Mavzu: Globallashuv sharoitida turli XIL mafkuraviy ko'rinishlar


Axbrotlashgan jamiyat, axborot xuruji va ma’naviy xavfsizlik


Download 146.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana17.06.2023
Hajmi146.28 Kb.
#1544403
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Globallashuv sharoitida turli xil mafkuraviy ko\'rinishlar.

1. Axbrotlashgan jamiyat, axborot xuruji va ma’naviy xavfsizlik. 
Hindistonning taniqli siyosiy arbobi Maxatma Gandining memuarlarida 
shunday so’zlar bor: “Men uyimning darvoza va eshiklarini mahkam berkitib o’tira 
olmayman. Chunki unga toza havo kirib turishi kerak. Va shu barobarida eshik va 
derazalarimdan kirayotgan havo dovul bo’lib, xonadonimni ag’dar-to’ntar qilib, 
o’zimni yiqitib tashlashini ham xohlamayman”. Bu so’zlarni bugungi globalizasiya, 
informasion xurujlar va turli xil ma’lumotlarning turli yo’llar bilan mamlakatimizga 
kirib kelib, yoshlarimizni har tomonlama ma’naviy jihatdan yetuk qilib tarbiyalash 
jarayonlariga nafaqat ijobiy, balki ba’zan salbiy ta’sir ko’rsatayotgan bir davrda 
yana va yana psixologik tahlil qilish, turli mafkuraviy tahdidlardan muhofaza 
etishning omillari va vositalarini izlab topib, amaliyotga joriy etish o’ta dolzarbdir.
“Axborotlashgan jamiyat” iborasini ilk bor yapon olimi Yu.Xayashi va bir necha 
yapon tashkilotlari qo’llashgan. Xususan, Yapon Iqtisodiy rejalashtirish Agentligi 
hamda kompyuterlar ishlab chiqish va ishlatish instituti 1969-1971 yillar bo’yicha 
hisobotlarida axborotlashgan jamiyat kompyuterlashtirish jarayoni odamlarga 
ishonchli axborot manbalaridan foydalanish imkoniyatini beradigan, ularni eskirgan 
va samarasiz ishlardan xalos etadigan, ishlab chiqarishni yuqori darajada 
avtomatlashtirilishini ta’minlaydigan jamiyat sifatida talqin etilgan.
Axborotlashgan jamiyat xususiyatlari, inson va jamiyat hayotidagi o’rni masalasi 
keyinchalik qator mutaxassislarning diqqat markazida bo’ldi, bu borada yangi 
nazariyalar ishlab chiqildi. Mazkur qarash va konsepsiyalarda, asosan, ikki fikr 
ustuvorlik qiladi: 1. Axborot inqilobi taraqqiyotning tabiiy va qonuniy natijasi 
bo’lib, uning jarayonida butun insoniyat tamaddunining yagona va yaxlit axborot 
makoni shakllanadi. 2. Bunda hokimiyatning “shaffofligi” (ochiqligi), axborotdan 
barcha uchun yalpi foydalanish imkoniyati hamda ijtimoiy qarorlar qabul qilishning 
demokratik usullariga asoslangan jamiyat boshqaruvining gumanistik tamoyillari 
tantana qiladi. Darhaqiqat, “bugungi dunyoda mislsiz ilmiy kashfiyotlar, ulkan 
texnikaviy 
imkoniyatlar, 
universal 
texnologiyalar, 
axborot 
tarqatishning 
globallashuvi, ya’ni ularning butun kurrai zaminni qamrab olish jarayoni shiddat 


12 
bilan bormoqda... Aslida axborot sohasidagi globallashuv insoniyat uchun
dunyoning barcha hududlaridagi odamlarning o’zaro muloqoti uchun, ilm-fan va 
madaniy boyliklarni o’zlashtirish uchun ulkan imkoniyatlar yaratadigan 
jarayondir”
1
.
Oxirgi yillarda dunyo miqyosida axborot texnologiyalarining keskin rivojlanib 
ketayotganligi, Internet tizimining barcha davlatlar, madaniy xududlar, barcha 
yoshdagi insonlar uchun qulay axborot almashinuvi vositasiga aylanib 
borayotganligi munosabati bilan xavfsizlikning o’ziga xos bir turi - axborot 
xavfsizligi tushunchasi paydo bo’ldi. Axborot xavfsizligi – aslida jamiyatning 
obyektiv, xolis, haqqoniy axborot manbaiga ega bo’lishi uchun yaratilayotgan shart-
sharoitlarni nazarda tutadi. Albatta, bunga mustaqil axborot vositalari orqali aholiga 
yetib keladigan ma’lumotlar oqimi ham kiradi. Bu vositalar aynan mustaqil 
bo’lganliklari uchun ham birinchi navbatda moliyaviy, qolaversa, siyosiy va boshqa 
tomonlardan hyech bir siyosiy kuch, alohida davlat yoki ijtimoiy qatlamning 
manfaatlariga xizmat qilmasliklari kerak. Chunki mustaqil OAV aslida odamlarda 
sodir bo’layotgan turfa xil jarayonlarga nisbatan xolis fikrning shakllanishiga imkon 
berishi lozim. Lekin amaliyotda ming afsuski, har doim ham shunday 
bo’lavermaydi va jamiyat o’z a’zolarini, ayniqsa yosh avlodni turli axborot 
xurujlaridan himoya qilishga majbur bo’ladi. 

Download 146.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling