Mavzu: Globallashuv sharoitida turli XIL mafkuraviy ko'rinishlar


Почепцов Г. Теория и практика коммуникации. – М., Центр, 1998. С. 196-197. 2


Download 146.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana17.06.2023
Hajmi146.28 Kb.
#1544403
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Globallashuv sharoitida turli xil mafkuraviy ko\'rinishlar.

 
1
Почепцов Г. Теория и практика коммуникации. – М., Центр, 1998. С. 196-197.
2
 Rotkopf D. In Praise of Cultural Imperialism? Effekts of Globalization on Culture // Foreign Policy, June 22, 1997. 
 


18 
Tadqiqotchilar yozishicha, “dunyo axborotning 80 % ini London, Parij va Nyu-
Yorkdan oladi. Industrial mamlakatlar sun’iy yo’ldosh orqali olinadigan ilmiy va 
texnik axborotni, sanoat, tijorat, bank, savdo operasiyalariga tegishli axborotni 
hamda tabiiy resurslar va iqlimga oid axborotni to’liq nazorat qiladi. Bunday axborot 
davlat tashkilotlari va yirik korporasiyalar tomonidan nazorat qilinib
rivojlanayotgan davlatlarga yetib bormaydi. Bunday holatda esa biz bir tomonlama 
harakat qilinadigan yo’ldamiz.
Ramziy zo’ravonlik orqali amalga oshirilayotgan madaniy globallashtirish (uni 
g’arblashtirish deb atasa ham bo’ladi) aslida shaxs bilan jamiyat o’rtasidagi 
munosabatlarning soxtalashishi, hattoki uzilishiga olib kelishi mumkin, chunki 
o’zga madaniyat tushunchalari (ramzlari) insonni shakllantiruvchi, uni to’laqonli 
shaxsga aylantiruvchi o’z madaniy ildizlaridan, qadriyatlari tizimidan ayiradi. 
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “Yuksak ma’naviy burchlar 
esa, kecha yoki bugun o’ylab topilgan emas. Ular insoniyatning ming yillik tarixi, 
ota-bobolarimizning necha-necha avlodlari tajribasi davomida yuzaga kelgan”
2

Ulardan insonni ma’naviy-madaniy ildizlaridan ayirish uni zombilashtirish va 
istagan ko’yga solish imkonini beradi. Xususan, bu holat inson erkinligi va uning 
majburiyatlari o’rtasidagi an’anaviy muvozanatning buzilishiga olib keladi.
G’arbona liberalizm, shaxs erkinligining zamonaviy “nazariyotchilari” ayni shu 
maqsadni ko’zlayotganini tushunish qiyin emas. Yuqorida bu borada E.Giddensning 
fikrlarini keltirgan edik. Taniqli yozuvchi va publisist Mario Vargas Losa undan 
qolishmaydi va “globallashuvni faqat qutlab qarshi olish kerak, chunki u individual 
erkinlik ufqlarini benihoya kengaytiradi”
3
, — deya yozadi. Siyosatshunos 
Xorkxaymer va Adornolar esa, madaniy gegemonlikka falsafiy bahs emas
psixologik ta’sir orqali erishilishi mumkinligi haqidagi fikrni ilgari suradi. 
2
Каримов И.А. Истиєлол йўли: муаммолар ва режалар// Ўзбекистон: миллий истиєлол, иєтисод, сиёсат, мафкура. 1-жилд. – Т., 
Ўзбекистон, 1996. Б.26.
3
Ilosa M.V. The Culture of Liberty. Foreign Policy, January-February. 2001.


19 
Inson ongu tafakkurini o’zgartirish orqali, uni milliy an’ana, urf-odat, bir so’z 
bilan aytganda, madaniyatidan ajratish, gegemon davlat(lar)ning “ochiq jamiyat 
modellari” haqidagi orzulariga yo’l ochadi va dunyo ustidan hokimlik qilishni 
osonlashtiradi.
Manuel Kastels so’zlari bilan aytganda: “Axborotlashgan jamiyatda hokimiyat 
fundamental pog’onada madaniy kodlarga kirib boradi. Odamlar va institutlar esa 
ular orqali hayotni tasavvur etadi hamda tegishli qarorlar, jumladan, siyosiy qarorlar 
qabul qiladi. Shu ma’noda, hokimiyat, u real bo’lganda, nomoddiy bo’ladi... 
Madaniy olishuvlar mohiyatan axborot asridagi hokimiyat uchun kurashdir. 
Hokimiyat xatti-harakatlar me’yorlarini belgilash imkoniyatini beradigan axborot 
tarmoqlari va ular orqali tarqatiladigan ramzlarda yashiringan”
2
. Shu jihatdan, 
Prezident I.A.Karimov “Ba’zan beozor bo’lib tuyulgan musiqa, oddiygina multfilm 
yoki reklama lavhasi orqali ham ma’lum bir mafkuraviy maqsadlar va intilishlar 
ifodalanadi”
1
, deya ta’kidlagani bejiz emas.
Shuning uchun tabiiyki, o’zligini tanigan xalq bunga qanday bo’lmasin to’siq 
qo’yishga, mafkuraviy tazyiqlarga qarshi kurashishga intiladi. Dunyoda 
hukmronlikka intilayotgan kuchlarning ta’siridan xoli bo’lishning eng maqbul 
vositasi esa o’z rivojlanish va taraqqiyot yo’lini milliy xususiyatlarga, azaliy 
shakllangan urf-odat va qadriyatlarga muvofiq tarzda belgilash. O’zbekiston ayni 
shu yo’lni tanladi, “fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishning eng muhim tarkibiy 
qismi ma’naviyat va ma’rifat sohasida, shaxsni muntazam kamol toptirish borasida 
uzluksiz ish olib borish”
2
dan iborat, deb belgilandi. Zero, hyech bir madaniyat 
tashqaridan aralashuvni ko’tarmaydi, uning shakllanish va rivojlanishining o’z 
tarixiy qonuniyatlari mavjud.
Har bir xalq madaniyati uning o’ziga xos tafakkur tarzi, olamga munosabati, 
dunyoqarashi va h.k.larini ifoda etuvchi muayyan ramzlar olami sifatida talqin etilsa, 
2
Кастельс М. Информационная эпоха: экономика, общества, культура. – М.: Изд-во «ВШЭ», 2000. С. 502-503.
 
1
Каримов И.А. Жамиятимиз мафкураси халєни — халє, миллатни— миллат єилишга хизмат этсин. – Т., Ўзбекистон, 1998. Б.20.
2
Каримов И.А. Биз танлаган йўл — демократик тараєєиёт ва маърифий дунё билан іамкорлик йўли. 11-жилд. 
– Т., Ўзбекистон, 2003. Б.33.


20 
barcha madaniyatlarni umumiy mahrajga keltirishga harakat sifatidagi globallashuv 
millat yoki davlatlarning “xususiy” madaniy ramzlariga, demak, shaxs va jamiyat 
erkinligiga tahdid soladi.
Globallashuv, nafaqat, insoniyat taraqqiyotining tarixiy bosqichi, shu bilan birga, 
muayyan kuchlar tomonidan boshqarilayotgan va yo’naltirilayotgan jarayon 
ekanligi nazarda tutilsa, tahdidning ayonligi yanada aniqlashadi. “Globallashuv 
mualliflari” o’z maqsadlariga mos “ma’nolar kompleksi”ni ommalashtirishga
ularga “umuminsoniylik” maqomini berishga harakat qiladi. Shu tariqa ularni 
qonunlashtirib, globallashuv jarayoni bilan voqyea-hodisalarni baholovchi universal 
o’lchovga aylantiradi. Tadqiqotchi N.Umarova bu haqda shunday yozadi: “Axborot 
urushini boshlaganlar nafaqat milliy turmush tarzini, balki uning yaxshilik va 
yomonlik, oq va qora, savob va gunoh, rost va yolg’on haqidagi tasavvurini 
o’zgartirishga harakat qiladi”
1
. Xullas, global hokimiyat global ramzlashtirish orqali 
amalga oshiriladi
.
XULOSA 
Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda mafkuraviy tahdidlar aholining ma’lum bir 
qatlami, ayniqsa, yoshlarning qarashlarini o‘zlariga ma’qul bo‘lgan yo‘nalishda 
o‘zgartirish, diniy ekstremizm, axloqsizlik kabi buzg‘unchi g‘oyalarni singdirishga 
urinishdek ko‘rinishlarda sodir bo‘lmoqda. Mafkuraviy tahdidlarga qarshi doimo 
sergak, ogoh va hushyor bo‘lib yashashni o‘rganish, murakkab va tahlikali 
hayotning shafqatsiz o‘yinlari to‘g‘risida biryoqlama va soxta tasavvurlar 
shakllanmasligiga alohida e’tibor berish lozim. Buning uchun insonlarda sog‘lom 
hayot tarzi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom, o‘z kuchiga va 
ertangi kunga ishonch tuyg‘ularini yanada kamol toptirish zarur.12 Boshqalarning 
tasavvuriga muvofiq, globallashuv iqtisodiy sohada emas, balki diniy sohada katta 
xavf-xatar tayyorlamoqda, chunki, globalizm va axborot dunyoviy xarakterga ega 

Download 146.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling