Mavzu: Globallashuv sharoitida turli XIL mafkuraviy ko'rinishlar
Axbrotlashgan jamiyat, axborot xuruji va ma’naviy xavfsizlik
Download 146.28 Kb. Pdf ko'rish
|
Globallashuv sharoitida turli xil mafkuraviy ko\'rinishlar.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot xavfsizligi
1. Axbrotlashgan jamiyat, axborot xuruji va ma’naviy xavfsizlik.
Hindistonning taniqli siyosiy arbobi Maxatma Gandining memuarlarida shunday so’zlar bor: “Men uyimning darvoza va eshiklarini mahkam berkitib o’tira olmayman. Chunki unga toza havo kirib turishi kerak. Va shu barobarida eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul bo’lib, xonadonimni ag’dar-to’ntar qilib, o’zimni yiqitib tashlashini ham xohlamayman”. Bu so’zlarni bugungi globalizasiya, informasion xurujlar va turli xil ma’lumotlarning turli yo’llar bilan mamlakatimizga kirib kelib, yoshlarimizni har tomonlama ma’naviy jihatdan yetuk qilib tarbiyalash jarayonlariga nafaqat ijobiy, balki ba’zan salbiy ta’sir ko’rsatayotgan bir davrda yana va yana psixologik tahlil qilish, turli mafkuraviy tahdidlardan muhofaza etishning omillari va vositalarini izlab topib, amaliyotga joriy etish o’ta dolzarbdir. “Axborotlashgan jamiyat” iborasini ilk bor yapon olimi Yu.Xayashi va bir necha yapon tashkilotlari qo’llashgan. Xususan, Yapon Iqtisodiy rejalashtirish Agentligi hamda kompyuterlar ishlab chiqish va ishlatish instituti 1969-1971 yillar bo’yicha hisobotlarida axborotlashgan jamiyat kompyuterlashtirish jarayoni odamlarga ishonchli axborot manbalaridan foydalanish imkoniyatini beradigan, ularni eskirgan va samarasiz ishlardan xalos etadigan, ishlab chiqarishni yuqori darajada avtomatlashtirilishini ta’minlaydigan jamiyat sifatida talqin etilgan. Axborotlashgan jamiyat xususiyatlari, inson va jamiyat hayotidagi o’rni masalasi keyinchalik qator mutaxassislarning diqqat markazida bo’ldi, bu borada yangi nazariyalar ishlab chiqildi. Mazkur qarash va konsepsiyalarda, asosan, ikki fikr ustuvorlik qiladi: 1. Axborot inqilobi taraqqiyotning tabiiy va qonuniy natijasi bo’lib, uning jarayonida butun insoniyat tamaddunining yagona va yaxlit axborot makoni shakllanadi. 2. Bunda hokimiyatning “shaffofligi” (ochiqligi), axborotdan barcha uchun yalpi foydalanish imkoniyati hamda ijtimoiy qarorlar qabul qilishning demokratik usullariga asoslangan jamiyat boshqaruvining gumanistik tamoyillari tantana qiladi. Darhaqiqat, “bugungi dunyoda mislsiz ilmiy kashfiyotlar, ulkan texnikaviy imkoniyatlar, universal texnologiyalar, axborot tarqatishning globallashuvi, ya’ni ularning butun kurrai zaminni qamrab olish jarayoni shiddat 12 bilan bormoqda... Aslida axborot sohasidagi globallashuv insoniyat uchun, dunyoning barcha hududlaridagi odamlarning o’zaro muloqoti uchun, ilm-fan va madaniy boyliklarni o’zlashtirish uchun ulkan imkoniyatlar yaratadigan jarayondir” 1 . Oxirgi yillarda dunyo miqyosida axborot texnologiyalarining keskin rivojlanib ketayotganligi, Internet tizimining barcha davlatlar, madaniy xududlar, barcha yoshdagi insonlar uchun qulay axborot almashinuvi vositasiga aylanib borayotganligi munosabati bilan xavfsizlikning o’ziga xos bir turi - axborot xavfsizligi tushunchasi paydo bo’ldi. Axborot xavfsizligi – aslida jamiyatning obyektiv, xolis, haqqoniy axborot manbaiga ega bo’lishi uchun yaratilayotgan shart- sharoitlarni nazarda tutadi. Albatta, bunga mustaqil axborot vositalari orqali aholiga yetib keladigan ma’lumotlar oqimi ham kiradi. Bu vositalar aynan mustaqil bo’lganliklari uchun ham birinchi navbatda moliyaviy, qolaversa, siyosiy va boshqa tomonlardan hyech bir siyosiy kuch, alohida davlat yoki ijtimoiy qatlamning manfaatlariga xizmat qilmasliklari kerak. Chunki mustaqil OAV aslida odamlarda sodir bo’layotgan turfa xil jarayonlarga nisbatan xolis fikrning shakllanishiga imkon berishi lozim. Lekin amaliyotda ming afsuski, har doim ham shunday bo’lavermaydi va jamiyat o’z a’zolarini, ayniqsa yosh avlodni turli axborot xurujlaridan himoya qilishga majbur bo’ladi. Download 146.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling