiga 
asosan, «Ochiq hukumat bo‘yicha sheriklik dasturiga a’zo bo‘lgan 75 mamlakat 
hukumatlarining fuqarolar uchun yanada ochiq, hisobdor va mas’uliyatli qilish uchun 
ko‘maklashadi. Hamkorlikning o‘ziga xosligi hukumat va fuqarolik jamiyatining islohotlarni 
ishlab chiqish va amalga oshirishdagi qo‘shma rolidir. Fuqarolik jamiyati hukumatlarni 
osonlikcha hisobdorlikka ushlab turishi, mustaqil kuzatuvchilarning hukumatlar o‘z 
majburiyatlarini bajarishda erishgan yutuqlarini kuzatib borishlari, o‘z navbatida bir-
birlaridan o‘rganishlari mumkinligini anglatadi». 
Xalqaro standartlarga muvofiq ochiq hukumatning asosiy institutlari ma’lumotlarning 
ochiqligi, davlat xizmatchilarining fuqarolar oldida hisobdorligi va faoliyatning ochiqligi 
prinsiplariga asoslanib, ularni amaliyotga joriy qilishga mo‘ljallangan huquqiy normalar 
ishlab chiqilganligi korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohalaridagi 
jamoatchilik nazoratining tartib-taomillarini samarali qo‘llash uchun sharoit yaratadi. 
Mazkur 
tartib-taomillar 
davlat 
organlari 
faoliyatida 
zamonaviy 
axborot 
texnologiyalarning keng joriy etilishi ruknida elektron elementlarni qamrab olib
jamoatchilik nazorati jarayoni va natijalarini aholining aksariyat qismi uchun yanada shaffof 
va qulayligini ta’minlaydi. Bugungi kunda davlat organlari va tashkilotlarining rivojlanishi 
axborot texnologiyalarga asoslanadigan shart-sharoitlardagina korrupsiyaga qarshi samarali 
va yuqori texnologik jamoatchilik nazorati bo‘lishi mumkin. 
Har yili Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi elchixonalarida korrupsiyaga qarshi 
kurash bo‘yicha seminarlar tashkil etadi (shu kabi tadbirlar so‘nggi yillarda Buyuk Britaniya, 
Xitoy, Rossiya, Argentina, Tailand, Singapur, Meksika, Ispaniya va Birlashgan Arab 
Amirliklarining diplomatik missiyalarida o‘tkazildi). Diplomatik lavozimlarga tayinlangan 
diplomatlar uch
un ikki kunlik intensiv kurslar tashkil etiladi, ular doirasida korrupsiyaga qarshi 
kurash sohasidagi mutaxassislar TIV xodimlari bilan shaxsiy intervyular o‘tkazadilar va 
korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha yozma ishlarni tekshiradilar. 
Xalqaro taraqqiyot vazirligi va Buyuk Britaniya savdo va investitsiyalar agentligining 
qo‘shma loyihasi 
doirasida korrupsiya faktlarini aniqlash bo‘yicha maxsus darslik chop etildi, 
bu majburiy ravishda xorijiy mamlakatlardagi savdo vakolatxonalari va elchixonalarga 
yuboriladi. 
Buyuk Britaniyada korrupsiyaga qarshi kurashning bosh organi — katta miqdordagi 
firibgarlik bo‘yicha kurash boshqarmasi (SFO, Serious Fraud Office) hisoblanadi. 
Buyuk Britaniya korrupsiyaga qarshi kurash siyosatida davlat ta’limining yana bir 
xususiyati aholining e’tiborini ichki korrupsiya muammosidan qasddan chalg‘itishdir. Davlat 
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ta’lim dasturlarining tashqi yo‘nalishini so‘zsiz 
qo‘llab-quvvatlaydi. 
“Britaniya korrupsiyaga qarshi kurash forumi”, “Transparency international”, 
“Qashshoqlikka qarshi muhandislar”, “Bosh infrastruktura korrupsiyaga qarshi kurash 
markazi” va boshqalar kabi nodavlat tashkilotlari Londonning korrupsiyani global bartaraf 
etish g‘oyasining eng faol namoyondalari hisoblanadi. Ko‘pincha Britaniya nodavlat 
tashkilotlari davlat organlari, biznes va xorijiy davlatlarning fuqarolik jamiyati institutlari 
uchun korrupsiyaga qarshi ta’lim dasturlarini beg‘arazlik asosida amalga oshirmoqdalar. 
Buyuk Britaniya korrupsiyaga qarshi bir necha yuz yilliklar mobaynida kurashib 
kelmoqda. Buyuk Britaniya tarixidagi ilk auditorlik tekshiruvi, arxiv ma’lumotlariga 


qaraganda, 1200-yillarda o‘tkazilgan, qizig‘i shuki, poraxo‘rlar tekshiruvchilarni sotib 
ololmasliklari uchun, audit mansabdor shaxslar va oddiy aholi kuzatuvi ostida o‘tkazilgan.
Katta mulk egalarining moliyaviy hujjatlarini auditorlar mayda-chuyda ikir-
chikirlarigacha tekshiradilar, so‘ngra er egalari deklaratsiya – ommaviy ravishda ko‘rib 
chiqiladigan to‘liq hisobot ham topshiradilar. SHu tarzda mamlakatda davlat g‘aznasidan 
ajratilayotgan mablag‘larning nimalarga sarflanayotganligi nazorat qilib turishgan. 
Muarrixlarning qayd etishicha, poraxo‘rlar pora olishning turli yo‘llarini o‘ylab topishgan, 
ammo shunga qaramay bu keng ommalashgan va jirkanch illatga qarshi kurash o‘zining 
yaxshi natijalarini berar edi. 
Buyuk Britaniyada korrupsiyaga qarshi qonun ilk bor 1889 yilda qabul qilingan. 
Unda: “Mansabdor shaxsni biror muammoga “ko‘z yumish”ga yoki muayyan miqdordagi 
mablag‘ evaziga bevosita bajarishi shart bo‘lgan majburiyatlarini bajarmaslikka undaydigan 
ayniqsa, ssuda yoki mukofot va hatto hadya ham pora hisoblanadi”, deya aniq-ravshan yozib 
qo‘yilgan.
Poraxo‘rlar qamoqqa tashlangan hamda jamoatchilik va xalq manfaatiga aloqador 
lavozimlarni egallash huquqidan mahrum etilgan. Jinoyat qayta sodir etilgan taqdirda 
poraxo‘r bir umrga xizmat lavozimidan chetlatilgan hamda nafaqa olish huquqidan ham 
mahrum etilgan. aynan shu qonun bilan “mansab-martabalarni pullash” bilan shug‘ullangan 
amaldorlar uchun ikki yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilangan, shunisi qiziqki, 
naafaqat mansab kursisini sotgan balki uni sotib olgan odam ham jazolangan. Mansab-
lavozimlarni sotish to‘g‘risidagi qonun britaniya mustamkalasi bo‘lgan boshqa 
mamlakatlarda ham amal qilgan. 
1906 va 1916 yillarda Buyuk Britaniyada korrupsiyaga qarshi yangi qonunlar qabul 
qilingan, ularga muvofiq ravishda poraxo‘rlik uchun jinoiy javobgarlik ham qattiq 
kuchaytirilgan. 1906 yilda qabul qilingan qonunda yangi tushuncha, ifoda (formulirovka) 
paydo bo‘ladi – mukofot olish maqsadida pora berish. Mukofot umidida pora bergan 
shaxsga nisbatan 2 yilgacha
ozodlikdan mahrum etish, shuningdek, sud qarori
bilan 
belgilanadigan jarima sifatidagi pul to‘lovi ko‘zda tutilgan.
Mazkur qonun ilk bora “pora berish” va “pora talab qilish” tushunchalarini alohida 
tasniflagan. Mazkur jinoyatda aybdor deb topilgan amaldorlar 7 yilgacha ozodlikdan 
mahrum etilgan, shuningdek, saylash huquqi, va albatta, muayyan lavozimlarni egallash 
huquqidan mosuvo bo‘lishgan.
Angliyaning korrupsiyaga qarshi qonunida mansabdor shaxslar va xizmatchilar 
qanday hadyalar olish huquqiga ega ekanliklari aniq-ravshan qayd etilgan, bu faqat 
Rojdestvo munosabat bilan taqdim etiladigan sovg‘alarga tegishli, shuningdek, 
yondaftarchalar, sharikli ruchkalar, taqvimlar ham hadya sifatida qabul qilinishi mumkin, 
faqat bunday tuhfalarning narxi juda arzon bo‘lishi hamda ularda mansabdor shaxsga 
minnatdorchilik bildirmoqchi bo‘lgan kompaniya yoki shirkatning korporativ belgilari 
tasvirlanmagan bo‘lishi talab qilingan. 
Mansabdor shaxs bundan boshqa barcha hadyalarni rad etishi lozim. Mabodo, tuhfa 
xorijiy kompaniya xodimi tomonidan taqdim etilayotgan bo‘lsa, davlat xizmatchisi uni 
qabul qilishdan oldin o‘zi bevosita bo‘ysunadigan yuqori darajadagi mansabdor shaxsni 
ogohlantirib qo‘yishi zarur, bunday hollarda, odob nuqtai nazaridan hadyalar qabul 
qilinadi. 
XX asr boshlarida qabul qilingan qonunlar mamlakatda 2010 yilga qadar amal 
qilgan. “Poraxo‘rlikka qarshi harakatlar to‘g‘risida”gi yangi qonun qisqa va lo‘nda, aniq 
va ravshan hamda eng keskin qonun sifatida baholanmoqda. Bu o‘rinda qonun ijodkorlari 


korrupsiyaga qarshi qonnuni to‘laligicha qayta ishlashgani yo‘q, balki 100 yillar 
davomida o‘zini oqlab kelgan mavjud moddalarni to‘ldirgan holda, yangi, zamonaviy 
talablarga muvofiq keluvchi bandlarni qo‘shimcha qilishdi. 
Qonun davlat muassasalari va xususiy biznesda turli ko‘rinishlarda namoyon 
bo‘luvchi korrupsiya holatlarini qamrab olgan, eng muhimi, qonun naafaqt mamlakat 
ahliga tegishli, balki qirollik hududida faoliyat yuritayotgan xorijliklarni ham hisobga 
olgan. YAna shuning uchun ham yangi qonunni taraqqiyotga xizmat qiluvchi 
“progressiv” qonun deb atashmoqda. Endilikda sud Buyuk Britaniyada va unga qarashli 
hududlarda tadbirkorlik (biznes) bilan shug‘ullanayotgan xorijiy kompaniyalarga qarshi 
sud ishlarini yuritishni boshlashi mumkin. Bu yirik xalqaro offshor zonasi joylashgan 
Virgin orollariga ham taalluqli, ma’lumki, bu erda dunyoning yirik kompaniyalari 
o‘zlarining noqonuniy mablag‘larini “qonuniylashtirish” bilan shug‘ullanadilar, 
shuningdek, Gibraltar Jersi va boshqa orollarga ham tegishli. 
Buyuk Britaniyada jahonning yirik kompaniyalarining ko‘plab vakolatxonalari 
joylashgan, shuning uchun ham jahon iqtisodiyotining katta qismiga inglizlarning 
korrupsiyaga qarshi qonuni o‘z ta’srini o‘tkaza oladi.
Aksariyat ekspertlar mazkur qonun qabul qilingach, endi mamlakat uni o‘zining 
g‘arazli maqsadlari yo‘lida qo‘llaydi degan yakdil fikrga bordilar.
Endi istalgan xorijiy kompaniyani siquv ostiga olmoq, oddiy so‘z bilan aytganda, 
ishni britaniyalik investor foydasiga hal etmoq mumkin. SHunga qaramay, mazkur qonun 
9 yildan beri amalda bo‘lib kelmoqda va hech qanday o‘zgarishlarga uchragani yo‘q. 
SHu bilan birga, tahlilchilar fikricha, “Poraxo‘rlikka qarshi harakatlar to‘g‘risida”gi 
qonun amalda qo‘llanilmayapti, korrupsion jinoyatlar uchun bor yo‘g‘i bir nechta kishi 
jazolangan xolos.
Ekspertlarning ta’kidlashlaricha, yirik korrupsion mashmashalar vaqti vaqti bilan ro‘y 
berib turibdi. «SputnikNews» axborot agentligining xabariga ko‘ra, britaniyalik qonun 
ijodkorlarini o‘z iqtisodiy manfaatlari yo‘lida qonunlar yaratishga undab, ularga ta’sir 
o‘tkazishga urinish bilan bog‘liq yashirin korporativ bosimlar uchun har yili 3 mlrd AQSH 
dollari miqdorida mablag‘ sarflanadi, va parlament a’zolariga maslahatchi sifatidagi rollari 
uchun 5,2 mln dollarga yaqin mablag‘ to‘lanadi. Huquqni muhofaza qiluvchlarning 
ma’lumotiga ko‘ra, korrupsiya balosini faqat o‘quv muassasalari va tibbiyot sohasida to‘liq 
bartaraf etishga erishildi. Biroq, davlat buyurtmalari bilan bog‘liq oldi sotdilarni 
poraxo‘rliksiz hal etib bo‘lmayapti, kattagina naf keltiradigan davlat buyurtmasiga ega 
bo‘lish uchun pora berish oliyjanob ish.
Buyuk Britaniya huquqni muhofaza qilish tizimida korrupsiya bilan bog‘liq 
mashmashalar bo‘yicha tergov maxsus tashkil etilgan Politsiya xatti harakatlari yuzasidan 
shikoyatlar Boshqarmasi tomonidan nazorat qilinadi. Boshqarmada na politsiya xodimlari va 
na yuristlar ishlashadi, bu erda barcha shikoyatlarni vijdon amriga binoan hal etadigan va 
hech qanaqasiga “kelishib bo‘lmaydigan” mamlakatdagi eng obro‘li insonlar faoliyat 
yuritadilar. 
Ministrlar, yirik davlat xizmatchilari, parlament a’zolari, mahalliy amaldorlarning 
axloqiy qiyofasini ijtimoiy hayotda axloq standartlari bo‘yicha mustaqil maslahat qo‘mitasi 
kuzatib boradi. Mazkur qo‘mita 1994 yilda tashkil etilgan, unda Angliyaning ko‘zga 
ko‘ringan jamoat arboblari faoliyat olib boradilar. Ular amaldorlarning axloqi, yurish- 
turishini o‘rganib ularga baho beradilar. Qo‘mita tomonidan mansabdorlarning davlat 
xizmatidagi axloqiy Kodeksi ishlab chiqilgan, unda boshqa bandlar qatori, vijdonini 


sotmaslik, mol-dunyo hirsidan xoli bo‘lmoqlik, haqqoniylik va boshqa fazilatlar ham o‘rin 
olgan. Kodeks talablarining buzilishi aniqlangan hollarda bu ommaga e’lon qilinadi, ammo 
hech qanday javobgarlikka tortilmaydi, ekspertlar qo‘mita korrupsiyani jilovlab turibdi, deb 
ishontirmoqdalar.
Hukumatning
sa’y-harakatlariga qaramay, Angliyada kata shov-shuvli korrupsion 
mashmashalar sodir bo‘lib turibdi. Hozirga qadar 2006 yilda yuzaga chiqqan Lordlar 
palatasidagi o‘rinlarni tarqatish bilan bog‘liq korrupsiya ishini eng shov shuvli deb atashmoqda. 
O‘shanda mamlakat bosh vaziri Toni Bler bu ishda guvoh sifatida ishtirok etgan, boshqa yuqori 
martabali siyosatchilar ham so‘roq qilingan edi. Ma’lum bo‘lishicha, Leyboristlar partiyasining 
deklaratsiyaga tortilmagan katta mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan mamlakat yuqori 
palatasining to‘rt nafar deputati lordlik maqomini deyarli sotib olishgan ekan. Bu yangi 
lordlarning mandatlari tortib olindi, biroq, shov shuvli iste’folar sodir bo‘lmadi, hech kim 
hisbgaolinmadi.
Parlamentning quyi palatasida 2009 yilda u yoki bu masalani ilgari surishgani uchun haq 
to‘langan bir qator “yollangan” parlament a’zolari aniqlandi.

Download 392.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling