Mavzu: Globallashuv sharoitida turli XIL mafkuraviy ko'rinishlar


Axborot asrida mafkuraviy tazyiqlarning inson ma’naviyatiga ta’siri


Download 146.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana17.06.2023
Hajmi146.28 Kb.
#1544403
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Globallashuv sharoitida turli xil mafkuraviy ko\'rinishlar.

3. Axborot asrida mafkuraviy tazyiqlarning inson ma’naviyatiga ta’siri 
Bugungi kunda biz inson hayotining asosiy qadriyatlaridan birini axborot tashkil 
etgan yangi davrga qadam qo’ydik. “Axborot asri” deb nom olgan XXI asrda biron-
bir mamlakat yoki hududning taraqqiyotini faol axborot almashuvisiz tasavvur etib 
bo’lmaydi. Albatta, insoniyatning tarixiy taraqqiyoti davomida jamiyat muayyan 
shakl va hajmda axborot, bilim almashinuvi asosida rivojlanib kelgan. Ammo 
hozirgi bosqichda axborot texnologiyalarining mislsiz taraqqiyoti dunyo miqyosida 
yaxlit axborotlashgan jamiyatni shakllantirdi. Axborotlashgan jamiyatning 
shakllanishi davlat va jamiyatlar hayotining barcha sohalarida jiddiy o’zgarishlarga 
olib kelmoqda. Hozirda axborot odamlar va jamiyat farovonligining eng muhim 
manbasiga aylanmoqda va rivojlangan davlatlar iqtisodiyoti tarkibida axborot 
texnologiyalari industriyasi eng yirik sohani tashkil etadi. Nemis tadqiqotchisi 
L.Nefedovning aytishicha: “Bugun tadqiqot va rivojlanishga investisiya 
qilinayotgan 
mablag’larning 
uchdan 
biri 
axborot 
texnologiyasiga 
yo’naltirilmoqda”
1
.
So’nggi davrda axborot ishlab chiqarish qiyos qilib bo’lmas darajada 
rivojlanmoqda. Xususan, XX asr o’rtalarida ilmiy axborot har 15 yilda ikki barobar 
ko’paygan bo’lsa, XX asrning oxirlariga kelib esa, har 5,5 yilda shunchadan ortib 
borgan. Olimlarning taxminiga ko’ra, XXI asr boshida axborotning teng barobar 
ko’payib borishi har 20 oyda sodir bo’ladi. 
Axborotning tez sur’atlar bilan tarqalishida, avvalo, telekommunikasiya 
vositalarining kundan-kun rivojlanib borayotgani muhim rol o’ynaydi. (“tele”- 
yunoncha 
so’z 
bo’lib, 
“uzoq” 
ma’nosini 
beradi. 
Shunga 
asosan, 
telekommunikasiyani turli subyektlar o’rtasida uzoq masofaga axborot uzatish va 
qabul qilish jarayoni, deb ta’riflash mumkin). 
1
Nefiodow L. Zusammenhang zwischen information, Ethik und Religion// Mensen B. (Hrsg.) Globalisirung. St. 
Augustin, 1998. C. 46. Манба: Назарчук А.В. Этика глобализирующегося общества.


15 
Telekommunikasiyalarning axborotga bo’lgan ehtiyojini qondirish, umuman, 
jamiyat rivojidagi roli kun sayin oshib bormoqda. Telekommunikasion sohaning 
ahamiyati uning quyidagi funksiyalarida namoyon bo’ladi: 
1. Ijtimoiy funksiya – odamlar, tashkilotlar, davlat muassasalari o’rtasidagi 
aloqalarni ta’minlash. 
2. Iqtisodiy funksiya — xo’jalik subyektlarini boshqaruvga oid qarorlar qabul 
qilishi uchun zarur axborot bilan ta’minlash. 
3. Siyosiy funksiya — davlat boshqaruvi organlari, siyosiy partiya va ijtimoiy 
harakatlar, ommaviy axborot vositalarining axborotlarini tarqatish, ya’ni so’z 
erkinligini ta’minlash. 
4. Davlatchilik funksiyasi — hokimiyat organlari, mamlakatni boshqarish, 
jumladan, milliy xavfsizlik uchun zarur ma’lumotlar bilan ta’minlash. 
5. Ma’naviy-madaniy funksiya – odamlarga ma’naviy qadriyatlar va madaniy 
merosni tiklash borasida amalga oshirilgan ishlar hamda ularning bugungi ahamiyati 
haqidagi axborotni yetkazish, ya’ni targ’ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish va 
fuqarolarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish. 
6. Texnologik funksiya — jamiyatni axborotlashtirish sohasida texnik 
taraqqiyotni ta’minlash. 
Axborotlashgan 
jamiyat 
shakllanishining 
ijobiy 
jihatlarini, 
axborot 
taraqqiyotining bosh omiliga aylanganini inkor etmagan holda, aytish lozimki, 
mutaxassislar bu jarayon bilan bog’liq qator salbiy tendensiyalarni ham qayd 
etishadi. 
Ta’kidlash 
joizki, 
globallashuv 
keng 
quloch 
yozgani, 
jahondagi 
integrasiyalashuv jarayonlari faollashgani, transmilliy korporasiyalar va axborot 
tarqatish tarmoqlari davlatlararo chegaralarni bekor qilayotganiga qaramay, “milliy 


16 
davlat - hozirgi davrning asosiy geosiyosiy birligini tashkil etadi”
2
va davlatlar har 
doimgidek, xalqaro munosabatlarning bir-biri bilan muloqotga kirishadigan hamda 
bir-biriga muayyan munosabatda bo’ladigan subyektlari bo’lib qolmoqda. Shuning 
uchun har qanday davlatning asosiy maqsadi o’zini, o’zining yaxlitligi va “yashash 
makoni”ni saqlash hamda milliy manfaatlarini himoya qilishdan iborat. 
Globallashib borayotgan dunyoda bu maqsadlar davlatlarning (kuchli 
davlatlarning) o’z “yashash makoni”ni kengaytirishga, jahonda yetakchilikka 
erishishga intilish shakllarida namoyon bo’lmoqda. Xususan, britaniyalik faylasuf 
Brayen Magi iborasi bilan aytganda, hozirgi vaziyat “AQSh gegemoniyasi” bilan 
xarakterlanadi
3
.
Yangi axborot texnologiyalarining ulkan imkoniyatlari axborotni geosiyosiy 
ta’sirning eng kuchli quroliga aylantirdi. Jahondagi ko’plab olimlar tomonidan 
“axborot neokolonializmi” , “axborot urushlari” , “madaniy imperializm” , 
“madaniy gegemoniya” , “axborot ekspansiyasi” kabi atamalarning tez-tez 
qo’llanilayotgani bejiz emas. 
Globallashuv jarayonlarining natijalaridan biri sifatidagi g’arbona (amerikacha) 
andoza asosida madaniy unifikasiyalash, turli xalqlarning rang-barang madaniyatini 
inkor etish asnosida yagona jahon madaniyatini shakllantirishga bo’lgan harakatlar 
muayyan darajada o’z hosilini bermoqda. Bu borada amerikalik siyosatshunos 
Z.Bzejinskiy shunday yozadi: “Madaniy ustunlik Amerika global kuch-qudratining 
muhim jihati sanaladi. Ayrimlar o’zining estetik qadriyatlari haqida qanday fikrda 
bo’lmasin, Amerika ommaviy madaniyati, ayniqsa, jahon yoshlarini ohanrabo kabi 
o’ziga tortadi. Uning jozibadorligi ehtimol shu madaniyat orqali targ’ib qilinayotgan 
hayotni sevish falsafasi, hayot sifati bilan bog’liqdir, lekin Amerika madaniyatining 
jozibadorligi shak-shubhasizdir. Amerika televizion dasturlari va filmlari jahon 
bozorining qariyb to’rtdan uch qismini egallagan. Amerikaning ommabop musiqasi 
2
Федотова В.Г. Неклассические модернизации и альтернативы модернизационной теории// Вопросы философии, 2002. №12. С. 
20.
3
Brian Magee. Confessions of a Philosopher. L., 1997. P. 162.


17 
ham ustuvor mavqyega ega, shuningdek, amerikaliklarning qiziqishlari, 
ovqatlanishdagi odatlari, hattoki, kiyinishlariga butun dunyoda taqlid qiladilar. 
Internet ingliz tilida va kompyuterdagi so’zlarning aksariyat qismi Amerikadan 
bo’lib, global muloqotning mazmuniga ta’sir o’tkazadi. Va nihoyat, Amerika 
zamonaviy ta’lim olishga intilayotganlar uchun Makkaga aylangan...”
4
Tabiiyki, OAVda bunday kuchlar, bir tomondan, qonunlashtirilgan tilga, “to’g’ri 
so’z”larga o’zlaricha ma’no yuklasalar, ikkinchi tomondan, vaziyatga qarab 
ularning ma’no ko’lamini o’zgartiradi. Bu borada G.Pochepsov shunday yozadi: 
“Fors ko’rfazidagi urush chog’ida Iroq va uning ittifoqchilarini mutlaqo 
antidemokratik davlat sifatida taqdim etish tashviqotning bosh mezoni bo’ldi. 
Shunisi qiziqki, tadqiqotchilar bu urushda AQShning ittifoqchilari ham xuddi 
shunday “antidemokrat” bo’lganini ta’kidlaydi.”
1
Masalaning xarakterli jihati shundaki, globallashayotgan dunyoda ommaviy 
axborot vositalari, eng zamonaviy kommunikasiya tarmoqlari yordamida 
yetakchilik siyosatini shu darajada odamlar ongiga singdirishga harakat 
qilinmoqdaki, u ko’pchilik tomondan, hatto chuqur mushohada qilishga odatlangan 
ayrim olim va mutaxassislar orasida ham tabiiy hol sifatida qo’llab-
quvvatlanmoqda. Masalan, amerikalik siyosiy sharhlovchi Devid Rotkopf ayni 
madaniyat sohasida AQShning yetakchilik pozisiyasini saqlab qolish va 
kuchaytirish uchun barcha vositalarni ishga solishga ishtiyoq bilan da’vat etadi. 
“Xalqaro doirada g’oyalar raqobati haqida gap borayotgan ekan, — deydi u, — 
dunyoda bizning jamiyatimiz g’oyalari va tushunchalari ustun bo’lishi uchun yuqori 
darajada harakat qilmog’imiz darkor, chunki, birinchidan, ular haqiqatan eng yaxshi, 
ikkinchidan, bu bizning xavfsizligimizni ta’minlash uchun kerak”
2
. Shu o’rinda 
aytib o’tish lozimki, rivojlangan davlatlarda buning uchun imkoniyatlar bisyor. Buni 
moddiy ta’minlanganlik borasida ham, mazmunda ham kuzatish mumkin. 
4
Бзежинский З. Великая шахматная доска. Господство Америка и геостратегические императивы – М., 1998. С. 38.

Download 146.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling