Mavzu: Globallashuv sharoitida turli XIL mafkuraviy ko'rinishlar
Download 146.28 Kb. Pdf ko'rish
|
Globallashuv sharoitida turli xil mafkuraviy ko\'rinishlar.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot xurujlari
Axborot xurujlari turlicha bo’lgani uchun unga nisbatan xavfsizlik
choralarini ko’rish ham turli sohalarda (siyosat, iqtisodiyot, mudofaa) va turli jabhalarda (davlat miqyosida, xududiy, tashkilish, shaxsiy) amalga oshiriladi. Ya’ni, davlat miqyosida axborot xavfsizligini ta’minlashga aloqador bo’lgan ishlar muayyan bir tashkilot doirasida amalga oshiriladigan axborot xavfsizligidan, ayrim alohida shaxsni yoki ijtimoiy tabaqani bunday xavflardan muhofaza qilishdan farq qiladi. Birinchisida gap milliy manfaatlarni himoya qilish to’g’risida ketsa, ikkinchi holatda, tashkilotdagi muayyan ijtimoiy guruhlararo axborot almashinuvida 1 Миллий истиєлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. – Т., Ўзбекистон, 2000. Б.23.. 13 bo’hton, tuhmat, mish-mishlar tarqatishga bog’liq bo’lgan salbiy holatlar, shaxslararo darajada esa muayyan ijtimoiy guruhning, masalan, yoshlar guruhining manfaatlarini himoya qilish nazarda tutiladi. Lekin barcha holatda ham, axborot xurujlariga odamlarning normal faoliyatlari uchun xalaqit beruvchi omil sifatida, ongga salbiy ta’sir etuvchi omil sifatida qaraladi. Axborot xurujlari – bu shaxsga, muayyan tashkilot va davlatga yo’naltirilgan ta’sir bo’lib, uning asl maqsadi o’sha shaxs, tashkilot va davlatni normal hayot tarzining buzilishini nazarda tutgan siyosiy va ijtimoiy guruhlarning g’arazli niyatlaridan kelib chiqadi, shuning uchun ham ular mohiyatan ijtimoiy psixologik hodisalardir. Oxirgi paytlarda turli xorijiy OAV orqali tarqatilayotgan turfa xil asosli- asossiz axborotlarda odamlar ongiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan ma’lumotlar tarqatilmoqdaki, ularning ta’sirida ayrim odamlar va yaxlit ijtimoiy guruhlarda bir- biriga nisbatan ba’zan agressiv, ochiq deviant (normal xulq shaklidan chekingan) xatti-harakatlarni keltirib chiqaruvchi holatlar yuzaga kelmoqda. Bunga biz chet el OAVning 2005 yil may oyida Andijonda bo’lib o’tgan voqyealarni sharhlashlarida guvoh bo’lganmiz. O’shanda ayrim xorijlik jurnalistlar voqyealarning asl mohiyatini xaspo’shlash, noto’g’ri talqin qilish orqali jamiyatimizdagi barqarorlikka tahdid solmoqchi bo’lgan edilar. O’zbekiston OAV orqali voqyealarning xolis, ochiq bayon etilishi esa, bunday sharoitda axborot xavfsizligini ta’minlagan muhim manba rolini o’ynagan edi. Mutaxassislar kompyuter jinotchiligining quyidagi turlarini farqlaydilar: 1 1) terrorizm; 2) josuslik (xalqaro va sanoat sohasidagi); 3) ekstremistik guruhlar faoliyati (siyosiy, ekologik va diniy yo’nalishlardagi); 4) uyushgan jinoyatchilik va qalloblik; 5) xakerlar faoliyati (alohida va uyushgan guruhlar). 1 Каменьская Е.Н. Социальная психология: Конспект лекций: Учебное пособие / Е.Н. Каменская. Изд-е 2-е.- Ростов н/Д: Феникс, 2006.- С. 179 . 1 Миллий истиєлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. – Т., Ўзбекистон, 2000. Б.23.. 1 Каменьская Е.Н. Социальная психология: Конспект лекций: Учебное пособие / Е.Н. Каменская. Изд-е 2-е.- Ростов н/Д: Феникс, 2006.- С. 179 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling