Mavzu: Globallashuv sharoitida turli XIL mafkuraviy ko'rinishlar
Download 146.28 Kb. Pdf ko'rish
|
Globallashuv sharoitida turli xil mafkuraviy ko\'rinishlar.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Axbrotli jamiyat, axborot xuruji va ma’naviy xavfsizlik. 3. Axborot asrida mafkuraviy tazyiqlarning inson ma’naviyatiga ta’siri Xulosa
1 2 Mavzu: Globallashuv sharoitida turli xil mafkuraviy ko'rinishlar. Kirish 1. Globallashuv davrida g’oyaviy va mafkuraviy kurashlar ko’rinishlari 2. Axbrotli jamiyat, axborot xuruji va ma’naviy xavfsizlik. 3. Axborot asrida mafkuraviy tazyiqlarning inson ma’naviyatiga ta’siri Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 3 KIRISH Bugungi globallashuv jarayonida insoniyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi tubdan o‘zgarib ketdi. Bu o‘zgarishlar natijasida bir qator dolzarb ahamiyatli, ta’sir doirasi jahon hamjamiyatini qamrab olgan, bashariyatning kelajakdagi ijtimoiy taraqqiyotini belgilab berayotgan muammolar vujudga keldi. Bu muammolar insoniyatning global muammolari deb ataladi hamda ularning еchimini topish yo‘lida barcha davlatlarning kuch-qudrati, imkoniyat-harakatlari jamlanishi maqsadga muvofiq. Global muammolardan tinchlikni saqlash va qurolsizlanish muammosi eng universal ahamiyatga ega, chunki bu muammo hal etilmasa, Yer yuzida hayot va sivilizatsiyaning kelajagi o‘ta achinarli ahvolga kelishi muqarrar. Insoniyat tarixida, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, jami 14 mingdan ortiq urushlar ro‘y bergan va ming afsuski, harbiy mojaro va ziddiyatlar sayyoramizning turli hududlarida hanuzgacha yuz bermoqda. Lekin, global darajada bu muammo jami 70 milliondan ziyod kishi qurbon bo‘lgan ikkita jahon urushi bo‘lib o‘tgan XX asrda keskinlashdi.1 Hozirgi vaqtda AQSh, Rossiya Federatsiyasi, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy, Hindiston va Pokiston jahon hamjamiyatining rasman tan olingan yadroviy qurolga ega davlatlari hisoblanadi. Dunyoning turli mintaqalarida urush va harbiy to‘qnashuvlar sodir bo‘lmoqda. Harbiy harakatlar va fuqarolik urushlari tufayli ayrim davlatlar gumanitar falokat vaziyatiga kelib qoldi. Bunga Suriya, Iroq, Liviya, Somali, Afg‘oniston, Janubiy Sudan va boshqa davlatlarni misol tariqasida keltirilishi mumkin. Axborotlashgan jamiyatning shiddat bilan o‘zgarib borishi natijasida «XX asrda globallashuv jarayonining tezlashishi va umumsayyoraviy sivilizatsiyaning shakllana boshlashi jahon mafkuralarining xarakterini o‘zgartirib yubordi. Ularning o‘rnini bosadigan qudratli mafkuraning yo‘qligi, geosiyosiy maqsadlarning o‘zgargani esa bu g‘oyalarning salbiy ta’sirini yanada kuchaytirdi. Bunday sharoitda o‘z maqsadini aniq belgilab olgan, ehtiyoj va manfaatlarini yaxshi anglab еtgan, o‘z e’tiqodiga ega bo‘lgan, bir so‘z bilan aytganda o‘z milliy g‘oyasini shakllantirgan millatgina kelajagini saqlab qoladi va istiqbolini belgalaydi»2 . Shunday millat sifatida shakllangan o‘zbek xalqi o‘zining asrlar osha yashab 4 kelayotgan milliy g‘oyasi asosida yoshlar dunyoqarashini ilg‘or texologiyalar bilan boyitish, turli ta’sirlar negizida o‘zlikni anglash, milliy qadriyatlarni e’zozlash va estetik madaniyatni kelajakka o‘z holicha еtkazishga doimo tayyordir. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. Globallashuv jarayonida ma’naviy tahdidlarni bartaraf etish omillari keng yoritib berildi. Sh.M. Mirziyoyevning asarlari metodologik manba bo’lib belgilandi. MUHOKAMA VA NATIJALAR Bugungi kunga kelib globallashuv jarayonida dunyoda g‘oyaviy, mafkuraviy kurash ya’ni dunyoni g‘oyaviy jihatdan bo‘lib olishga bo‘lgan urinish kuchayib bormoqda. Albatta, bunday vaziyatda mustaqilligimizni mustahkamlash, uning barqarorligini, farovonligini, tinchligini va kelajagini ta’minlash har birimizning yuksak burchimizdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev globallashuv sharoitida ma’naviyatga qarshi turli xurujlar haqida gapirar ekan: “Bugungi kunda yonatrofimizda diniy ekstremizm, terrorizm, giyovandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, “ommaviy madaniyat” degan turli balo-qazolarning xavfi tobora kuchayib borayotganini hisobga oladigan bo‘lsak, bu so‘zlarning chuqur ma’nosi va ahamiyati yanada yaqqol ayon bo‘ladi”, 3deb alohida ta’kidlaydi. Insonning qalbi va ongiga jo bo‘lgan milliy ma’naviy-ahloqiy negizlar uni butun umri davomida halol, pok, bilimli, xalq xizmatida bo‘lishga, Vatan ravnaqi hamda taraqqiyotiga hissa qo‘shishga, o‘zining ongli va erkin mushohada qiluvchi shaxs sifatida kamol topishiga muttasil ravishda undaydi. Shu boisdan O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot yo‘lidagi Harakatlar strategiyasini, o‘zbek xalqining buyuk davlat barpo etish borasidagi maqsad-muddaolarini keng jamoatchilikka har tomonlama tushuntirish, globallashuv jarayonining asl mohiyat-mazmunini jamiyat estetik madaniyatidagi rolini aniq va ravshan qilib olish jamiyatimiz a’zolariga еtkazib berish dolzarb vazifalardan biriga aylandi. Globallashuv sharoitida ma’naviy tahdidlardan xalqni, xususan o‘sib kelayotgan yoshlarni asrash, ularning qalbiga ezgulik g‘oyalarini singdirish jamiyat hayotining barcha sohalarida izchil amalga oshirilmoqda. Ta’lim tizimining barcha bug‘inlarida ta’lim-tarbiya, targ‘ibot va 5 tashviqotning samarali usul va vositalaridan oqilona foydalanish taqozo etilmoqda. Bugungi kunda globallashuvning ijtimoiy hayotimiz bilan bog‘liqligi xususida Prezidentimiz Sh.M.Miriziyoev o‘z fikrlarini bildirar ekan, “Yangi tahdidlar, jumladan, «ommaviy madaniyat» xavfi va boqimandalik kayfiyati paydo bo‘layotgan,odob-axloq, qadriyatlarning yo‘qolish xavfi yuzaga kelayotgan hozirgi globallashuv sharoitida bu g‘oyat muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu sababli, mening fikrimcha, inson ma’naviy olami, xalqlar madaniyatini belgilaydigan manbalarni asrab-avaylash va boyitish bugungi kunda har qachongidan ham muhimdir”4 , - deb ta’kidlaydilar. O‘zbekiston mustaqil taraqqiyot jarayonida milliy uyg‘onish davrini boshdan kechirayotganligiga, madaniy merosimiz, milliy urf- odat, qadriyatlarimizni tiklayotgan bir paytda dunyoda ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi ziddiyat kuchayib borayotganligiga guvoh bo‘layapmiz. Har qanday mafkura xalqning ma’naviy ruhiy ehtiyojlarini milliy an’analari va turmush tarzini hisobga olgan taqdirdagina yashovchan, ta’sirchan bo‘ladi. Shu o‘rinda globallashuv jarayonida yoshlarning yangicha estetik madaniyatni shakllantirish bo‘yicha islohotlarni amalga oshirish vazifasi milliy mafkura asosida bizning diqqat markazimizda turibdi. Bugun dunyo taraqqiyoti shu darajaga еtdiki, endi mafkuraviy kurash, ma’naviy salohiyat еtakchi o‘ringa chiqdi. Insoniyat taraqqiyoti turli tahdidlar ta’siriga tushib qoldi, xavfsizlik va barqarorligiga rahna solishga, hatto uning hayotini izdan chiqarishga qaratilgan tahdidlar kundan – kunga kuchayib bormoqda endi qurol-yaroqlar emas, balki “fikrga qarshi faqat fikr, g‘oyaga qarshi faqat g‘oya” bilan kurashib olg‘a borish mumkin. Mafkuraviy kurash bir jamiyat, mamlakat ichida ham, xalqaro va davlatlararo miqyosda ham davom etmoqda. Hozirgi vaqtda mafkuraviy vositalar orqali o‘z ta’sir doirasini kengaytirishga intilayotgan siyosiy kuchlar va harakatlar tobora keskinlashib bormoqda.5 Muayyan millat, jamiyat, davlatning tinchligi va barqarorligiga qarshi qaratilgan, siyosiy va konstitutsion tizimni zaiflashtirish va buzishga yo‘naltirilgan, fuqaro va jamiyat xavfsizligiga tahdid soluvchi mafkuraviy tajovuzlar keskinlashmoqda. Bunday tajovuzga qo‘l urayotganlar o‘z yovuz maqsadlariga erishish uchun har qanday usullardan, odamlarning diniy, milliy hissiyotlari, hayotda mavjud bo‘lgan ijtimoiy- 6 iqtisodiy qiyinchiliklaridan ustalik bilan foydalanishga harakat qiladilar. Bugungi kunda ularning aholining ma’lum bir qatlamlari, ayniqsa, yoshlarning qalbi va ongini o‘zlariga ma’qul bo‘lgan g‘oya bilan egallashlari, ya’ni buzg‘unchi g‘oyalar, diniy ekstremizm, g‘oyalarini singdirish kabi g‘arazli maqsadlari xalqqa ayon bo‘lib bormoqda. Ushbu tahdidlar dunyoning turli buzg‘unchi kuchlari tamonidan shunday ustakorlik bilan tarqatilmoqdaki, u o‘zining jozibali tasir kuchi orqali ko‘plab insonlarni kundan – kunga o‘z domiga tortib bormoqda. 7 1. Globallashuv davrida g’oyaviy va mafkuraviy kurashlar ko’rinishlari Globallashuv jarayoni hozirgi zamonning eng dolzarb va shiddat bilan ommalashayotgan muammosiga aylanib bormoqda. Globallashuvning salbiy oqibatlari uning ijobiy ko’rinishlarini tobora yo’qolishiga sabab bo’lmoqda. Aslida ham shundaymi? Globallashuv tushunchasining asl mohiyati nimada? Bu tushuncha XX asrning 80-yillari boshlarida amerikalik olim T. Levitt tomonidan iqtisodiy tushuncha sifatida uning "Garvard biznes revyu" jurnalida ilk marotaba qo’llanilgan edi. Mazkur maqolada u dunyoda iqtisodiy integrasiyaning ijobiy omili va milliy iqtisodiyotning natijali o’zgarishga ko’makchi sifatida qabul qilingan edi. Hozirgi davrda globallashuv ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy jarayon sifatida keng o’rganilmoqda. Hammamizga ma’lumki, globallashuv jarayonidan ikki xil maqsadda foydalaniladi: ezgulik va yovuzlik. Ezgulikni maqsad qilgan harakatlar davlat va jamiyat taraqqiyoti uchun xizmat qiladi. Yovuzlik maqsadida qilingan harakatlar esa davlat va jamiyat tanazzuliga xizmat qiladi. Globallashuv jarayoni jamiyatning barcha sohalariga birdek o’zining keskin ta’sirini o’tkazmoqda. Dastavval iqtisodiy sohada namoyon bo’lgan ushbu tushuncha dunyoda axborot almashinuvining o’sishi bilan madaniyat, ilm-fan sohasiga ham kirib keldi. Globallashuvning avj olishi millat «chegaralarini» yo’q qilib yubormoqda, ommaviy ma’naviyatni shakllantirishga olib kelmoqda. Buning natijasida har bir millatga xos bo’lgan urf-odat, an’ana, qadriyatlar o’z ahamiyatini «yo’qota» borish xavfi yuzaga kelmoqda. Bu millatning ma’naviy qashshoqlashuvi sodir bo’lishga, ularning o’zligini anglamaydigan manqurtlariga olib keluvchi tahdidlarni yuzaga keltirmoqda. Mafkuraviy globallashuv sharoitida ulkan industriyaga aylanib ulgurgan kinematograf inson ongi va qalbi uchun kurashning muhim bo’g’iniga aylandi. Jahon kinosi rivojiga o’ziga xos ta’sir ko’rsatgan, undagi ko’plab yo’nalishlarni belgilab bergan, bugun ham shunday ta’sir quvvatini saqlab qolayotgan Gollivudda yiliga taxminan 1000 ta film ishlab chiqariladi. Dunyo bo’yicha esa uning soni o’n mingdan ortiqni tashkil etadi. 8 Mafkuraviy globallashuv saviyasi past, axloqsizlik, tubanlik va yovuzlikni targ’ib qiladigan «san’at asarlari»ning keng tarqalishiga zamin yaratmoqda. Yoshlar o’zining harakatchanligi va yangilikka intiluvchiligi hamda bo’sh vaqt resursiga egaligi tufayli yuksak kommunikativ faollik ko’rsatishadi. Ularga xos bunday xususiyatlar salbiy oqibatlarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Bu ularning «yumshoq erotika»dan tortib “ochiq pornografiya”gacha, tajovuzkorlikdan tortib, ochiq vahshiylikkacha bo’lgan hodisalarni o’zida mujassam etayotgan, turli shakllar va “go’zal” ko’rinishlarda inson ongiga kuchli tazyiq o’tkazadigan kinoobrazlar yordamida tobora faolroq amalga oshirilayotgan agressiv g’oyaviy ta’sirga berilib ketish xavfining mavjudligi bilan belgilanadi. Zero, Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlaganlaridek, “...ongi shakllanib ulgurmagan aksariyat yosh tomoshabinlar bunday filmlardan ko’pincha turli yovuzlik, yirtqichlik, shafqatsizlikni o’rganadi, xolos. Natijada ularning diydasi qotadi, qalbidan toshbag’irlik, zo’ravonlik, axloqsizlik kabi illatlar joy olganini o’zi ham sezmay qoladi. Hatto shunday tomosha va filmlarning qahramonlariga ko’r-ko’rona taqlid qilishni istaydigan yigit-qizlar ham topiladi. Chunki, ular bunday uydirma talqinlar ta’sirida qo’l urayotgan ishi qanday ayanchli oqibatlarga olib kelishini tushunib yetmaydi”. Internet bugungi axborot makonining muhim bo’g’iniga aylandi. Hozirda internetdan nafaqat kompyuter tarmog’i, balki kosmik aloqa yo’ldoshlari, radiosignal, kabel televideniyesi, telefon, uyali aloqa orqali ham foydalanish mumkin. Internet kishilar hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. 1 milliard 250 million kishi u yoki bu darajada undan foydalanishi ham mazkur fikrlarning to’g’riligini tasdiqlaydi. Shu bilan birga, internet bir qator salbiy jihatlarni ham keltirib chiqarmoqda. Unda o’z-o’zini o’ldirishning oson yo’llarini targ’ib qiluvchi 9 mingdan, erotik mazmunga ega 4 mingdan ziyod saytlarning mavjudligi ham buning isboti bo’la oladi. Mutaxassislar o’tkazgan maxsus tadqiqotlar, barcha mavjud saytlarning taxminan 12 foizi pornografik xarakterga egaligini ko’rsatadi. Mavjud maxsus 9 dasturlar internet tarmog’idagi pornografiyaning faqat 90 foizinigina filtrlaydi, ya’ni komyuterdan foydalanuvchining ixtiyoridan tashqarida ekranda paydo bo’lishi yo’liga to’siq qo’ya oladi. Demak, qanchalik harakat qilinmasin pornografik mazmunga ega saytlar internetdan foydalanuvchilarning xohish-istagidan qat’i nazar, ularning ixtiyorini torta oladi. Jumladan, tadqiqotlarda 42 foiz bolalar va o’smirlar onlayn pornografiya ta’siriga tushishi qayd qilinadi. Shuningdek, mutaxassislar ma’lumotlariga ko’ra, internet orqali tarqatiladigan komyuter o’yinlarining 49 foizi sezilarli darajada zo’ravonlik va yovuzlik ko’rinishiga ega, 41 foiz jangari (turli otishmalar va portlashlarga asoslangan) o’yinlarda esa, o’yin qahramoni o’z maqsadiga yetishish uchun shunday zo’ravonlik va yovuzlik sodir etadi. 17 foiz o’yinlarda ana shu zo’ravonlik va yovuzlikning o’zi bosh maqsad hisoblanadi. Globallashuv sharoitida ommaviy axborot vositalarining o’rni haqida gap ketar ekan, masalaning yana bir muhim jihatiga e’tibor qaratish lozim. Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlaganlaridek, “Bugungi kunda yoshlarimiz nafaqat o’quv dargohlarida, balki radio-televideniye, matbuot, Internet kabi vositalar orqali ham rang-barang axborot va ma’lumotlarni olmoqda. Jahon axborot maydoni tobora kengayib borayotgan shunday bir sharoitda bolalarimizning ongini faqat o’rab-chirmab, uni o’qima, buni ko’rma, deb bir tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini temir devor bilan o’rab olish, hyech shubhasiz, zamonning talabiga ham, bizning ezgu maqsad-muddaolarimizga ham to’g’ri kelmaydi. Nega deganda, biz yurtimizda ochiq va erkin demokratik jamiyat qurish vazifasini o’z oldimizga qat’iy maqsad qilib qo’yganmiz va bu yo’ldan hyech qachon qaytmaymiz”. “Kimki axborotga ega bo’lsa, u, dunyoga egalik qiladi”,- degan fikr bugungi kunda barcha tomonidan e’tirof etilgan. Shunday ekan, har bir fuqaromizda axborot olami imkoniyatlaridan oqilona foydalanish malakasini shakllantirish, ularda axborot iste’moli madaniyatini tarbiyalash hayotiy-amaliy ahamiyatga ega. Buning uchun esa, eng avvalo, har bir inson u yoki bu axborotni eshitar ekan, hyech bo’lmaganda “Bu axborotni kim uzatayapti?”, “Nima uchun uzatayapti?” va 10 “Qanday maqsadda uzatayapti?” degan savollarni o’z-o’ziga berishi, unga asosli javob topishi kerak bo’ladi. Ana shundagina turli g’oyalar ta’siriga tushib qolishning oldi olinadi. Kishilarda axborot iste’moli madaniyati shakllangan bo’lsa, milliy qadriyatlarimizga zid bo’lgan xabar, ma’lumotlarni baholash paytida, albatta, har bir shaxsning o’z qarashlari, qadriyatlar tizimi muhim rol o’ynaydi. Lekin, aksariyat hollarda bunday paytda, ayniqsa, baholanilayotgan hodisa o’zga madaniyatga tegishli bo’lsa, o’zimiz mansub bo’lgan madaniyat, ruhimizga singdirgan qadriyatlar tizimi ustuvor bo’ladi va butun bo’y-basti bilan o’zligini namoyon qiladi hamda tanlanish, seleksiya sodir bo’ladi, madaniyatdagi barqarorlik, har bir davrdagi ayniylik, o’ziga xoslik, ayni paytda, davomiylik, vorislik ta’minlanadi. 11 Download 146.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling