Mavzu: Globallashuv va Din


Download 18.36 Kb.
Sana20.06.2020
Hajmi18.36 Kb.
#120517
Bog'liq
Dinshunoslikdan insho


Andijon Mashinasozlik Unversiteti 105-Guruh talabasi Dehqonova Mo'tabaroyni Dinshunoslik fanidan yozgan inshosi

Mavzu:Globallashuv va Din

Reja:

1. Dinning madaniyat fenomeni sifatida oziga xos xususiyatlari.



2. Din globallashuvining mezonlari.

3. Islomning globallashuvi talqini.



4. Globallashuv davrida dinlararo muloqot va tolerantlik masalasi

Globallashuv jarayoning hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy sabablari xususida gapirganda Prezidentimiz I.Karimov takidlaganlaridek ― ... shuni obyektiv tan olish kerak – bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qoshnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan shunday chambarchas boglanib borayaptiki, biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmasligini tushunish, anglash qiyin emas Mutaxassislar zamonaviy global rivojlanish jarayonidagi bazi tendentsiyalarning tahlili asosida bu borada kop hollarda aksiomadek qabul qilinadigan ayrim xulosalarga tanqidiy yondashish zarurligini takidlashayotganini alohida qayd etish lozim. Jumladan, ular globallashuv sharoitida dunyodagi yirik kompaniyalar olayotgan foyda osish emas, balki pasayish tomon ketayotgani, hukumatlar hali hamon gigant korporatsiyalar faoliyatiga tasir korsatish imkoniyatini saqlab turgani va kop hollarda ularni oz rejalarini ozgartirishga majbur qila olayotgani haqida yozmoqdalar. Bu esa, davlat chegaralari ahamiyatining keskin darajada pasayib ketayotgani haqida gapirayotgan mutaxassislarning qarashlarini bir yoqlama ekanidan dalolat beradi.Global diniy makonda roy berayotgan ozgarishlardan biri bu muayyan din yoki konfessiyaning konkret hudud bilan shartlanishidagi ozgarishlar bilan bogliq. CHunki hozirda diniy hayotda sodir bolayotgan ozgarish ularning ananaviy konfessional, siyosiy, madaniy va tsivilizatsiyaviy chegaralar doirasidagina emas, balki transmilliy, transetnik darajalarda ham kechmoqda. Xususan, neopyatidesyatniklar, bahoiylar faoliyati bu yonalishdagi jarayonlarga misol bola oladi. Diniy hayotdagi global dinamik ozgarishlarning yana bir xususiyati, iqtisodiy jarayonlar va ijtimoiy sohaning bir qator jabhalarida global kommunikatsiya maydonida yuzaga kelgan tarmoq modellari kabi ―tarmoq dinlari‖ fenomenining vujudga kelgani bilan ham xarakterlidir.Mutaxassislarning fikricha ―tarmoq dinlari‖ ananaviy konfessiyalardagi ierarxik strukturadan yagona markaz va an`analar ortodoksalligi bilan ajralib turadi va beqaror aloqalar va bir-biri bilan yaqindan hamkorlik qilishi obyektiv zaruriyatdir. Global ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, manaviy hayot barqarorligi kop jihatdan ana shu hamkorlikning samarali rivojlantirilishiga bogliqdir. Globallashuv atamasi garchi keyingi vaqtlarda ommaviy tarzda qollanilayotgan bolsada, u chuqur nazariy asoslarga ega tushunchadir. Qaysidir manoda bu tushuncha insoniyatni birlikka intilishining faollashuvini bildiradi, odamlardagi begonalashuvni yoqotadi, kommunikativ aloqalarni tezlashtiradi. Insoniyatning tarixan birligini madaniyatlarning ozaro almashinuvida, monoteistik dinlarni tarqalishi, umumiy til yaratishga bolgan urinishlarda korishimiz mumkin. Lekin, hozir gap bu haqda ketayotgani yoq. Globallashuvning zamonaviy tendentsiyasi manaviy doiradan chiqib iqtisodni, siyosatni, axborot jarayonlarini va inson faoliyatining boshqa koplab jabhalarini qamrab olmoqda. SHu tarzda kop qirrali aloqalar bilan bogliq bolgan megajamiyat shakllanmoqda. SHu manoda aytish mumkinki, globalizatsiya — jahon iqtisodiy, texnologik, siyosiy, informatsion integratsiyasining olchamidir. Dunyo bo‟ylab Islom. 120 dan ortiq davlatda otkazilgan demografik tadqiqotlar bugundunyo boylab 1.57 milliard musulmonlar istiqomat qilishini korsatdi. Bu raqam 2009 yil hisobi bilan 6.8 milliardlik dunyo aholisining 23 % ini tashkil etadi. Bugun musulmonlar er sharining aholimavjud bolgan barcha besh qit‘asida yashaydilar. Umumiy musulmon aholisining 60% dan ko’prog’i Osiyoda, 20%i YAqin SHarq va SHimoliy Afrikada istiqomat qiladi. SHunga qaramay,YAqin SHarq va SHimoliy Afrika hududi aholisining asosiy qismini musulmonlar tashkil qiluvchimamlakatlar joylashgan zonadir.Mazkur zonadagi 20 dan ziyod mamlakat va hududlarning [1] yarmidan ko’pida aholining taxminan 95% dan ortig‗ini musulmonlar tashkil etadi.300 milliondan ortiq musulmonlar yoki dunyo musulmonlarining har beshdan biri islom asosiy din bo‗lmagan mamlakatlarda yashaydi. Biroq, shuni qayd etish lozimki, islom asosiy din Bo’lmagan mamlakatlarda yashovchi musulmonlarning soni ham ancha katta. Misol uchun,Hindiston dunyoda eng ko’p musulmon aholisi bo’lgan davlatlar ichida 3-o’rinda turadi. Xitoy musulmonlari soni Suriya musulmonlari sonidan, Rossiya musulmonlari esa Iordaniya va Liviyamusulmonlarining birgalikdagi hisobidan ancha ko’p. 1.57 milliard musulmonlarning 10-13%ini shialar, 87-90%ini sunniylar tashkil etadi. SHialarning aksari (chamasi 68%-80%) 4 mamlakat Eron, Pokiston, Hindiston va Iroq hissasiga to’g’ri keladi.Mazkur tadqiqot Pew Research Center tomonidan amalga oshirilgan bo’lib, butun dunyo musulmon aholisining soni, joylashuvi hamda tarqalish hududi haqida axborot beruvchi eng So’ngi va to’liq ma‘lumotdir. Bundan avvalgi tadqiqotlar dunyodagi jami musulmon aholisining umumiy sonini 1 milliarddan 1.8 milliardgacha deb ko‗rsatardi. Biroq ularning birortasi mazkur raqamlar qaerdan kelib chiqqanini asoslovchi maxsus manbaga suyanmasdi. The Pew Forum taqdim etgan ma‘lumotlar 232 mamlakat va hududlardan olingan. Markaz tadqiqotchilari 50 ga yaqin demograflar hamda jahonning turli nuqtalarida joylashgan tadqiqot markazlari va universitet tadqiqotchilari bilan hamkorlikda-demografik tahlillar, aholi soni hisobotlari singari 1,500 ga yaqin manbani tahlil etgan holda o’z turi bo’yicha yagona bo’lgan mazkur loyihani amalga oshirdilar.Bundan tashqari, markaz 2010 yilda shu singari Xristian aholisining soni bo’yicha ham tadqiqot O’tkazishni rejalashtirgan. Mazkur tadqiqotlardan ko’zlangan asosiy maqsad insonlarning dinni teranroq tushunishga ko’mak berishdan iborat.Dunyodagi har uch musulmonning ikkitasi quyida keltirilgan 10 ta davlatda istiqomat qiladi. Mazkur 10 davlatning 6 tasi Osiyo (Indoneziya, Pokiston, Hindiston, Bangladesh, Eron va Turkiya)da, 3 tasi SHimoliy Afrika (Misr, Jazoir, Marokash)da, 1 tasi esa Markaziy Afrika (Nigeriya)da joylashgan.
Download 18.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling